Reja: O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati
) fuqarolar huquqlari va erkinliklarining yuridik kafolatlari
Download 71.5 Kb.
|
Jismoniy shaxslar - ma\'muriy huquq subyekti ifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar mamuriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlari
- Xorijiy fuqaro
4) fuqarolar huquqlari va erkinliklarining yuridik kafolatlari. Yuridik kafolatlarni ikkiga: sud va suddan tashqari turlarga bo`linadi. Bunda, fuqarolar huquqlari va erkinliklarining kafolati bo`lib - butun qonunchilik hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda joriy qonunlarida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ikki tartibi: sud va ma'muriy tartibi o`z ifodasini topgan. 2.3. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlari Fuqarolarning huquqlari va ekrinliklarini sud tartibida himoya qilishni ta'minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda «Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonun1i qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g`ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega. O`zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan tashqari, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir. Xorijiy fuqaro – bu O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bo`lgan jismoniy shaxsdir. “O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida”gi qonun2ning 11-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo`lmagan shaxslar - fuqaroligi bo`lmagan shaxslar deb hisoblanadi. Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ba'zi bir huquqlaridan, jumladan, saylash va saylanish huquqidan, davlat boshqaruvida bevosita va bilvosita (masalan, o`zini o`zi boshqarish organlari, referendum) ishtirok etish huquqidan, jamoat birlashmalariga (masalan, siyosiy partiyalarga, kasaba uyushmalariga) uyushish huquqidan foydalanmaydilar. Ularning huquqlari va erkinliklari O`zbekiston Respublikasining maxsus hujjatlari asosida belgilanadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari singari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan bir xil majburiyatlarga egadir. Ularga nisbatan Vatanni himoya qilish burchi, ya'ni umumiy harbiy majburiyatni o`tash yuklatilishi mumkin emas. O`zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish O`zbekiston Respublikasi fuqarolari singari deyarli bir xildir. Ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`zlarining huquqlari va erkinliklarini sud yoki ma'muriy tartibda himoya qilishlari mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonun3ga binoan, agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlarida o`zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, chet ellik fuqarolar qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlidirlar. Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar mazkur qonunga muvofiq sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar o`z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmaganida, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo`yicha yuridik javobgarlikka tortilishi mumkin. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning aksariyati umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalanishi mumkinligini e'tiborga oladigan bo`lsak, ularga nisbatan odatda ma'muriy-huquqiy majburlov choralari qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks4ining 17-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar umumiy asosda ma'muriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega bo`lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O`zbekiston Respublikasi qatnashchi bo`lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo`lmagan qismi qo`llaniladi. 1 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 №9, 183-m. 3 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 №9, 183-m. 4 O`zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi. Toshkent, Adolat, 2000 y. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling