2.2. Fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari
Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va majburiyatlarining amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida, davlat tomonidan turli xildagi kafolatlar o`rnatilgandir. Bu kafolatlarning asosi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko`rsatib o`tilgandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 43-moddasiga binoan davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi.
Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasi)
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasi)
Fuqarolar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari jumlasiga, asosan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va huquqiy kafolatlar kiradi.
1) fuqarolar huquqlari va erkinliklarining iqtisodiy kafolatlari – sanoatning samarali ishlashini; mustahkam moliyaviy va pul tizimini; ish haqining, pensiya va nafaqalarning o`z vaqtida berilishini; aholi yashash darajasining minimumi hamda ular manfaati yaxshilashini ta'minlashga xizmat qiladi;
2) fuqarolar huquqlari va erkinliklarining siyosiy kafolatlari orqali shaxsning jamiyat va davlatda tutgan o`rni; inson huquqlari va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi; ko`p partiyaviylik; fikrlarning xilma xilligi; mustahkam davlat hokimiyati ta'minlanadi;
3) fuqarolar huquqlari va erkinliklarining tashkiliy kafolatlari –huquqni muhofaza qiluvchi, nazoratni amalga oshiruvchi organlar tizimining faoliyati bilan bog`liq bo`lib, amaldagi qonunlar asosida hamda qonun hujjatlarini ijro etish maqsadida hamda fuqarolarga berilgan huquqlar va majburiyatlarning hayotga tatbiq etilishini ta'minlashga qaratiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |