Reja: O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi tarixiga bir nazar


O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi


Download 253.41 Kb.
bet6/9
Sana06.11.2023
Hajmi253.41 Kb.
#1751092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DIlbar

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
• Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
• Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
• Bolalarni milliy va umuminsoniy yutik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
• Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
• Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz va qozoq tillarida olib boriladi.
Umumiy o’rta ta`lim tizimi. Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb-hunar, texnik, o’rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
O’zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab sinflari) ta`limga bo’lingan.
Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va
malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi
sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda
majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha
bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan
bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich
ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola
boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga
bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni
boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari,
sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv
fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish
sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi. Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari
bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam
ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1-9- sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti
hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi.
O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir -
biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy
o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq
hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi.
Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich
professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda
ko’maklashadi.
Umumiy o’rta ta`lim boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham,
tarkibiy sifatiga va o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim
ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va
qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi. O’quvchi o’rta
maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng
duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy
ma`naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi
olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar
uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta
ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi.
Majburiy komponent davlat ta`lim stanlartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining
minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim
muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat
buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi. Qo’shimcha
komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va
kadrlar bilan ma`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy
rivojlanishiga bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha
o’quv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar
asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi
tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o’rta ta`limning o’quv
dasturlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va
bitiruvchilarning kuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga
davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar
beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga,
Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ksterna haqidagi nizomga asosan,
eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. O`rta maxsus kasb-hunar
ta'limi
.O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy
maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish
boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka
va ko’nikmalarni talab qiluvchi ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi
o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari,
fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori
bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham
kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan
bir qatorda kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada
rivojlantirishga qaratilgan. Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasbhunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi
hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib,
umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish
yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta
maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari
uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham
kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish
yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni
tanlashi mumkin. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki
yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta
maxsus ta`lim ham berib , bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish,
yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi.
Akademiyak litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan
o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning
bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va
qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak
litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy
fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida
ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori
malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa
OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o’quvchilarining
foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur
bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish
olib boriladi. Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni gallashlari mumkin. Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi. O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasbhunar ta`limi berishdir. Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi. Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi:
Uchta bosqichda:
 Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.
 O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.
 O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.
 Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari
uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan
mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.
Oliy ta`lim tizimi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va
madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat,
texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy
muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash
tushuniladi.
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali,
raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan
yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan,
madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan,
mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli
mutaxassislarni tayyorlashdir.
Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:
 xususiy yoki davlat qaramog’ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda
kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari;
 oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari;
 davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.
Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat — bu to’rt yil davom etuvchi yo’naltirilgan nazariy va amaliy bilim beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o’qitish nihosiga etgach talaba davlat attestatsiyasining kuniy xulosasiga muvofiq o’qitilgan yo’nalish asosida “bakalavr” darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Magistratura — bu ikki yil davom tadigan aniq yo’nalish asosi da nazariy hamda amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom ettirilishi mumkin bo’lgan oliy ta`lim bosqichi. Magistraturada o’qish kunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi kommisiyasining kuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan “magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish
imkonini beradi. Oliy ta`lim muassasalari. Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:
 universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;
 akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi;
 institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.

O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING


O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


Download 253.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling