Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Janubiy Koreya Respublikasiga


Download 184.06 Kb.
bet24/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o‗rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy- texnikaviy aloqalarga asos soldi. “O‟zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to`g„risida” deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.
1992-1996-yillarda ―O‘zDAEWOOavto O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‗shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakat bo‗ldi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999-yil 4-6-oktabr kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi ikki mamlakat o‗rtasidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan I. Karimov XXI asrda yangicha ruhdagi sheriklik to‗g`risida qo‗shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank bilan „O‘zDAEWOOavto― qo‗shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo‘llab- quvvatlash bo‗yicha kelishildi. ,,O‘zDAEWOOavto― zavodida „Neksiya-2― va „Matiz― rusumli avtomobillar ishlab chiqarish, Toshkentda „DAEWOO― rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish loyihalarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Tekstayl― kompaniyasi o‗rtasidagi hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O‘zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o‗zlashtirildi. „Kobul Tekstayl― ishtirokida Toshkent, To‗ytepa va boshqa shaharlarda qo‗shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O‘zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va o‗zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo‗shma korxonalar faoliyat ko‗rsatmoqda. Ikki mamlakat o‗rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997-yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi.
O`zbek-koreys o`zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O`zbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga 2012 yil 19-21 sentabrdagi tashrifi yangi turtki berdi. Uchrashuv yakunlariga ko`ra, Qo`shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko`p taraflama hamkorligi holatiga baho berildi va har taraflama munosabatlarning istiqboldagi ustuvor yo`nalishlari belgilandi. Ular to`liq ravishda ikki mamlakat xalqlarining uzoqni ko`zlagan manfaatlariga javob beradi va hamkorliknish amaldagi boy salohiyatini samarali ravishda ro`yobga chiqarishga ko`maklashadi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‗lib tan olgan mamlakat –
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling