Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Xitoy o‗rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1992-yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin


Download 184.06 Kb.
bet23/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Xitoy o‗rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1992-yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo‘ldi, shu kunlari ikki mamlakat o‗rtasida diplomatik munosabatlar o‗rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi.
1992-yil 12-14-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat o‗rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog`ida hamkorlikning turli sohalari bo‗yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‗g`risida, qishloq xo‗jaligida hamkorlik to‗g`risida, sarmoyalarni rag`batlantirish va o‗zaro himoya qilish to‗g`risida bitimlar bor edi.
1994-yil 18-20-aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‗yish bo‗yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy O`zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo‗ldi.
1994-yil 24-25-oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo‗lgan hujjat – ―Ozbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o`rtasida o`zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to`g„risida bayonnoma” imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o‗rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. 1998-yilda tuzilgan ,,O‘zbekiston-Xitoy do‗stlik jamiyati― gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo‗shmoqda. I.Karimovning 1999-yil 8-10-noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog`ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, telekommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao davlat tashrifi bilan 2004-yil 14-iyun kuni hamda 2010-yil 9-iyun kuni O‘zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. Ikki mamlakat to‗qimachilik, qishloq xo‗jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o‗rnatgan. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‗rsatkichi 2009-yilda 2 mlrd AQSH dollaridan oshdi. 2010-yilgi kelishuvga binoan Xitoy O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‗rtasida 2005-yilda imzolangan Do‗stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‗g`risidagi davlatlararo shartnoma asosida yanada rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. Ikki mamlakat hukumatlari o‗rtasida narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste‘mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish bo‗yicha hamkorlik to‗g`risida bitimlar – jami 10 ta hujjat imzolandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilning 5-7 iyunda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida O`zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog`ida davlatlar rahbarlari tomonidan "Strategik sheriklik munosabatlari o`rnatish to`g`risidagi qo`shma bayonot" imzolanganini ko`rsatish mumkin.
Xitoy rahbari ta‘kidlaganidek, o‗zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama manfaatdorlikka tayangan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari xalqlarimizning umumiy mulkidir. Ikki tomonlama aloqalar yanada kengaydi. O‘zbekistonda faoliyat ko‗rsatayotgan 78 ta O‘zbekiston-Xitoy qo‗shma korxonasi ikki mamlakat o‗rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir.
O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida hamkorlik munosabatlarining
rivojiga 1991 yil 30 dekabrda O`zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular o`rtasida 1992 yil 29 yanvarda diplomatik munosabatlar o`rnatilgan kunda asos solingan edi.
1992-yil 19-iyunda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling