Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 184.06 Kb.
bet19/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17-19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‗lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‗lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15- oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‗stlik ishlari bo‗yicha davlat vaziri Daglas Xogning O‘zbekistonga safari chog`ida ikki davlat o‗rtasida madaniyat va ta‘lim sohasidagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik to‗g`risida bitimlar imzolandi.
1993-yil 22-25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‗lishi ikki mamlakat o‗rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‗ldi. Mamlakatimiz rahbarini qirolicha Yelizaveta II, bosh vazir J. Meyjor bilan samimiy, ochiq, o‗zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‗lib o‗tdi. Safar samarali bo‗ldi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‗rtasida o‗zaro iqtisodiy aloqalar to‗g`risida shartnoma, sarmoyalarni o‗zaro rag`batlantirish va himoyalash to‗g`risida bitim, havo yo‗llarini ochish to‗g`risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‗ldi, ular bilan o‗zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O‘zbekiston va „Lonro― kompaniyasi o‗rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo‗ldi. Bu tadbirlar amalga oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan O‘zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish masalalari bo‗yicha muzokaralar bo‗ldi. „Toshkent-London― havo yo‗lida samolyot qatnovining yo‗lga qo‗yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 1996-yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‗limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo‗lidagi yangi qadam bo‗ldi.
2009 yilda Britaniya parlamentida taniqli siyosatchi lord Jon Veyverli boshchiligida "Britaniya-O`zbekiston" umumpartiyaviy guruhi tashkil topdi. O`z navbatida, 2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Buyuk Britaniya parlamenti bilan hamkorlik bo`yicha guruh ta‘sis etildi. Keyinroq, 2010 yil sentabrda ushbu guruhlar o`rtasida O`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
O`zbekiston va Germaniya o`rtasida ham mustahkam munosabatlar o`rnatilgan. Bu munosabatlar 1991 yil 31 dekabrda Germaniya Federativ Respublikasi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan vaqtdan boshlangan. 1992 yildan ikki mamlakat o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilgan.
O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya o‗rtasida munosabatlarni yo‗lga qo‗yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar respublikamizga Yevropa sari katta yo‘lni ochdi. I. Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Yayzenker va Federal kansleri Gelmut Kol bilan samimiy, o‗zaro tenglik asosida, ishonch va qat‘iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‗rtasida madaniy hamkorlik to‗g`risida, sarmoyalar qo‗yishni amalga oshirish va o‗zaro himoya qilishga ko‗maklashish to‗g`risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to‗g`risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‗rganishga katta e‘tibor berdi. Safar samarali bo‗ldi, jiddiy va istiqbolli munosabatlar o‗rnatishga, bo‗lajak hamkorlik imoratiga poydevor qo‗yildi. „Doyche-bank―, „Mercedes-Benz― va „Simens―
kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‗ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko‗ra O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi masalalari bo‗yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994-yil 1-sentabrda GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. „Toshkent-Frankfurt― havo yo‗li yo‗lga qo‗yildi, O‘zbekistonda „Doyche-bank―ning bo‗limi faoliyat ko‗rsatmoqda.
1995-yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning O‘zbekistonda bo‗lishi ikki mamlakat o‗rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Roman Gersog O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan ortiqroq nemis millatiga mansub O‘zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan mamnun bo‗ldi. Germaniyaning
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling