Reja: O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining


Download 184.06 Kb.
bet28/29
Sana15.02.2023
Hajmi184.06 Kb.
#1201678
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
12-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Saudiya Arabistoni, Misrda bo‗ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to‗g`risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik yoshlar Qohira universitetida, „Al-Azxar― va „Ayn Shams― universitetlarida, misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida tahsil ko‗rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va ta‘lim markazi faol ishlab turibdi.
O‘zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mamlakatlari bilan o‗zaro manfaatli
aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.
1992-yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a‘zo bo‗lib kirdi. 1992-yil 10-mayda Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‗ldi. Uchrashuvda Transosiyo temir yo‗lini vujudga keltirish maqsadida Tajan- Seraxs-Mashxad temiryo‗li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyorlash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992-1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li qurildi. 1996-yil 12-may kuni mazkur temir yo‘lning ochilishiga bagisblangan tantanalar bo‘lib o‗tdi, unda EKO a‘zolari bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus hukumatlarining vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnashdi. Istanbul-Pekin Transosiyo temir yo‘lining tarkibiy qismi bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‗rtasida yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo‗lning 132 kilometri Turkmaniston hududida qurildi, uni qurishda o‗zbekistonlik yo‘lsozlar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln AQSH dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o‗z mahsulotini Anqaragacha yoki Fors ko‗rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning yirik mamlakat –
Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling