Reja: O’zbekiston Respublikasida Patentlash
Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha
Download 54.57 Kb.
|
Patent
Chet elda patentlash. Litsenzion shartnoma xaqida tushuncha Chet elda patentlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi.
Patentlashtiruvchi tashkilot, sanoat mulklarini chet elda patentlash to’g’risida qaror qabul qilsa, agar konvensiyaviy ustuvorlik talabnomasi uchun yoki boshqa vaziyatlarga ko’ra bundan ko’ra istisno va talab etilmasa, sanoat mulk tavsifini (uning tushuntiruvchi chizmasini) tayyorlaydi. Sanoat mulklarini patentlashga mo’ljallanayotgan mamlakatning patent qonunchiligi o’sayotgan talablarga muvofiq tavsif o’zbek va tegishli chet tilida tayyorlanadi. Bu tavsif etarli nusxada ko’paytiriladi va jo’natishdan oldin O’zbekiston Respublikasining Patent idorasida sanoat mulkini tavsifi va chizmalari chet elda patentlash xizmati bilan kelishib olinadi. Sanoat mulk tavsifi aniq bo’lishi, unda sanoat mulkining mohiyati etarlicha to’liq ochib berilishi, zarur holda, chizmaga va zarur miqdorda misollarni o’z ichiga olishi kerak. Chet elda patentlash uchun talabnoma materiallarini tayyorlash va rasmiylashtirishda qiyinchilik sezgan tashkilotlarga zudlik bilan Patent idorasiga murojaat etish tavsiya etiladi. U uch oylik muddatda bu ishlarni zarur hollarda, mutaxassislarni shuningdek patentlashtiruvchi tashkilot vakillari (sanoat mulk mualliflar) ni jalb iladi. Agar chet elda patentlash uchun tavsiya tayyorlashda unga ilgari patentlashga tavsiya etilmagan patentni ilova qilish zarurati yuzaga kelsa, unda mamlakat Sanoat mulklarini chet elda patentlash tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalarga muvofiq bu sanoat mulklariga ilovalar taqdim etilishi kerak. Chet elda patentlash uchun tayyorlangan talabnoma materiallarini Patent idorasi kelishib olish uchun patentlashtiruvchi tashkilotga yuboradi, u bir oy ichida mualliflar bilan talabnoma materiallari kelishilganligini ta’minlaydi yoki o’z mulohazalarini bayon etib, Patent idorasiga qaytaradi. Agar tashkilotdan belgilangan muddatda hech qanday ma’lumot kelmasa, Patent idorasi materialni kelishilgan deb hisoblaydi. Har qanday vaziyatda ham talabnoma materiallarini kelishib olish bilan bog’liq ishlar konvenstiya ustuvorligini yo’qotishga sabab bo’lmasligi lozim. Patentlashtiruvchi tashkilot, maxsus so’rovni kutmay, sanoat mulklarini patentlash haqidagi qarorni olgan kundan boshlab bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Patent idorasiga mualliflar, talabnomachilar, haqidagi barcha ma’lumotlarni ixtironi patentlash bo’yicha chel elda ish olib borish va rasmiylashtirish uchun tadim etadi. O’zbekiston Respublikasi sanoat mulklarini patentlash uchun chet el patent idoralariga talabnomani O’zbekiston Respublikasi Patent idorasiga jo’natadi va ular bilan yozishmalar olib boradi. Texnika ob’ektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi. Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. Shulardan biri, O’zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog’liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O’zbekiston Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko’payishi tufayli ham shunday zarurat paydo bo’lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy ob’ekti bilan bog’liq tushuncha. Patent egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko’rgan zararini qoplashni talab etishi mumkin. Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa ob’ektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo’lmasa, shu mamlakatda patent sof hisoblanadi. Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. O’rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy ob’ektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi. Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo’lgan patentlarga xilof bo’lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan xech bir da’vo bo’lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo’lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi. Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. Shunday qilib, patent sofligi texnika ob’ektining huquqiy xossasi bo’lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo’lgan huquqning hududiy tavsifiga ko’ra, qandaydir texnika ob’ekti (buyum) patenti, masalan, AQShda berilgan patent ta’siri ostida bo’lishi mumkin, shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo’lishi mumkin. Patent sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog’liq. Buyumlar patent sofligiga ega bo’ladi, garchi ular muddati o’tgan patent ta’siri ostida bo’lsa ham. Patent sofligiga ega bo’lmagan mahsulot, hujjatlarni berish O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyat buzilishigagina emas, balki moddiy zarar ko’rishga, ayrim jiddiy hollarda tashqi savdo shartnomalari buzilishiga ham olib keladi. Eksportchi mamlakatda sanoat namunasi patenti ta’siri ostida buyum ham patent sofligiga ega bo’lmaydi. Patent sofligini korxonalar—mahsulot ishlab chiqaruvchilar, loyihalash va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan maxsus ekspertiza o’tkazib aniqlanadi. Patent sofligi ekspertizasi (patent soflishni tekshirish) mazkur ob’ekti muayyan mamlakatga (yoki bir necha mamlakatga) sotish (foydalanish) mumkinligini aniqlaydi va bunday sotishni uchinchi shaxs patentga xilof emasligini ta’minlash choralarini belgilaydi. Bu mazkur mamlakatda amal qiluvchi barcha mutlaq huquqni ob’ektga aloqasi bo’lgan patentlarni izlash, ularni tahlil qilish, shuningdek, mazkur ob’ektni tegishli mamlakatga to’sqinsiz sotishga imkon beruvchi vaziyatlarni o’rganishdan iboratdir. Patent sofligi patent (yangicha nomi aqliy mulk) bo’limlari xodimlarining uslubiy yordamida mazkur ob’ektni bevosita ishlab chiquvchi va uning barcha o’ziga xosliklarini yaxshi biluvchi konstruktorlar, loyihachilar, texnologlar tomonidan tekshiriladi. Ob’ektlarni patent sofligini tekshirish quyidagi hollarda o’tkaziladi: natijasi tayin texnikaviy echim bo’lgan ilmiy-tadqiqot yoki tajriba konstruktorlik ishlari yakunlanganda; ob’ektlarni ishlab chiqarganda yoki sezilarli darajada takomilashtirilganda; ob’ektlar loyixalanganida, O’zbekiston Respublikasi xamkorligida qurilayotgan zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, elektrostanstiyalar, temir yo’llar va bular uchun butlovchi jihozlar etkazib berishda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xududida qurish mo’ljallanayotgan inshootlar, korxonalar va boshqa kapital qurilish ob’ektlari uchun etkazib berishda; ob’ektlarni eksporshga etkazib berishda; O’zbekiston Respublikasi tashkilotlari texnikaviy xujjatlarni chet elga berishida; mamlakat ilmiy-texnikaviy yutuqlari uchun chet el firmalariga litsenziyalar sotishda; yangi standartlar ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko’rib chiqishda; O’zbekiston Respublikasida yoki chet el yarmarkalarida ob’ektlarni ko’rgazmasini o’tkazishda. Patent sofligi ta’minlash uchun mas’uliyat buyum yoki hujjatlarni ishlab chiqqan korxona va tashkilotlar zimmasidadir. Tarmoqlardagi chetga sotish uchun mo’ljallangan mashinalar, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik jarayonlar patent sofligini ta’minlashni tashkil etish vazirlik va muassasalarning vazifasiga kiradi. Vazirlik va muassasalarda patent sofligiga tekshirilishi lozim bo’lgan mashina, uskunalar, jihozlar, materiallar va texnologik jarayonlarning ro’yxati tuziladi. Patent sofligiga tekshirish haqidagi xulosani o’z vaqtida tuzish korxona va tashkilotlarning majburiyatlaridan hisoblanadi. Ana shu xulosalar va boshqa materiallar asosida vazirlik eksportni amalga oshiruvchi tashqi savdo tashkilotlari, shuningdek, asosiy etkazib beruvchilar e’tiboriga, eng avvalo, patent sofligiga ega bo’lmagan mashinalar, uskunalar, jihozlar, hujjatlar va h.k.lar haqidagi ma’lumotni etkazadi. Vazirlik shunday ob’ektlarni etkazib berish mumkinligi, haqida o’z taklifini bildiradi. Biroq, u yoki bu buyumni u yoki bu mamlakatga etkazib berish mumkinligi haqidagi masalani hal etish mutlaqo tashqi savdo tashkilotlar zimmasidadir, ular bu masalani etkazib berishni muayyan shartlari (etkazib berish hajmi, tijorat kon’yukturasi va boshqa shartlar) ga bog’liq holda hal etadilar. Chet elga texnika ob’ektini etkazib berish uchun, buyurtma tashqi savdo birlashmalari yoki bosh etkazib beruvchi, patent sofligiga ega bo’lmagan shunday ob’ektni oluvchi mamlakatga, etkazib berish haqidagi qarorni qabul qiladi va mazkur holda chet elda mazkur ob’ektni sotishda uchinchi shaxs patentiga xiloflik mumkinligi bilan bog’liq oqibat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan barcha mahsulotlarga nisbatan tekshiruv va patent sofligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni xorijlik talabnomachilarga beriladigan mamlakatimizda amal qiluvchi patentlar miqdori oshganligi, O’zbekiston Respublikasida patent egalari foydalanadigan huquqlar bilangina emas, balki O’zbekiston Respublikasida foydalanish uchun mo’ljallangan mahsulot ob’ekti bilan ham tushuntirilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi patent egasining huquqi buzilgan taqdirda uning da’vosi ko’lami chiqarilgan mahsulot hajmi va qiymatiga bog’liq bo’ladi. Patent sofligining ekspertiza uslubiga eng umumiy tarzda to’xtalib o’tamiz. Odatda, ob’ektlarning patent sofligini aniqlash ekspertizasi bo’yicha barcha ishlar uch bosqichga bo’linadi: birinchisi, bo’lajak ekspertiza rejasini shakllantirish; ikkinchisi, patentlarni izlash, ularni o’rganish va taxlil qilish; uchinchisi, taxlil asosida xulosa chiqarish va tavsiyalar beriluvchi yakuniy bosqich. Ekspertizaning birinchi bosqichi quyidagi sakkiz qismdan iborat: Shartni baholash va mazkur ob’ektni samarali tekshirish uslubini tanlash. Buning uchun avvalo quyidagilar aniqlanadi: tekshiruv ob’ekti o’zi nimadan iborat; agar gap eksport haqida yoki texnikaviy yordam ko’rsatish va boshqa xususida bo’lsa barcha, bitim-shartlari qanday bo’ladi; Qaysi mamlakatga nisbatan tekshiruv o’tkazilayotgan bo’lsa, o’sha mamlakat patent qonunchiligining o’ziga xos tomonlarini o’rganish. Tegishli mamlakatda qanday qonun amaldaligi, bu mamlakatda qanday ob’ektga patent berilmaydi, yangilikka qanday talab qo’yiladi, patent amal qilish muddati aniqlanadi. Patent sofligiga tekshiriladigan texnikaviy echimni tanlash. Patent fondi bo’yicha qanday echim tekshirishni talab etadi, qanday, ob’ekt uchun ahamiyatliligiga qaramay, o’zlariga ma’lum bo’lgani tufayli tekshiruvga ehtiyoj yo’qligini aniqlash lozim. Patent sofligiga tekshirish lozim bo’lgan butlovchi buyumlarni tanlash. Tekshiruvchi ob’ekt uchun texnikaviy xujjatlarni saralash. Tasnif ruknlarini belgilash. Patent qidiruvi o’tkazilishi lozim bo’lgan xalqaro va milliy sanoat mulklarini tasnif tizimining ruknlari ro’yxatini tuzish zarur. Patent xujjatlarini tanlash. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar bilan tanishish imkonini beruvchi patent hujjatlar turini belgilash. Ekspertiza dasturini shakllantirish va kelishish. Ob’ekt tavsiyasiga bog’liq tarzda hamma ko’rib chiqilgan bosqichlar ham tekshirilavermaydi. Ekspertizaning ikkinchi bosqichi quyidagi besh qismni o’z ichiga oladi. Tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli patentlarni izlash olib borilayotgan tekshiruvga aloqador bo’lgan mamlakat patent fondidan tekshirilayotgan ob’ektga taalluqli barcha amaldagi patentlar aniqlanadi. Keyingi tadqiqot uchun patentlarni mukammallashtirish va saralash. Mukammallashtirish turli belgilar bo’yicha amalga oshiriladi, ular o’z kuchini yo’qotdimi yo’qmi tekshiriladi. Tanlab olingan patentlarni mufassal taxlil qilish. Ekspertizaning eng mas’uliyatli va murakkab bu bosqichini belgilashdan maqsad tanlangan patentning amaldagi qandaydir belgilari sanoat mulk formulasiga kiritilganlar ta’sir doirasiga tushishligini aniqlash va ularni tekshirilayotgan ob’ekt belgilari bilan qiyoslashdir. Patentanalog izlash va uni tahlil qilish. Bu jarayonda mamlakat imkoni bo’yicha tekshirilayotgan ob’ekt patent sofligiga ega emasligi belgilanadi. Xalaqit beruvchi patentlarni berish qonuniyligi va ular faoliyatini tekshirish, zarur hollarda xalaqit beruvchi patentni rad etish imkoni, uni yaroqsizga chiqarish yoki bekor qilishni aniqlanadi. Masalan, etkazib beriladigan mamlakat A patentga ega. U bizning eksport ob’ektimizga nisbatan patent sofligiga ham ega. Biroq, O’zbekiston Respublikasida berilgan, mazkur sanoat mulkini yoki uning qismini patent singari muhofaza qiluvchi guvohnoma mavjudligi ayon bo’ladi. Ustiga-ustak mazkur patent e’lon qilish patent A ustuvorligi sanasidan avval amalga oshirilgan. Bunday paytda patent A to’liq yoki qisman noto’g’ri berilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Malakali tekshirishdan so’ng patent A shunday patentga mos kelganligi uchun, agar patent egasi o’z da’vosini qoniqtirishlikni qat’iy talab etsa, patent berilgan mamlakatda uni rad etish masalasini qo’yish mumkin. Bunda, yana shuni e’tiborga olish kerakki, hamma vaqt ham berilgan patent bekor qilishlik jarayonini o’zaga ma’qul kelavermaydi. Ba’zan patentni rad etmagan holda patent egasi bilan kelishish ham maqsadga muvofiq. Ekspertizaning yakuniy bosqichi uch qismni o’z ichiga oladigan ishlar: Tekshiruv natijalari asosidagi xulosa. Avvalgi bosqichlar barcha qismlari har biri bo’yicha olib borilgan ish natijalarini atroflicha baholash asosida sanoat ob’ekti hamma turlariga nisbatan tekshiruv o’tkazilgan barcha mamlakatlardagi ob’ektlar patent sofligi, haqida xulosa chiqariladi. Ob’ektdan foydalanish imkoni, odatidagi tavsiyalar. Xalaqit beruvchi patentni chetlab o’tish imkoni ko’rib chiqiladi, litsenziya sotib olish zarurati aniqlanadi va h.k. tadbirlar baholanadi. Ekspertiza hujjatlari asosida rasmiylashtirish. Ekspert belgilangan shaklda ob’ektni patent sofligini tekshiruvi haqida xulosa chiqaradi va quyidagi ish beruvchi patent formulyarini tuzadi. Etkazib beriluvchi mamlakatda patent ta’sir doirasiga ayrim konstruktiv echimlar yoki bosha eksport ob’ektini tashkil etuvchi unsurlar kirsa, bu etkazib beriluvchi mamlakatga nisbatan ob’ektni, to’liqligicha, patent sofligidan mahrum etadi. Ob’ektga taalluqli qurilma, usul, modda yoki ularning ismi patent sofligiga ega bo’lmasa, bunday holda ba’zan ularda patentni chetlab o’tish, ob’ektni patent soflishdan mahrum qilganlarida tegishli o’zgarish kiritish ko’zda tutiladi, ammo sifat yomonlashuviga yo’l qo’yilmaydi. Agar ob’ekt sifatini yomonlashtirmay patentni chetlab o’tish imkoni bo’lmasa, odatda boshqa yo’l tutish tavsiya etiladi, ya’ni patentlashgan qism, detal, usulga litsenziya sotib olishlik taklifi qo’yiladi. Bu mazkur ob’ektni eksport qilishdan boshqasi bilan almashtirish imkoni bo’lmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Patent formulyari rasmiy hujjat bo’lib, ob’ekt (qurilma, usul va modda) patent sofligidan guvohlik beradi. Mazkur hujjat asosida muayyan ob’ektni chet elga chiqarish mumkinligi masalasi hal etiladi. Unga barcha ishlab chiqilayotgan ob’ekt (qurilma, usul, modda) ni tashkil etuvchi asosiy unsurlar (qismlar, detallar, usullar, konstrustiyalar) haqida ma’lumotlar kiritiladi. Mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki shu buyumni ishlab chiqaruvchi tashkilot va bosh korxona boshqa-boshqa bo’lsa, bunday holda mazkur ob’ektni ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot patent formulyarini yoki uning qismini tegishli tarzda tuzishi shart. Korxona va tashkilotlar eksport ob’ektiga kirgan detal, qism va hokazolarni tayyorlash (ishlab chiqarish) ga buyurtma olgach, eksport ob’ektini chiqaruvchi zavod tayyorlovchiga to’ldirilgan patent formulyarini, buyurtma olgandan so’ng tezda yoki mazkur detal yoxud qismlarni ishlab chiqishni yakunlagach yuborishi shart. Buyurtma olmagan va boshqa korxonalar eksport ob’ektida foydalanadigan mahsulotni chiqaruvchi korxona va tashkilotlar mazkur korxona va tashkilotlarning talabi bo’yicha patent formulyarini ham olmay yuborishga majbur. Formulyarni tegishli jadvalini to’ldirgandan so’ng tegishli qurilma, usul va modda tekshirilganligi natijasi haqida umumiy xulosa chiqariladi. Ob’ekt qanday mamlakatlarga nisbatan patent sofligiga ega yoki ega emasligi umumiy tarzda ko’rsatiladi. Patent formulyariga korxonada uni tuzish topshirilgan muhandis, formulyar to’g’ri tuzilishi bo’yicha mas’ul bo’lgan patent bo’limi muhandisi va bosh muhandis imzo qo’yadi. O’zbekiston Respublikasining texnikaviy hamkorligida chet elda qurilayotgan korxona loyihasining patent sofligini ta’minlash ba’zi o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi, zarur hujjatlarning tuzilish tartibi ham ajralib turadi. Bunday hollarda patent sofligini ta’minlash bosh loyihalovchi zimmasiga yuklanadi. Bosh loyihalovchi loyihalanayotgan ob’ektdan foydalanish uchun patent sofligiga ega texnologik jarayonlarni tanlaydi. Loyihalashning ilk davridayoq u loyihalanayotgan zavod kelajakda chiqaradigan mahsulot patent sofligini ham ta’minlashi shart. Bosh etkazib beruvchini talabi bo’yicha barcha korxona va tashkilotlar loyihaga kiritilgan o’zlari ishlab chiqadigan yoki tayyorlaydigan qurilma (usul)lar patent sofligi to’g’risida ma’lumotni, olmay etkazib berishga majburdirlar. Bu ma’lumotlar formulyardan ko’chirmalarda yoki formulyarning o’zida bo’lishi mumkin. Butun ob’ektni loyihalash tugagandan so’ng bosh etkazib beruvchi butun ob’ekt patent sofligiga egaligi haqidagi xulosani boshqa bosh etkazib beruvchi vazifasini o’tovchi tashkilotga yuboradi. Bunday holda patent formulyari to’ldirilmaydi. Ham patentli, ham patentsiz (Nou-Xau), shuningdek aralash holdagi O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy yutuqlarga barcha chet el firmalari tomonidan sotiladigan litsenziyalar ob’ekti barchasining patent sofligi tekshiriladi. Listenziya ob’ektlari patent sofligini ta’minlash va o’tkazish bosh korxona- litsenziya ob’ektini ishlab chiquvchi zimmasiga yuklanadi. Bunday holda, agar litsenziya ob’ektida boshqa korxonalarda ishlab chiqilgan texnikaviy echim (ham patentlashtirilgan, ham patentlashtirilmagan) mavjud bo’lsa, bosh korxona ulardan shunday texnikaviy echimlar patent sofligi to’g’risidagi ma’lumotni (patent formulyarini) talab qilish huquqiga ega, zarur holda esa ekspert xulosasini ham talab qila oladi, bular unga haq olmay yuboriladi. Patent sofligini tekshirish litsenziya sotish maqsadga muvofiqligi haqidagi qarorni qabul qilguncha tugallanishi kerak. Listenziya sotish va sotib olish, ularni hujjat asosida rasmiylashtirish tartibi. Ichki va tashqi litsenziya va patent bozori barpo etilishi munosabati bilan litsenzion bitim, shartnoma, kontraktlar ishlab chiqarish bo’yicha asosiy qoidalarni egallash va litsenziyaning mo’ljallanayotgan qiymatni hisoblash yuqori darajada dolzarblik kasb etmoqda Listenziya - sanoat mulki ob’ektlari, nou-xau va boshqa ilmiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanish uchun muayyan to’lov asosida huquqini berishi mumkin. Bularni huquqiy nuqtai nazardan ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh - huquqiy muhofazasi ichki qonunchilik va xalqaro shartnomalar asosida ta’minlanadi. Bular — ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar belgilari. Ikkinchi guruh shunday huquqiy muhofazadan foydalanmaydigan ilmiy-texnikaviy yutuqlarga taalluqlidir. Bular texnikaviy, boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa bilimlar, yangi texnika, jarayon va materiallarni ishlab chiqish, o’zlashtirish va sotish bilan bog’liq tajriba va malakalardir. Huquqni berishlikdek huquqiy omil litsenzion shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unga muvofiq bir tomon (listenziar) ikkinchi tomon (listenziat) ga shunday vaziyatni - amalda va huquqda - yaratish kerakki, listenziat shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha va ko’lamda muayyan texnikaviy echimni ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishi mumkin bo’lsin, ikkinchi tomoni esa buning uchun tegishli haq to’lashi yoki boshqacha ko’rinishda tovon berishi shart. Litsenzion shartnoma - listenziar va listenziat o’rtasidagi sodir etilayotgan savdo bitimi bo’yicha huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi texnologik bilimlarni berish va o’zlashtirish xususidagi o’ziga xos savdo munosabatlarini ifodalashning huquqiy shakli. Shuning uchun litsenzion shartnoma tuzishda bitim shartnomasiga qat’iy amal qilish lozim. O’zbekiston Respublikasi majburiyatini bajarmagan tomon, ikkinchi tomon oldida javobgar bo’ladi. Bunday xil bitimlarda keng foydalaniladigan mas’uliyat shakli bo’lib, etkazilgan zararni to’g’ridan- to’g’ri to’lashi shart. Litsenzion shartnoma bo’yicha beriladigan huquq ko’lamiga bog’liq holda to’liq, mutlaq va mutlaq bo’lmagan litsenziyalar farqlanadi. To’liq litsenziya - asosan patent litsenziyasi, unga muvofiq listenziar (patent egasi) Listenziatga sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqni hech qanday cheklovlarsiz muhofaza hujjatining amal qilishi uchun olgan butun muddatiga beradi. Mutlaq litsenziya bo’yicha listenziat ob’ektdan kelishilgan miqyosda foydalanish huquqini oladi. Ko’p hollarda miqyos bitim amal qilish muddati va hudud bo’yicha belgilanadi. Mana shu miqyosda listenziar huquqdan o’zi ham foydalana olmaydi, uni uchinchi shaxsga bera olmaydi. Download 54.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling