Reja: O’zbekiston Respublikasida Patentlash


Download 54.57 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi54.57 Kb.
#1599917
1   2   3
Bog'liq
Patent

Sanoat mulkini chet elda patentlashning maqsadi va vazifasi.

Sanoat mulki huquqi sohasida shartnoma tuzganda shuni yodda tutish lozimki, bironta ham, bir-biriga o’xshagan bitim bo’lmaydi. Shartnoma mavzui, texnika sohasi, iqtisodiy vaziyat va tomonlar nuqtai nazari muzokaralarda hamisha turlicha bo’ladi, shunga ko’ra muvaffaqiyatli muzokaralar natijasi, ya’ni bitimning kelishilgan matni har biri alohida holda, o’z qiyofasiga ega bo’ladi. Agar, hatto, namunaviy litsenziyaviy bitimlar ro’yxati taklif qilinsada, har bir ayrim hol o’ziga xosligini qamrab ololmaydi.


Qissadan hissa qilib aytish mumkinki, taklif etilayotgan bitimlar tuzilishi barcha litsenziyaviy bitimlar uchun asos qilib olinishni da’vo qilmaydi: majburiy va o’zgarmas emas. Maqsad butunlay boshqa - har qanday litsenziyaviy bitimni tuzishda albatta yuzaga keladigan masalalarga e’tiborni qaratish kerak.
Shunday qilib, quyidagi beriladigan bitim namunalari faqat ayrim bandlarning talqinida bahsga sabab bo’luvchi, hadlashuvchi tomonlar o’rtasida sud jarayonini vujudga keltiruvchi yoki uchinchi shaxsga nisbatan shunday holat sodir qiluvchi sabablarga muzokara davomida yo’l qo’yilmaganini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Tashqi savdo bo’yicha litsenziya. Listenziyalar turi va litsenzion shartnomalarning shartlari.
Hozirgi paytda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy texnologik jarayon sharoitlarida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi uchun litsenziyalar sotish yo’li bilan ilmiy-texnikaviy yutuqlarni ayirboshlashni kengaytirish lozimdir. Listenziyalar sotish odatdagi tovarlarni sotishga qaraganda jadalroq sur’atlar bilan bormoqda.
Patent o’zini xarid qiluvchiga mutlaq litsenziya sharoitida muayyan monopol huquq beradi. Sanoat mulklari, patent bilan muhofazalanganda chet el firmalari uchun ko’proq qiziqish uyg’otadi, chunki bunday vaziyatda sotib olingan litsenziya zarur texnikaviy ma’lumotdan tashqari firmaga buyum ishlab chiqish va sotishda monopol huquq (litsenziyaviy shartnoma doirasida) beradi.
Har qanday holatda ham patent olingan yoki talabnoma berilgan ixtirodan foydalanish huquqi litsenziyaning mavzui bo’lavermaydi. Qanday hollarda patentsiz litsenziya sotish amalga oshiriladi? Shulardan biri — texnikaviy echim atayin patentlashtirilmaganda yoki texnikaviy mohiyat oshkor etilishi tufayli patentlashtirish imkoni qo’ldan chiqarilganda. Shu bilan bir vaqtda boshqa firma mazkur echim ishlab chiqilgan firma tomonidan ko’rsatiladigan texnikaviy yordam va uning ishlab chiqarish tajribasisiz mazkur faoliyatni udalay olmaydi. Ba’zan ishlab chiqarish tajribasini umuman patentlashtirib bo’lmaydi, u patentga loyiq emas.
Oddiy (mutlaq bo’lmagan) litsenziyada Listenziar listenziatga tegishli mahsulotni ishlab chiqarish va sotish huquqini beradi, lekin shu bilan birga xuddi shunday huquqni o’zida ham qoldiradi. Demak, bir necha oddiy litsenziya sotish mumkin, ya’ni bir necha firmaga muayyan buyumni tayyorlash va sotishga ijozat beriladi, bundan tashqari listenziar sanoat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini o’zida saqlaydi. Mutlaq litsenziya bitta shaxsga bitim shartlarida belgilangan hajmda litsenziya ob’ektidan yakka holda (monopol) foydalanish
huquqini beradi. Bunday holda shunday huquqga kim litsenziyani sotib olgan bo’lsa, o’sha ega bo’ladi va endi hech kim, hatto, listenziarning o’zi ham qayd etilgan huquqga ega bo’la olmaydi. Ikki turdagi litsenziyani taqqoslash shuni yaqqol ko’rsatadiki, listenziatga eng ko’p imtiyozni mutlaq litsenziya beradi, chunki boshqa firmalar tomonidan bo’ladigan raqobatni istisno etadi, shuningdek, bitimda belgilangan bozorda tegishli buyumni sotish uchun ko’proq imkon beradi. Ammo, mutlaq litsenziya beradigan huquq turli yo’llar bilan cheklanishi mumkin.
Birinchidan, litsenziya mavzui bir gal faqat buyum ishlab chiqarish bo’lsa, boshqa gal - ham ishlab chiqarish va buyumni sotish bo’lishi mumkin, ko’pincha, amaliyotda keyingisi uchraydi. Ikkinchidan, litsenziya ob’ektidan foydalanishni hududiy cheklash mumkin, ya’ni litsenziya muayyan hududgagina taalluqli bo’ladi. Masalan, franstuz firmasi buyumni ishlab chiqish, uni Franstiyada va boshqa ayrim mamlakatlarda sotish huquqini qo’lga kiritdi. Litsenzion shartnomada bunday paytda firma o’z buyumini sotishi mumkin bo’lgan mamlakatlar ro’yxati to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatiladi. Boshqa mamlakatlar bu huquq doirasidan chetda qoladi. Uchinchidan, miqdoriy cheklov qo’llaniladi. Masalan, firma-listenziar listenziatga buyumni muayyan quvvatga ega uchta korxonada, mahsulot chiqarishning aniq yillik miqdorini belgilagan holda berishi mumkin, ya’ni chiqaruvchi o’sha buyumlar miqdoriga nisbatan cheklov o’rnatiladi, boshqacha aytganda sanoat mulklaridan foydalanish hajmi cheklanadi.
Litsenzion bitimlarning eng oddiylari qanday? Sotuvchi sanoat mulki bo’yicha texnikaviy hujjatlarni berish yoki nou-xau, yoki yordam ko’rsatish uchun mutaxassislar yuborib ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda yordam ko’rsatish majburiyatini oladi. Bu—listenziarning asosiy majburiyati. Listenziat majburiyati esa —litsenziya uchun haq to’lash. Bitimlarda belgilangan minimal hajmlarda sanoat mulkidan foydalanish yoki nou-xau ko’zda tutilishi mumkin, chunki bunday foydalanish litsenziyaga haq to’lash ("royalti" tarzida) uchun asos hisoblanadi.
Listenziyani sotishda, aniq belgilash — litsenziya savdosidagi eng murakkab masala. Tezlanadigan haq, faqat bir yo’la (paushal) to’lov tarzida belgilanishi mumkin.
Ammo, bu - kam uchraydigan hol. Ko’p hollarda haq yillik to’lov tarzida, litsenziya amal qiluvchi butun muddat mobayniga belgilanadi. Bunday to’lov, odatda, tayyorlangan yoki sotilgan har bir yagona buyumdan foiz tarzida ajratiladi (royalti).
Haq mistorini belgilashda quyidagi turli omillar hisobga olinadi: sanoat mulk yoki boshqa texnikaviy yutuqdan foydalanish samarasi qanday, sotuvdan qanday foyda olinadi, buyumni ishlab chiqishda qanday tejamkorlikka erishiladi va shu kabilar.
Listenziya amaliyotida, odatda, aralash tizim qo’llanadi, bunda shartnomaga imzo qo’yishida, yoki u kuchga kirishida boshlang’ich to’lov (paushal to’lov), keyinchalik yillik to’lovlar ko’zda tutiladi.
Listenzshsharni sotish, sotib olish va ayir-boshlash bo’yicha takliflar tayyorlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasida chet elga ilmiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanishga litsenziyalar sotish va chet el litsenziyalarini sotib olishga ruxsat
beruvchi tartib o’rnatilgan. Buning mohiyati shundayki maxsus vakolatli idora siymosidagi davlatning ruxsatisiz birorta litsenziya chetga sotilishi va chetdan sotib olinishi mumkin emas. Shunday tartibni joriy etish natijasida davlat litsenziyasidan chet elda foydalanish, davlat manfaatlariga zid kelmasligi ustidan nazoratni o’rnatadi. Nazorat samaradorligiga davlat har bir sanoat mulkiga litsenziya asosida chet elda foydalanishga ruxsat berishi tufayli erishiladi. Bunday litsenziya sotib olishga hamma aloqador, chunki bunday xarid xalq xo’jaligini rivojlantirish muammosini hal etishga ko’maklashishi lozimdir.
Sanoat mulki va boshqa, ilmiy-texnikaviy yutuqlarga litsenziyalar sotish bo’yicha ishlarga rahbarlik, shuningdek, chet el litsenziyalarini sotib olish, hamda chet elda litsenziyalardan foydalanishni nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklangan.
Listenziya sotish va sotib olish bo’yicha taklif tayyorlash xususidagi ishlarning boshqa, o’ziga xos jihati, bu ish rejalashtirilishidadir. Vazirlik va muassasalar, qoidaga ko’ra, litsenziya sotish, haqidagi taklifni tegishli rejaga kiritadi. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejasida "litsenziya sotish" bo’yicha maxsus qism bor. Rejaga kiritish litsenziya sotishga ruxsatni anglatadi. Agar litsenziya sotish masalasi chet elga litsenziya sotish rejasi tuzilgan va tasdiqlangandan so’ng yuzaga kelgan bo’lsa, undan litsenziya sotish haqidagi qaror O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Listenziya sotish bo’yicha ishlar tartibi va injiniring tarzida xizmat ko’rsatish haqidagi yo’riqnomaga ko’ra litsenziyalar sotish haqidagi o’z takliflarini tegishli vazirlik va muassasaga taqdim etuvchi tashkilot va korxonalar o’z takliflariga maxsus materiallar (litsenziya pasporti, patent tadqiqotlari to’g’risidagi hisobot, texnikaviy darajani tavsiflovchi, ob’ekt patentga loyiqligi va patent sofligiga egaligi, ob’ektning texnikaviy-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, sanoat mulk tavsifi boshqa muayyan ma’lumotlardan iborat ko’chirma) ni ilova qilishlari lozim.
Bu materiallar bir tomondan u yoki bu yutuqga litsenziya sotish maqsadga muvofiqligini belgilash imkonini bersa, ikkinchi tomondan bo’lajak litsenzion bitimni tayyorlashga ko’maklashadi. Mana shuning uchun ham materiallarni taqdim etishda litsenzion shartnomaning qator shartlari hisobga olinadi. Xususan, litsenziya ob’ektini ishlab chiqish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalash-konstruktorlik ishlariga ketadigan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Litsenzion pasport mavzuiga taalluqli ishni texnikaviy hujjatlar hajmi to’g’risida ma’lumot beriladi, bu hujjatlar kim tomonidan tayyorlanishi va ko’rgazmaga qo’yish uchun namuna tayyorlanishi mumkinligi ma’lum qilinadi, hamda boshqa ma’lumotlar bo’ladi.
Litsenzion pasport — ob’ekt xorijlik xaridorga taklif etilishi mumkinligini ko’rsatuvchi hujjat.
Listenziya sotish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni taqdim etishda tashkilot (korxona) litsenziya mavzuiga kiruvchi, sanoat mulk nomini, sanoat mulki mualliflari, talabnoma raqami, shuningdek, sanoat mulkini patentlashning ahvoli haqidagi ma’lumotni albatta ma’lum qilishi shart.
Texnikaviy hujjatni ishlab chiquvchi tegishli institutlar yoki korxonalar litsenziya sotish haqida taklif kiritgan hollarda patent sofligi ekspertizasini o’tkazadi.
Listenziya ob’ekti samaradorligini oshirishda texnikaviy-iqtisodiy hisob- kitobni tuzish muhim ahamiyatga ega. Unda tayyorlovchi firmalar ko’rsatilgan holda ayni shunday chet el va mamlakat qurilmalari yoki hozirda qo’llanayotgan texnologik jarayonlar xususida qisqacha tahlil beriladi. Texnikaviy-iqtisodiy hisob- kitob texnika ob’ekti yoki texnologiyadan sanoatda foydalanish iqtisodiy samarasini aks ettirishi lozim.
Korxona, tashkilotlarning keyingi majburiyati ob’ektni nimaga mo’ljallanganligi, qo’llanish sohasi, kafolatlangan asosiy ko’rsatkichlarini aks ettirgan holdagi qisqacha texnikaviy tavsifdan iborat reklama materiallarini tayyorlashdan iboratdir.
Materiallar litsenziya ob’ektini reklama qilishi lozim, lekin shu bilan birga ular sanoat mulk mohiyatini ochib qo’ymasligi lozim, aks holda litsenzion bitim qaysidir darajada o’z mohiyatini yo’qotadi.
Chet el firmalari bilan muzokara olib borish uchun zarur hujjatlar litsenziyalarni tijorat asosida sotuvchi tashqi savdo tashkilotlariga beriladi.
Listenziya sotib olish haqidagi takliflarga bir qator talablar qo’yiladi. Tegishli taklif kirituvchi korxona (tashkilot), muayyan ma’lumotlarni berishi lozim, ularni ko’rib chiqishda litsenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi aniqlanishi mumkin.
Listenziya sotib olish haqidagi masalani hal qilish uchun firmani texnikaviy tajribasi qanday miqyosda sotib olinishini belgilash zarur (masalan, texnikaviy yoki texnologik hujjatlar, nou-xau, texnikaviy yordam va boshqalar).
Listenziya sotib olish haqida taklif ishlab chiqayotgan korxona (tashkilot), qator ma’lumotlarni beradi, shular asosida keyinchalik chet el firmasi bilan muzokara olib boriladi. Bular, avvalo, litsenziyani sotib olishda qo’yilishi kerak. Listenziya bo’yicha ishlab chiqarishni o’zlashtirishda chet el mutaxassislarini, ulardan qaysi korxonalarda foydalanilishini ko’rsatgan holda, qabul qilish mumkinligi va zarurligi belgilanadi.
Listenziyani sotib olish maqsadga muvofiqligi masalasini hal etishda ob’ekt texnikaviy darajasini va uning jahon texnika darajasiga mosligini, litsenziya ob’ekti yangiligi va ilg’orligini patent materiallari va sanoat ma’lumotlari bo’yicha aniqlash muhim ahamiyatga molikdir.
Vazirlik va muassasalar, shuningdek ayrim korxonalarning vakillari litsenziyani sotish bo’yicha chet el firmalari va tashkilotlari bilan olib boriladigan boshlang’ich muzokaralarda ishtirok etadilar. Barcha boshlang’ich ishlar tugagandan so’ng tegishli tashqi savdo tashkilotlari litsenzion shartnoma tuzadilar, unda litsenziyani berish shartlari belgilab qo’yiladi.
Listenziyani sotishda O’zbekiston Respublikasida bosh etkazib beruvchi vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib beruvchiga buyurtma-topshiri berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa bajarish uchun qabul qilishi lozim.
Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatini bajarishga mas’ul idora vazifasini vazirlik va muassasalar bajaradi. Tashqi savdo tashkilotlari bosh etkazib beruvchiga buyurtma-topshiriq berish huquqiga ega, bosh etkazib beruvchi esa bajarish uchun qabul qilishi lozim.
Vazirlik (muassasa) litsenziya ob’ektini bosh etkazib beruvchi sifatida litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan majburiyatlar sifatli va o’z vaqtida bajarilishi uchun javobgardir, ya’ni: litsenziya mavzui kafolatlangan texnikaviy- iqtisodiy ko’rsatkichlari uchun; shuningdek, litsenzion shartnomada ko’zda tutilgan tomonlar majburiyati bajarilishi uchun; litsenziya sotib olgan firmaga texnikaviy yordam, texnikaviy hujjatlarni o’z vaqtida va sifatli tayyorlash va berish bo’yicha; namunalarni etkazib berish bo’yicha; litsenziya sotib olgan korxonaga mutaxassislarni yuborish va chet ellik mutaxassislarni mamlakatimiz korxonalarida o’qitish bo’yicha; litsenziyaning takomillashtirilgan va mavzuini xaridorga berish; patent huquqi va boshqalarni muhofazalashi kerak.
Listenziyani sotib olishda vazirlik va muassasa ishni o’z vaqtida tashkil etish va sotib olingan litsenziyalar bo’yicha mahsulot eksportini kengaytirishni ta’minlashi lozim.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar



    1. "Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan, 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan.

    2. "EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini xuquqiy muxofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni, - 1994 yil mayda qabul qilingan

    3. "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, - 1994 yil 6 mayda qabul qilingan, 1997 yil 26 dekabrda o’zgartirilgan.

    4. "Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonuni,- 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan.

    5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining qarori. «2008 yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risida», 2009 yil 13 fevral.

    6. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T: O’zbekiston, 2009. – 56 b.

    7. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Makamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.

    8. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. – 24 b.

    9. Djumaxadjaev A. Patentshunoslik. Toshkent. Mehnat. 2001, 384 6.

    10. Intellektualnaya sobstvennost. Slovar-spravochnik. M.: Ilfra-M, 1995, 112 s.

    11. Instrukstiya po provedeniyu patentno-informastionnogo poiska pri ekspertize zayavok na izobreteniya v Gosudarstvennom patentnom vedomostve Respubliki Uzbekistan. //Rasmiy axborotnoma, №2, 2000 g.

    12. Omarova T.V. Informastionno-poiskovoe yazыki informastionno-poiskovo` sistemo` - M.: VNIIPI, 1990, 84 s

    13. Rumyansteva N-L. Mejdunarodnaya i nastionalno` klassifikatsii 14. Patentovedenie. Pod redakstsiey Ryazensteva V.A. - M,: Mashinostroenie, 1984, 352 s.

Download 54.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling