Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-bob. Elektron tijorat subyektlari


Download 214.5 Kb.
bet4/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
adxam

3-bob. Elektron tijorat subyektlari
8-modda. Elektron tijorat ishtirokchilari
Elektron tijoratda tovarlarni sotuvchi, xizmatlarni yetkazib beruvchi yoki ishlarni bajaruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda sotuvchi deb yuritiladi), shuningdek elektron tijoratda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridori, iste’molchisi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda xaridor deb yuritiladi) elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Elektron tijorat sohasidagi sotuvchilar quyidagilardan iborat:
elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchisiga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmagan holda amalga oshiriladigan o‘z tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qo‘shimcha talablar yoki cheklovlar belgilanishi uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
9-modda. Sotuvchining huquq va majburiyatlari
Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat sohasidagi ishlab turgan axborot tizimlariga ofertani joylashtirish (taklif etish);
o‘z elektron savdo maydonchasini va unda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bevosita sotishni tashkil etish;
elektron tijoratdagi shartnomalarni (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish;
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni elektron tijorat operatorlariga saqlash uchun topshirish.
Sotuvchi:
qonunchilik talablariga rioya etishi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchilar, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olishga taalluqli boshqa qoidalar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni taqdim etishi;
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning qonunchilikka muvofiq saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish chog‘ida muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni amalga oshirmasligi;
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart.
Sotuvchi elektron tijoratni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirgan taqdirda esa qonunchilikda belgilangan litsenziyalash tartibiga, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega.
Sotuvchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling