Reja: O’zbekiston va jahon hamjamiyati O’zbekistonning teng xuquqli sub‘ekt sifatida kirib kelishi


Download 79 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi79 Kb.
#1574210
  1   2
Bog'liq
Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati


Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati

Reja:
1. O’zbekiston va jahon hamjamiyati O’zbekistonning teng xuquqli sub‘ekt sifatida kirib kelishi.


2. Jahon hamjamiyati va demokratik jarayonlar.
3. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli aloqalari.

Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama-qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. 1955 yil 14 martda tashkil etilgan Varshava shartnomasiga kiruvchi davlatlar ittfoqi ham tarqalib ketdi. SSSRning paryaalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat tarkib topib, dunyodagi davlatlar soni 229 taga oshib ichida O’zbekiston ham bor.


XX1 asr bo’sag’asida dunyoda tub o’zgarishlar ro’y bersada, dunyo xalqlariga xavf solib turgan “sovuq urush” siyosati tugasada, dunyo hamon muammosi va murakkab bo’lib qolmoqda.
Bu borada Prezidentimiz I. Karimov shunday deb yozadi: “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo’lsada, turli xil maqsad manfaatlarni ifoda etuvchi mavkuralar tortishuvi to’xtagani yo’q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad – inson avvalambor, yoshlar qalbini egallash; muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg’ulariga ta‘sir o’tkazish, uni o’z dunyoqarashiga bo’ysundirish, ma‘naviy jihatdan zaif vat obe qilish”. (O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. 2000 yil, 329-330 betlar).
Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.
CHunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.
Asrimizning oxiriga kelib va XX1 asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilish zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri-uning birligi va yaxlitligi toton og’ishmay rivojlanayotganidir.
Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda toborabirlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo –Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va sh.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bg’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bog’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning bir butunligidan kelib siqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Zmiddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda ziddiyatlarni Biron-bir tomonning foydasiga hal etishga o’rinish bu munosabatlarda ko’plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarida XX1 asrga kelib xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta‘siri “davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda”, - deb ta‘kidlagani bejiz emas (T. 1995 yil, 59 bet).
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy – siyosiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga jihatidan qo’shni davlatlarga qaraganda qo’lay geosiyosiy-strategik imkoniyatlarga ega. O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli-SHarqda Qirg’iziston, shimol va shimoli-G’arbda Qozog’iston, Janubi-G’arbda Turkmaniston, janubi-SHarqda Tojikiston, Janubda qisman Afg’oniston respublikalari bilan chegaradosh. Shuning uchun ham O’zbekiston O’rta Osiyoni Markazida joylashgani uchun ushbu mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, hamkorlikni mustahkamlash va muvozanatni saqlash imkoniyatlariga ega.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida maydoni bo’yicha beshinchi, aholisi soni bo’yicha esa uchinchi o’rinda. Bu yerda Markaziy Osiyodagi jami aholining 1/3 dan ko’prog’i yashaydi. Respublikamiz oltin zaxiralari bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda uni qazib olish bo’yicha yettinchi o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi. Qadimdan Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li Yaponiyadan – Ispaniyagacha 12 ming km bo’lib, O’zbekiston hududi orqali o’tgan. Hozirgi kunda ham Osiyo va Yevropani tutashtiradigan yo’llar O’rta Osiyodan, uning markazida joylashgan O’zbekistondan o’tadi.
Ikkinchi savol: Hozirgi xalqaro munosabatlar va ularning rivojlanishini davlatlarning tashqi siyosatisiz tasavvur qilish mumkin emas. Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi. Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi.
Davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni “kuchga tayangan holda” hal etish insoniyat boshiga og’ir musibatlarni keltiradi. Tarix shundan dalolat beradiki, yer yuzida keyingi 5 yarim ming yilning atigi 300 yiligina tinch va osoyishta o’tgan.
Qolgan vaqtlarda 15 mingdan ortiq urushlar bo’lib o’tgan. Bu urushlar birgina Yevropada XVII asrda 3 milion, XVIII asrda 5 miliondan ko’proq, XIX asrga 6 milion, XX asrda esa 70 miliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo’lgan (S. Otamurodov va boshqalar. Politologiya. O’quv qo’llanma, T. 1999 yil, 179 bet).
Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qiladigan tamoyillar dastlab 1915 yilda bo’lib o’tgan Vena Kongressi, keyinchalik esa, 1919 yilda tuzilgan Millatlar Ittifoqining hujjatlarida umumiy tarzda ifodalab berilgan edi. Bu munosabatlarning rivojlanishida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi (1945 yil). Bu tashkilotning ustavida xalqaro munosabatlarda amal qiladigan tamoyil ko’rsatilgan. Bular quyidagilardan iborat: davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik; tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish; xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal etish; davlatlar chegarasining daxlsizligi va hududning bir butunligini tan olish; inson huquqlarini hurmat qilish; millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash; xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.
Bu tamoyillar ayrim mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan o’ylab topilgan bo’lmay, uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlar sohasida ob‘ektiv ravishda shakllangan. Bularga amal qilmaslik alohida olingan mamlakatlarni xalqaro hamjamiyatdan butunlay ajralib qolishiga olib keladi. Buning to’g’riligini yana bir bor Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oya amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”, - deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil, 49 bet).
Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.
Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlararo o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga mo’ljallangan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.
Afsuski, xalqaro munosabatlarning sub‘ektlari bo’lmish davlatlarning tub manfaatlariga zid holda, BTM yirik davlatlar va harbiy-siyosiy dasturi va ideallarni amalga oshirish imkoniyatidan borgan sari chetlashish holati sodir bo’lmoqda. Buning natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoda xavfsizlikni kafolatlovchi Yevropa xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham mintaqada va boshqa joylarda kerakli darajada ishtirok eta olayotir. Bunda hatti harakatlar ko’p qutbli, serqirra hamkorlika tayangan barqaror xalqaro tizim shakllanish jarayonini zaiflashtirmoqda.
O’zbekistonning tashqi siyosati mamlakat milliy manfaatlarini hisobga olgan holda belgilanib olingan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub‘ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida Ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga Kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” deyiladi.
Respublikamiz Prezidenti I. Karimov tashqi siyosat masalasiga to’xtalib shunday degan edi: “O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatini yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlaridan biridir”. (I. Karimov, O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T-1, T. 1996 yil, 50 bet).
Quyidagi asosiy printsiplar O’zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan.
Birinchidan, o’zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo’lgani holda o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish. Bizning mustaqil davlatimiz Biron-bir buyuk davlatning ta‘sir doirasiga tushib qolish niyatida emas. O’zbekiston yana kimgadir bo’ysunish uchun mustaqil bo’lgani yo’q.
Ikkinchisi, Respublika odamlar va davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish uchun kurashadi. O’zbekiston yadrosiz mintaqa bo’lib qoladi, tajovuzkorlik harbiy bloklar va uyushmalarga kirish niyati yo’q.
Inson huquqlari to’g’risidagi, hujum qilmaslik haqidagi, nizom masalalarini hal etishda kuch ishlatishdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish to’g’risidagi Xalqaro hujjatlarni tan oladi va ularga og’ishmay rioya qiladi.
Uchinchisi, Respublikaning tashqi siyosati teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida quriladi. Mustaqil davlatlar Hamdo’stligida, butun tashqi siyosatda ham bizning shiorimiz-tenglar orasida teng bo’lish, “katta og’a”ning qosh-qovog’iga qarab ish tutishdan uzil-kesil va abadul-abad xolos bo’lishdir.
To’rtinchisi, mafkuraviy qarashlardan qat‘i nazar tashqi siyosatda ochiq-oydinlik printsipini ro’yobga chiqarishga va barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o’rnatishga intiladi.
Beshinchisi, o’zining milliy-huquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O’zbekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan oladi. Bizning mustaqil davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmay, jahon hamjamiyatiga kirar ekan, Xalqaro talablarga rioya qilishga tayyordir.
Oltinchisi, O’zbekiston to’la ishonch printsiplari asosida ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qiladi.
Prezidentimiz I. Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida (14 aprel 1999 yil) yana bir bor O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati to’g’risida to’xtalib o’tib, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan teng huquqli sherikchilik, barcha mojaroli muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar orqali yechish tarafdori bo’lib qolaverishini alohida uqtirib o’tadi.
Uchinchi savol: Ma‘lumki, so’nggi yillarda jahonda yuz bergan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi va yo’nalishini tubdan yangiladi, jahon siyosatga asta-sekin bir guruh yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida davlatlararo siyosat va diplomatiya maydoni tubdan boshqa mohiyat va mazmun kasb etdi. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi, dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar ichiga teng bo’lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda.1996 yil 15 martda Rossiya davlat Dumasi ana shunday huquqiy normalarni hisobga olmasdan yana “Sobiq ittifoqni tiklash” g’oyasini ilgari surdi. Turli xil tushunchalar “iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish” davlat va siyosiy tizimlardan yuqori turadigan “Federatsiya” yoki “Konfederatsiya” kabi uyushmalari tuzish taklif etildi.
Bunga Markaziy Osiyodagi Qozog’iston, Qirg’iziston, va Tojikiston davlatlari a‘zo bo’lib kirdilar. Albatta bu ittifoqqa kirish yoki kirmaslik ularning ichki ishlaridir. Lekin O’zbekiston o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu ittifoqqa qo’shilolmasligini bildirgan edi. Ammo bunday ittifoqning vujudga kelishi Markaziy Osiyo xalqlarining azaliy do’stligiga raxna sola olmaydi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlaganidek, “Markaziy Osiyo mamlakatlari darajasidagi integratsiyaga kelsak, u o’zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu integratsiya o’z mohiyatiga ko’ra hamisha xalq integratsiyasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda” (I. Karimov O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida... T. 1997 yil, 320 bet).
Xususan, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlarining (1996 yil, may) yagona iqtisodiy makon to’g’risida imzolagan shartnoma (Beshkek) Markaziy Osiyo xalqlari oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal qilish yo’lida qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon siyosatida faol ishtirok etib kelmoqda. Ana shularni hammasini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi o’z tarixida birinchi marta 1992 yil 2 martda xalqaro huquqning to’la huquqli sub‘ekti sifatida BMTga qabul qilindi. Prezident I. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etish va unda 27 sentyabrda qilgan ma‘ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’xna va yosh navqiron mamlakat sifatida namoyon etdi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ta‘sis etildi va ish boshladi. O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ga a‘zo bo’lib kirdi. I. Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so’zlash va uning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir.
O’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi Qo’shilmaslik harakatiga qabul qilindi, bo’lg’usi jahon parlamentining timsoli bo’lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kiradi. Respublikamiz bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy ilmiy-texnikaviy va madaniy tashkilotlar – jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, jahon banki, xalqaro valyuta jamg’armasi, xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro pochta ittifoqi, jahon sog’likni saqlash tashkiloti, elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, xalqaro olimpiada qo’mitasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlarning a‘zosidir. O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) g’oyasini qo’llab-quvvatladi va 1991 yil 21 dekabrda a‘zo bo’ldi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o’zaro munosabatlar o’rnatilgan.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Toshkentda – 35 mamlakatning elchixonalari ochilib ishlab turibdi. Shuningdek, Respublikamizda 88-xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortiq davlatlarda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqa davlatlarda Mustaqil O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.
Umuman olganda jahon hamjamiyatiga qo’shilish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Buni taniqli huquqshunos olim A. Azizxo’jaev shunday deb izohlaydi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’z ovoziga ega bo’lish, jahonning manaman degan mamlakatlari orasida o’ziga xos mavqe egallashi, xalqaro maydonda obro’-e‘tiborining oshib borayotganligi negizini ham Konstitutsiya tashkil etadi (qarang: A. Azizxodjaev. Erkinlikning g’alabasini muhrlagan qonun jurnal: jamiyat va boshqaruv. №4, 2001 yil, 5 bet).\
Jahon amaliyotidan ma`lumki har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon uz qobigiga o`ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo`lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga ko`shilish orqali o`z takdirini belgilagan. Shuning uchun ham Uzbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishi bilanoq ja-hon hamjamiyatiga qo`shilish yo`lini tutdi. Bu borada mamla-katda olib borilgan amaliy ishlarni tasavvur qilishdan ol-din XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.
Ma`lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema -SSSR va AQSH yetakchi bo`lgan bir-biriga g`oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o`zaro muxo-liflik muvozanatiga asoslangan edi.
1991 yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach. yangi - goyat murakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgi-lari quyidagilardan iborat edi.
Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvo-zanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo`linish ro`y berdi. Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo`lsa, endilikda o`z taqdi-rini o`zi belgilash orqali ichki imkoniyatlarni ishga solish, har kim o`z aravasini o`zi tortish zarurati tugildi.
Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. YA`ni sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mam-lakatlar o`rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi.
Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko`rina-di. YA`ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakat-larning asosiy boyligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o`z qo`llariga olishga intila boshladilar.
To`rtinchidan, jaxon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o`zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalq-aro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta`siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o`rtasida o`zaro birla-shishga intilishni kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyat-lar, an`analar va ma`naviy merosni saklab qolish orqshsh mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo`ldi.
Turli davlatlararo va xukumatga daxli bo`lmagan xalqaro tashkilotlarning ahamiyati oshib, dunyo yangi tizimga o`tishi davrida ularning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehti-yoji tug`ildi.
Bu o`z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni tug`diradi. Buning javobi oddiy: ko`pchilik xalqaro tashkilotlarning faoliyatlari asosan davlatlarning o`zaro mu-rosasini ta`minlashga qaratilgan edi, xolos.
Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammo-larga ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishni, ta`-sir doirasini kengaytirishni, hech bo`lmaganda, hammaga baro-bar odilona va xolisona munosabatda bo`lishni talab etadi.
Beshinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qan-day mamlakatning nufuzi, avvalo, uning eng yangi texnologiya-larni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgi-lanadigan bo`ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O`zbekis-tondagi o`tish davri boshqa yosh mustaqil mamlakatlarga nisba-tan samaraliroq bo`ldi. Natijada O`zbekiston jahon iqtiso-diy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tezroq kirib bordi va o`z salohiyatini aniq-ravshan ko`rsata oldi.
O`zbekistonning jahon xamjamiyatida munosib o`rin egal-lashi uchun asosiy shart-sharoitlar bu - uning jugrofiy-siyo-siy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir.
Ma`lumki, Uzbekiston jugrofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. YA`ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energeti-ka omillari markazida joylashgan.
XXI asr bo`sag`asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tub-dan o`zgardi, inson va insoniyat, odam va olam takdiriga daxl-dorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so`nggi o`n yilligi har qanday zo`ravonliklar, tazyiqlar va g`oyaviy xurujlarni aql-idrok va ochikdan-ochiq munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo`yilgan davr bo`ldi. O`zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o`z maqei va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon siyosatini isloh qilishga da`vat et-gan davlatlaridan biri bo`lib maydonga chikdi.
Geografik-siyosiy o`rni jihatdan O`zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o`rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta`minlash, o`zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo`lib xizmat qildi. Musta-qillikning qisqa davrida u o`zining siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy qudratini to`la-to`kis ko`rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo`lgan kuchli davlat sifatida o`zini namoyon^etdi.
Birgina bu emas: O`zbekiston Osiyo va Yevropa qit`achari o`rtasida munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlim-ni mo`tadillashtiruvchi G`arbu Sharq o`rtasidagi azaliy raqo-batni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaraaar va muzokaralar orqali uygunlashtirishga da`vat etgan yagona davlat bo`lib maydonga chiqsi.
Darqaqiqat, bugun O`zbekiston Pokiston, X.indiston, Eron, Afgoniston, Tojikiston, Qirg`iziston va Qozogiston muam-molari bilan birga Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma`lum bir o`zanga solishga da`vat qilayotgan, uni o`zining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burayotgan davlatdir.
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolari-ni hal qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamo-yillarini o`rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolar va qo`shni mamlakatlarni o`zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer shari va insoniyat takdiriga daxldor bo`lgan juda ulkan masalalarni o`rtaga tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog`liq bo`lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo axli hayotiga taxdid solayotgan eng og`ir fojia ekan-ligini, u bilan murosa qilib bo`lmasligini, bu illatlarni barbod qilishda juda katta qat`iyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O`zbekiston o`z timsolida ko`rsatdi.
Prezident Islom Karimovning «O`zbekiston XXI asr bo`sagasida» nomli kitobida va O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida qilgan «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma`ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo`ydi. Xalqaro ter- rorizm va narkobiznesning o`zaro uzviyligi, bir-biriga bog`-liqligi, uning tarqalishiga ba`zan diniy niqoblardan foy-dalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekst-remizmning rivojla^nib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur taqyail etilgan. O`zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillik-dagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o`nlab mamlakatlarida tarjima qilib bo-silganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko`tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, ja-hon jamoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayetgan-ligi fikrimizning dalilidir.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olga-nidir.
1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qyushb belgilangan edi. Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbe-kiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog-lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi.
Oradan ma`lu^m muddat o`tgandan so`ng 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Konstitutsiyasida bu yo`l yana bir bor ta`kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoida-lari qonun bilan mustahkamlab qo`yildi. «O`zbekiston Respub-likasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tinchligi, kuch ish-latmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxl-sizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlat-larning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume`tirof etilgan boshqa qoidalari va meyorla-riga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, fa-rovonligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoq-lar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilma-larga kirishi va ulardan ajralib chiqii:i mumkin», — deyi-ladi O`zbekiston Respublikasi Konstitudiyasining 17-modda-sida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar Prezident I.A.Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va ni-o`zi ta`minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli tur-larini, jumladan paxta tolasi yetishtirish va eksport qilish-ga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifat-li, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot maqsulotlarini ishlab chiqarishga qamda ularni qayta ishlan-gan holda yetkazib berishga qodir.
To`rtinchidan, davlatimiz nafaqat o`zini-o`zi ta`minlaydi-gan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo`lmish muhim tarmoqdarga ega. O`zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoklari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.
Beshinchidan, O`zbskistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o`rni bor. Yurtimiz ma`naviy merosga boy. U oldin-dan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma`naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta`sir o`tkazib kelgan.
Shu jihatlarni hisobga olsak, O`zbekiston o`zining barcha ko`rsatkichlari bo`yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.
Albatta, bu yo`lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
Birinchidan, agar jurrofiy-strategik tarafdan olib qara-sak, Markaziy Osiyoda kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj top-gani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini ko`ramiz.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bogliq ekologik falokat ta`siri seziladi.
Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e`tibor-ni taqozo etadi. Bu yerda atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta`sir etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo`lmaydi.
To`rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba`zi mamlakatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo`lishimizga yo`l bermaydi.
Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimo-iy va boshqa muammolar ichida qolgan «uchinchi dunyo» davlatla-ri ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xatarning bu-gungi kundagi o`chog`i - Afgoniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada.
Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma`lum dara-jada ko`p ishlarni ijobiy hal qilishga to`siq bo`lib turgan yana bir masala bor. SHo`ro tizimidan qolgan meros — bu shu min-taqada Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlarni sun`iy ravishda bo`lib tashlash va shundan foydalanib, o`z siyosatini o`tkazish, ularga hukmronlik qilish asorat-lari hali-beri yo`qolmagan.
Terrorizm va narkobiznesning o`zaro uzviyligi, bir-biriga bog`-liqligi, uning tarqalishiga ba`zan diniy niqoblardan foy-dalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va ekst-remizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur taxlil etilgan. O`zbekiston rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillik-dagi siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o`nlab mamlakatlarida tarjima qilib bo-silganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu kitobda ko`tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, ja-hon jamoatchiligining katta qiziqish bilan unga qarayetgan-ligi^fikrimizning dalilidir.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olga-nidir.
1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qyushb belgilangan edi. Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbe-kiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog-lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qir-rin qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi.
Oradan ma`lu^m muddat o`tgandan so`ng 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Konstitutsiyasida bu yo`l yana bir bor ta`kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoida-lari qonun bilan mustahkamlab qo`yildi. «O`zbekiston Respub-likasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tinchligi, kuch ish-latmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxl-sizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlat-larning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume`tirof etilgan boshqa qoidalari va meyorla-riga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, fa-rovonligi va xavfsizligini ta`minlash maqsadida ittifoq-lar tuzishi, hamdo`stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilma-larga kirishi va ulardan ajralib chiqii:i mumkin», - deyi-ladi O`zbekiston Respublikasi Konstitudiyasining 17-modda-sida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar Prezi-dent I.A.Karimovning nutq, maqola va risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» nomli asarida: «O`zbekistonning milliy man-faatlariga mos keladigan, ko`p tomonlama faol tashqi siyosat-ni amalga oshirish — davlatimizning mustaqilligini mustah-kamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g`oyat muhim vositasi-dir» -- deb alohida uqtirdi.
Hukumatimiz o`zining tashqi siyosatida mana shu ko`rsatma-larga amal qilib keldi. O`zbekistonning tashqi siyosat borasi-da tutgan yo`li davlatimiz biron bir buyuk davlat ta`sir doi-rasiga tushib qolmasligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavf-sizlikni ta`mindash, mojarolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik mafku-raviy qarashlardan qatiy nazar tashqi siyosatda ochiq-oydin-lik tamoyilini ro`yobga chiqarish, xalqaro tashkilotlar doira-sida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalari va mezonlariga asoslanadi.
1992 yil 2 martda O`zbekiston Respublikasi o`z tarixida birinchi bor xalqaro hamjamiyatning tsng xuquuti subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zoligiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan munosib o`rin olishida katta ax,amiyatga ega bo`ldi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqaror-lik va hamkorlik masalalari bo`yicha BMTning Toshkentda do-imiy ishlovchi seminarini chaqirish, Tojikiston va Afgonis-ton mojarolari, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo`yicha bir qator takliflarni o`rtaga qo`ydi.
Uzbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bu nu-fuzli tashkilot tomonidan inobatga olinib, 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta`sis etilib, ish bosh-ladi. Xolid Malik BMTning O`zbekistondagi vakili qilib yuborildi.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbe-kistondagi vakolatxonasi respublikada BMTning taraqqiyot Dasturi, Sanoat taraqqiyoti Dasturi, qochoqlar ishi bo`yicha vakillari Oliy Komissari, Jaxon sokliqni sarutash tashki-loti, Aholi joylashish jamg`armasi, Narkotiklarni nazorat qilish bo`yicha Dastur, Bolalar jamgarmasi singari ixtisos-lashgan muassasalarni o`z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo`ldi.
O`zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mus-tahkamlash, inson huquqlarini qimoya qilish bo`yicha katta tad-birlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga ( YEXHT) a`zo bo`lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo`lib o`tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisi- da ishtirok etishi, nutq so`zlashi va uning 10 iyulda bo`lgan majlisiga raislik qilishi O`zbekistonning jahon hamjamiya-tiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko`rsatadi.
O`zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o`tka-zishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993 yil sentabr-da bo`lib^o`tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-ses-siyasida Uzbekiston Prezidenti I.Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma`ruzasi O`zbekistonni jahonga ko`hna va navqi-ron davlat sifatida tanitdi.
O`zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo`shilmaslik harakatiga qabul qilindi. Bo`lg`usi jahon Parla-mentining timsoli bo`lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kir-di.
Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konferensiyalarida hamda YEXHT Parlament Assambleyasining har yili o`tkaziladigan sessiyasida muntazam qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YEXHT Parlament Assambleyasining Vitse-prezidenti etib saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlar-da O`zbekiston vakillari ma`ruza va axborotlar bilan chikdi-lar, qator takliflarni o`rtaga tashladilar. Shu tariqa respub-lika Parlamenti a`zolarining ovozi xalqaro maydonda baral-la yangramoqda. Davlatimizning obro`-e`tibori mustahkamla-nib, xalqaro miqyosda tobora ko`proq e`tirof etilmoqda.
Mustaqillikning ilk damlaridayeq Oliy Majlis Raisi E.X.Xalilovning Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya. Belgiya, Bolgariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qancha mamlakatlarning davlat boshliqdari. parlament va vakolatxonalar boshliqlari bilan uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Oliy Majlisda o`n uchta parlament delegatsiyasi, shu jumladan GFR, Yaponiya, Quvayt, Litva, Latviya, Pokiston, Bolgariya va Turkiya mamlakatlarining parlament delegaiiyalari, Shveytsa-riya, Xitoy, GFR va Litvaning rasmiy hukumat delegatsiyalari, turli xadqaro tashkilotlarning o`n uch nafar vakili, xorijiy davlatlarning O`zbekistondagi elchilari va elchixonalari hamda vakolatxonalari xodimlaridan 28 kishi, shu jumladan. Fransiya, GFR, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Xindiston namoyandalari qabul qilindi. O`z navbatida O`zbekiston parlamenti a`zolarining delegaiiyalari bir qancha davlatlarda, shu jumladan, AQSH, GFR, Turkiya kabi mamlakatlarda bo`lishdi.
O`zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuz-li xalqaro iqtisodiy, idmiy-texnika va madaniy tashkilotlar — Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi. Jahon sog`liqni saqpash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo`mi tasi, Osiye va Tinch okean havzasi bo`yicha iqtisodiy va ijti-moiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy ham-korlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning ta`lim, fan va madaniyat bo`yicha Qo`mitasi (YUNESKO) va boshk,a tashkilotlar a`zosidir.
O`zbekiston mustaqil davlat sifatida ko`plab xalqaro Kon-vensiyalarga va BMT, YEXHT, XMT kabilarning protokollari-ga qushildi. Shu yillar mobaynida O`zbekiston o`zining tashqi siyesatida avvalo jahonning taraqqiy etgan mamlakatlar bi-lan o`zaro munosabatlarini rivoj,t;antiri111ga katta aqamiyat berdi. AQSH, Germaniya, Fransiya. Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa ko`plab rivojlan-gan mamlakatlar bilan o`rnatilgan aloqalar o`z natijalarini bera boshladi. Turkiya bilan abadiy do`stlik shartnomasi Uzbe-kiston tashqi siyesatidagi o`ziga xos yangilikdir.
1995 yil 15-16 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavf-sizlik va Qamkorlik masalalariga bagishlangan seminar Kengashi bo`ldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavf-sizligi va mojarolarning oldini olish masalalari ko`rib chi-qildi.
1995 yil. oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi O`zbekis-tonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan-yangi imkoniyatlarini ko`rsatishga sharoit yaratdi. Prezident I.Karimovning ana shu mo`tabar minbardan turib so`zlagan nihoyatda qisqa va lo`nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini o`zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangi-cha shakl va mazmun bilan boyitishga o`ziga xos ta`sir ko`rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo. mintaqalararo va qit`alararo munosabatlarni chuqurlashtirish, qar bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyesiy jarayonlarning borishidan oldindan ogoh bo`lish, ularni o`z vaqtida o`rganish va zarur xulosa-larga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallash-tirmasdan hal etish masalalarini ko`tardi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling