Reja: O’zbekistonda arxiv tizimi


Download 1.38 Mb.
bet3/6
Sana19.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1362288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekistonda arxiv ishi. Yutuq va kamchiliklari

Davlat arxivlar

  • O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon davlat arxiv tizimi respublikaning siyosiy-ma’muriy tuzilishi negizida tashkil etilgan. Respublika davlat arxiv tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
  • 1. Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi;
  • 2. Respublika Markaziy davlat arxivlari
  • Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi markaiy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmoqda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. Viloyat arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy ahvol, mintaqalar hamda viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid hujjatlar saqlanmoqda. Masalan, Farg’ona viloyat davlat arxivi fondlari Farg’ona viloyati va Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga kirgan Andijon va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi.

Farg’ona viloyat ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, jumladan, Katta Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, bunyod etilgan qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar, ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda.

  • Farg’ona viloyat ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, jumladan, Katta Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, bunyod etilgan qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar, ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda.
  • Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
  • 1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA);
  • 2. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi;
  • 3. O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi.
  • Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi filallari ham muhim o’rin tutadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling