O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markaziy va mahalliy muassasalarining hujjatlari (1920-1924 yy) saqlanmoqda. Ular bu respublikalardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar beradi. - O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markaziy va mahalliy muassasalarining hujjatlari (1920-1924 yy) saqlanmoqda. Ular bu respublikalardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar beradi.
- Arxivda O’zbekiston SSR sovetlari syezdlari hujjatlari, O’zSSR MIK va XKS hujjatlari, boshqa sovet idora va muassasalarining hujjatlari ham saqlanmoqda. Bu hujjatlar va undan keyingi davrga mansub hujjatli materiallar O’zbekistonning butun sovet davridagi hayoti haqida batafsil ma’lumotlar beradi.
- O’zR MDAda shaxsiy fondlar ham keng o’rin olgan. Bu yerda P. A. Kobozev, D. I. Manjara, H. M. Abdullayev, J. I. Abdullaxonov, A. V. Almatinskaya, L. A. Abdullayev va boshqa qator partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat arboblarining shaxsiy fondlari mavjud.
- Markaziy Davlat Arxivida talay arxiv kolleksiyalari ham mavjud bo’lib, ular orasida XIII-XVI asrlarga mansub vaqf hujjatlari kolleksiyasi diqqatga sazovordir.
- Respublika ahamiyatiga molik arxivlardan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi bo’lib, u 1962 yilda tashkil etilgan. Arxivda ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, kostruktorlik muassasalarining hujjatlari saqlanmoqda. Arxiv fondlarida O’zbekistonda turli davrlarda bunyod etilgan sanoat korxonalari, sug’orish inshootlari, ma’muriy va grajdan binolarining loyihalari mavjud. Kostruktorlik hujjatlari esa turli davrlarda yaratilgan paxta terish, to’qimachilik mashinalari va uskunalari loyihalari va boshqa grafik materiallardan iboratdir. Mazkur arxivda tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari ham saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1943 yilda tashkil etilgan. 1959 yilda u O’zbekiston Markaziy Tarix arxivining bir bo’limiga aylantirildi. 1974 yildan e’tiboran yana mustaqil arxiv sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Arxivda saqlanayotgan 1917 yildan oldingi davrga taalluqli fotosuratlarda Turkiston o’lkasidagi milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlardan lavhalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning boshqarilishi, ularning mahalliy aholiga bo’lgan munosabati, sud organlarining faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalqaro aloqalari, musulmonlarning turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan. - O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1943 yilda tashkil etilgan. 1959 yilda u O’zbekiston Markaziy Tarix arxivining bir bo’limiga aylantirildi. 1974 yildan e’tiboran yana mustaqil arxiv sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Arxivda saqlanayotgan 1917 yildan oldingi davrga taalluqli fotosuratlarda Turkiston o’lkasidagi milliy-ozodlik va inqilobiy harakatlardan lavhalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning boshqarilishi, ularning mahalliy aholiga bo’lgan munosabati, sud organlarining faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalqaro aloqalari, musulmonlarning turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan.
- Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan nutq va intervpyularidan, eski bolpsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining esdaliklaridan iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari hamda taniqli san’atkorlar va jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari saqlanmoqda.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari bilan bir qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar, jumladan Prezident Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hujjatlari saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |