Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. - Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
- Turkiston viloyat harbiy gubernatori va qo’shin qo’mondoni fondi (336-f.) va Viloyat markazi aholisini boshqaruvchisi fondida (450-f.) 1865-1868 yillarga mansub hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, ma’muriy tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi.
- Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron, Xiva va Buxoro bilan diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida, shaharlar boshqaruvi va shahar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning miqdori va ahvoli haqida ma’lumot beradi.
Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z aksini topgan. 1885 yilda Farg’onada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun Turkiston o’lkasida ro’y bergan qo’zg’olon va g’alayonlar to’g’risida ma’lumotlar bor. Sanoatning rivojlanishi, temir yo’llarning qurilishi, qishloq xo’jaligining ahvoli haqidagi ma’lumotlar savdo-sanoat shirkatlari, dehqonchilik va davlat mulki boshqarmasi fondlarida uchraydi. Turkistonning madaniy hayoti, o’quv va madaniy-oqartuv muassasalari, ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan. - Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z aksini topgan. 1885 yilda Farg’onada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun Turkiston o’lkasida ro’y bergan qo’zg’olon va g’alayonlar to’g’risida ma’lumotlar bor. Sanoatning rivojlanishi, temir yo’llarning qurilishi, qishloq xo’jaligining ahvoli haqidagi ma’lumotlar savdo-sanoat shirkatlari, dehqonchilik va davlat mulki boshqarmasi fondlarida uchraydi. Turkistonning madaniy hayoti, o’quv va madaniy-oqartuv muassasalari, ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan.
- Xiva xoni mahkamasi fondi (1874-1917 yy; 125-f) va Buxoro amiri Qushbegiisi fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli, milliy munosabatlar, O’rta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyati to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.
- Fevralp inqilobidan to Oktyabrg’ to’ntarishigacha bo’lgan davr Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti hamda Ishchi soldat deputatlari O’lka Soveti fondlarida yoritiladi.
- Turkiston ASSR MIK, XKS va xalq komissarliklari fondlarida o’lkada sovet hokimiyatining o’rnatilishi, istiqlolchilik harakati va fuqarolar urushi, milliy davlat chegaralanishi va O’zbekiston SSR ning tashkil topishi bilan bog’liq voqyealar o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |