KO’PPARTIYAVIYLIK TIZIMI - Xozirgi zamon jamiyatlarining siyosiy xayoti murakkab, ziddiyatli va serqirrali bo’lib, unda ko’p sonli ishtirokchilar, yahni siyosat subhektlari ishtirok etadi. Bu ishtirokchilar orasida eng ko’zga ko’rinarli o’rinlardan birini siyosiy partiyalar egallaydi. Bugungi rivojlangan dunyoda siyosiy partiya mavjud bo’lmagan davlat borligini tasavvur qilish mushkul, deyarli barcha davlatlarda ikki yoki ko’ppartiyaviy tizim mavjud. TSivilizatsiyaning eng muxim yutuqlaridan bo’lmish siyosiy partiyalar ijtimoiy xayotdagi demokratiya va barqarorlikni tahminlashda asosiy omillardan biri bo’lib, u ijtimoiy tashkilotlar orasida eng siyosiylashgan tashkilotdir.
O‘ZBEKISTONDAGI SIYOSIY PARTIYALAR Bugungi kunda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya mavjud. Bular: Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991- yil 1- noyabrda tashkil etilgan; Adolat sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) 1995- yil 18- fevralda tashkil topgan; Milliy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP) 1995- yil 3- iyunda tashkil topgan; «Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998- yil 28-dekabrda, Liberal demokratik partiyasi esa (LDP) 2003- yil 15-noyabrda tashkil topgan. Bundan tashqari «Xalq birligi» (1995- yil) jamoatchilik harakati faoliyat ko‘rsatmoqda. „SIYOSIY PARTIYA" TUSHUNCHASI „Siyosiy partiya" tushunchasining lug’aviy mahnosi nima, uning paydo bo’lishi va keyingi tarixi qaysi davrlarga borib taqaladi degan savol tug’ilishi tabiiy. Darxaqikat, „partiya" atamasi lotincha „‘arts" so’zidan olingan bo’lib, „qism, bo’lak" degan mahnolarni anglatadi. Siyosiy partiya deganda fuqarolarning muayyan siyosiy maqsadlar atrofida birlashgan va muayyan siyosiy tashkilotlarga uyushgan qismi, bo’lagi tushuniladi. Bu siyosiy tashkilotlarning jamiyatda tutgan o‘rni va mehnatkashlar ommasi o‘rtasidagi obro‘-e'tibori ular ishlab chiqqan va amal qilayotgan dasturlarning nechog‘lik xalq ommasi istak va intilishlarini ifoda etganligi va mazkur siyosiy partiyalarning qay darajada hokimiyatga hamda o‘zaro bir-birlari bilan muxolifatga aylanganliklariga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |