Siyosiy partiyalar odatda butun jamiyatning emas, balki jamiyatdagi muayyan bir ijtimoiy guruxning, goxida esa axoli qatlamlari katta bir qismining manfaatlarini ifoda etadilar. Buning uchun siyosiy partiyalar jamiyatdagi muayyan guruxlar manfaatlaridan kelib chiqib, xarakat qiladilar. Bu manfaatlar ular uchun ijtimoiy baza, manba bo’lib xizmat qiladi, partiyalar ushbu manfaatlarni ximoya qiladilar va ularni qondirish uchun xokimiyatga erishishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Siyosiy partiyalar xamisha xam o’z tub maqsadlarini ochiq bayon etmasliklarining sababi jamoatchilik xayrixoxligini yo’qotishni istamasliklaridadir. Chunki keng jamoatchilikning, butun jamiyatning xayrixoxligiga, qo’llab-quvvatlashiga erishish yo’llarini qidirish — siyosiy partiyaning muxim xususiyatlaridan biridir. Ayniqsa, qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalar huquqlarining aniq belgilab berilganligi hayotiy ahamiyat kasb etadi: - o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
- saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
- partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta'sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
- O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq(blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish.
SIYOSIY PARTIYANING VAZIFALARI: 1. Muayyan siyosiy maqsadni ishlab chiqishi, partiya o’z mafkurasi va dasturini yaratib, uni mahqullovchi jamoatchilik fikrini shakllantirishga xarakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |