Reja: Parallel to'g'ri chiziqlar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
4.5 fazoda2 chiziq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar va tushunchalar Parallel chiziqlar, kesishuvchi chiziqlar, uchrashmas chiziqlar, konkurent nuqtalar. Ikki togri chiziqning ozaro vaziyatlari
- 1. Parallel togri chiziqlar Ta’rif.
4.5. IKKI TO'G'RI CH IZIQNING O'ZARO JOYLASHUVI Reja: 1. Parallel to'g'ri chiziqlar 2. Kesishuvchi to'g'ri chiziqlar 3. Uchrashmas (ayqash) to'g'ri chiziqlar 4. To'g'ri burchakning proyeksiyalanish xususiyatlari 5. Chizmalarda ko'rinishlikni aniqlash Tayanch iboralar va tushunchalar Parallel chiziqlar, kesishuvchi chiziqlar, uchrashmas chiziqlar, konkurent nuqtalar. Ikki to'g'ri chiziqning o'zaro vaziyatlari Ikki to'g'ri chiziq fazoda o'zaro parallel, kesuvchi yoki ayqash vaziyatlarda bo'lishi mumkin. 1. Parallel to'g'ri chiziqlar Ta’rif. Agar ikki to’g’ri chiziq bir tekislikka tegishli bo'lib umumiy kesishuv nuqtasi bo'lmasa yokicheksiz uzoq (xosmas) nuqtada kesishsa, ular o'zaro parallel to'g'ri chiziqlar deyiladi. (35-rasm) Parallel proyeksiyalarning xossasiga asosan parallel to'g'ri chiziqlarning bir nomli proyeksiyalari ham o'zaro parallel bo'ladi, ya'ni a ||b bo'lsa, uholda a' ||b',a"||b" va a′"||b'" bo'ladi. Fazodagi umumiy vaziyatda joylashgan parallel to'g'ri chiziqlarning ikkita bir nomli proyeksiyalari o'zaro parallel bo'lsa, ularning uchinchi proyeksiyalari ham o'zaro parallel bo'ladi. 1 35-rasm Ammo to'g'ri chiziqlar biror proyeksiyalar tekisligiga parallel va ularning shu tekislikdagi proyeksiyalari berilmagan bo'lsa, u holda yuqorida keltirilgan shart bajarilmaydi. Masalan, W tekislikka parallel bo'lgan profil to'g'ri chiziq kesmalarning bir nomli gorizontal va frontal proyeksiyalari (r 1 va r 2 ) ning o'zaro parallel bo'lishi yetarli bo'lmaydi (36-rasm). Bunday hollarda to'g'ri chiziqlarning profil proyeksiyalarini yasash va ularning paralleligini tekshirish zarur. Shuningdek, bu to'g'ri chiziqlarning o'zaro vaziyatini profil proyeksiyalaridan foydalanmasdan ham aniqlash mumkin. Buning uchun: • to'g'ri chiziq kesmalarining bir nomli proyeksiyalarining nisbatlari tengligini aniqlaymiz. Kesmaning biror, masalan, D', D" nuqtasidan ixtiyoriy (o'tkir burchak ostida) parallel chiziqlar o'tkazib, D'1=A'B' va D"2=A"B" kesmalarni qo'yiladi (36- rasm). So'ngra 1 va 2 nuqtalarni С ′ va C" bilan tutashtiramiz. Agar C'1=C"2 1 R. Xorunov “ Chizma geometriya kursi” O’qituvchi nashriyoti 1997 yil 29-bet bo'lsa bu to'g'ri chiziqlar o'zaro parallel bo'ladi. Aks holda bu to'g'ri chiziqlar uchrashmas to'g'ri chiziqlar ekanligini isbotlanadi; • to'g'ri chiziq kesmalarining bir nomli nuqtalarini o'zaro kesishadigan qilib to'g'ri chiziqlar bilan tutashtiramiz (37- rasm). Agar chiziqlarning kesishish nuqtasining E' va E" proyeksiyalari bir bog'lovchi chiziqda bo'lsa, u holda AB va CD to'g'ri chiziqlar bir tekislikka tegishli va o'zaro parallel bo'ladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling