Reja; Partiyakarning tashkil toppish tarixi. O’zbekistonda nma uchun ko’ppartiyaviylik tizimi joriy etilgan? Partiyalarning maqsad va vazifalari. Siyosiy partiyalar


O‘zbekiston ekologik partiyasi partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat


Download 106.75 Kb.
bet5/5
Sana10.11.2023
Hajmi106.75 Kb.
#1765245
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja

O‘zbekiston ekologik partiyasi partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston ekologik partiyasi fraktsiyasi fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga intiladi.



  • siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;
    siyosiy partiyaning maqsadi – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi;
    - har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi

Siyosiy partiyalar huquqiy maqomi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida siyosiy partiyalarning maqomini, ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi roli va o’rnini belgilab beruvchi quyidagi eng muhim me’yorlarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqi
- fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi
- demokratik prinsiplar asosida siyosiy partiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritish kafolati
- siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab qo’yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi
- partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi
- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish-irodasini shakllantirishda ko’maklashadi.
Ko’pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O’zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi.
Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash;
- turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasida vositachilik qilish;
- o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan:
- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
- qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
- partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
- O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish
Partiya o’z nizomi asosidagi faoliyatida ushbu huquqlardan foydalanish jarayonida quyidagi ijtimoiy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi:
- fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, ularda mas’uliyatli fuqarolik axloqini shakllantirishga ko’maklashadi;
- partiya o’zining tadbirlari, ijtimoiy loyihalari orqali (xususan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda), shuningdek, yuqori bilim va saviyaga ega bo’lgan fuqarolarni partiya ishiga jalb qilish orqali fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishiga ko’maklashadi;
- partiya doimiy elektoratini o’ylantirayotgan dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni aniqlash, ularni samarali hal qilishga yo’naltirilgan loyiha va dasturlarni ishlab chiqish hamda saylab qo’yiladigan hokimiyat organlarida o’zining vakilligi orqali ularni ilgari suradi.
Partiyalarning fuqarolarni ijtimoiylashtirish borasidagi faoliyati ularning pirovard maqsadlari va ularga vakolat bergan ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan bog’liq. Hukmron partiyalar ular himoya qilayotgan qadriyatlarning ijobiy qabul qilinishini, ular tutayotgan yo’lning keng ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan ijtimoiylashuvni amalga oshirishga intiladilar.
Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya qilish vakolati juda muhimdir. Ushbu funksiyaning mazmunini mazkur manfaatlarni ifodalashning siyosiy vositalarini ta’minlash, ularni maqsadlar va ideallar shaklida bayon qilish hamda siyosatning boshqa subyektlari bilan o’zaro ta’sir jarayonida himoya qilish tashkil etadi. Manfaatlarni ifoda etish vakolati funksiyasi turli qatlamlar va guruhlarning o’ziga xos manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida ijtimoiy birliklarning umumiy manfaatlarini jamlash yo’li bilan hamda davlat organlarini egallash va ular ustidan nazorat o’rnatish yoki siyosiy qarorlar qabul qilish va amalda hukmronlik qilish jarayonida ushbu organlarga tazyiq o’tkazishning turli shakllari vositasida amalga oshiriladi.
Partiya saflarining birligi va hamjihatligini ta’minlash, partiya a’zolari va tarafdorlarini o’zaro yaqinlashtiruvchi qadriyatlar va me’yorlarni ishlab chiqish, rahbarlikni amalga oshirish va partiya faoliyatini boshqarishga qaratilgan partiya ichki faoliyati juda muhimdir.


Download 106.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling