Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya


Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim


Download 98 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1539623
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1544080755 73116

Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.

  1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.

  2. Suhbat boshida bola qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.

  3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.

  4. Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.

Suhbat metodining ijobiy tomoni – bola bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Bolalar yozgan inshoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida xulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab bolaning individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to‘plash mumkin.
Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega.
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o‘z-o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga yengil kirisha olishi o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtirilgan o‘lchov o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Yosh va pedagogik psixologiyada test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini, guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 – bosqichda testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi: topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo‘riqnoma tuziladi va testni o‘tkazishning boshqa masalalari ko‘rib chiqiladi. 2 – bosqichda normalar aniqlanadi, ya’ni test natijalarini baholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi.
Testning ishonchliligi – shu test qaytа o‘tkazilganda (aynan shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir-biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni baholashning asosiy ko‘rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling