Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya
Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad uchun qo‘llanaladi. Qo‘llanilish sohasiga qarab
Download 98 Kb.
|
1544080755 73116
- Bu sahifa navigatsiya:
- Proyektiv metodlar.
Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad uchun qo‘llanaladi. Qo‘llanilish sohasiga qarab:
Intellekt testlari. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlar farqlandi. Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika qilish uchun ko‘pincha amerikalik psiholog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilarda muayyan hislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va sheriklarida bo‘lishini xohlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zaro ta’sirni prognoz qilishi mumkin. Shunday qilib, testlar – bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida kashf qilingan bo‘lib, ular 20 – 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natijada maxsus soha – psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llashning qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin. Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi. Proyektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan ranglarda beriladi. Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Rorshax testining yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varanti YE.T. Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqotni diagnostika qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo‘shimcha metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, psixologik tadqiqotlarda ko‘pincha rasmli assotsiatsiyalar metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod birinchi bo‘lib 1945 yilda S.Rozensveyg tomonidan taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxslar esa hali javob qaytarib ulgurmagan. Tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish so‘raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs yo‘nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muhim faktlar to‘planadi. Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling