Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya


Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz


Download 98 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1539623
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1544080755 73116

Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:

  1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman bolani emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.

  2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.

  3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.

4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish bolalar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, bola kuzatilayotganini sezmasin.

  1. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.

  2. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, harakat, bolalar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.

  3. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling