Reja: Pedagogik psixologiya predmeti, vazifalari, muammolari Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari Pedagogik psixologiya


Rozensveyg testi subyekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash imkonini beradi


Download 98 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi98 Kb.
#1539623
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1544080755 73116

Rozensveyg testi subyekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash imkonini beradi :

  1. Agressiya insonning o‘ziga qaratilgan.

  2. Agressiya atrofga qaratilgan.

  3. Subyekt vaziyatni hal qilishdan qochadi yoki uni bezaydi.

Pedagogik amaliyotda ko‘pincha I. Shvansara tomonidan ishlab chiqilgan, o‘smirlik va o‘spirinlik davri uchun mo‘ljallangan test variantidan foydalaniladi.
Proyektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqlari, bola, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan,

  • mening har safar kayfiyatim buziladi, agar...

  • men uchun eng muhim muammo, bu - ...

  • do‘st – bu ...

  • mening otam ba’zida ...

  • men shunga intilamanki ...

Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lishni talab qiladi.
Cotsiometriya metodi. Cotsiometriya metodi birinchi bo‘lib amerikalik psiholog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‘rsatkich bo‘yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Cotsiometriya metodini operativ tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi lozim.
Cotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o‘zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat yuzasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‘rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo‘lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.Cotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Masalan, “xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?” degan savol bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. “Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?” – kuchsiz ko‘rsatkich, chunki u chuqur bo‘lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz ko‘rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash. Tanlashlar soni cheksiz bo‘lishi mumkin, biroq amaliyotning ko‘rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishi tanlash yetarli. Bunda sinaluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs bilan imkon bo‘lmasa 2 – navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash imkoni bo‘lmasa, 3 – navbatda kimni tanlashi haqida so‘raladi.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir.

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling