Pirimqul Qodirov adabiyotshunos
Reja
Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi
Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlari
Ijodkorning badialari va hissiy idrok
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi adabiyotshunoslik har bir tadqiqotchidan o‘tkir zehn, sinchkovlik, ayniqsa, yuzaga chiqayotgan ilmiy kashfiyot va yangiliklardan xabardor bo‘lishni, umuman, keng qamrovli ish olib borishni talab etadi. Bu esa milliy adabiyotimizning boy ma’naviy xazinasini chuqur o‘rganishimiz, uni anglashimiz uchun xizmat qiladi. Muhtaram Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganlaridek, “Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi”1. Shuning barobarida, ilmiy, ijodiy izlanishlarning samarasi o‘laroq kashf etilgan har bir yangi fikr, tadqiqotchilarning adabiy masalalar yuzasidan berayotgan yangicha xulosalari adabiyotshunoslik bazasining to‘ldirilib, mukammallashtirilib borilishiga turtki bo‘ladi.
O‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchi Pirimqul Qodirovning hayoti va ayniqsa uning ijodini tahlilu tadqiq etish murakkab va muommolidir. Chunki Pirimqul Qodirovning faoliyati nafaqat badiiy ijod bilan balki adabiyotshunoslik ilmi bilan ham bilan bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan olim va ijodkor Pirimqul Qodirovning o‘zbek adabiyotshunosligida adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etish magistrlik dissertatsiyamizning dolzarbligini belgilaydi.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari. Mazkur dissertatsiyada adib va olim Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etishni maqsad qilib, maqsadga erishish uchun qo‘yidagi vazifalarni belgilab oldik:
- o‘zbek nasrida yozuvchi va ijodkor Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodini o‘rganish.
adib ijodida tarixiylik va badiiy haqiqatni tadqiq etish.
Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tahlil qilish.
olimning badiiy asar tiliga oid asarlarini o‘rganish.
“Til va dil”, “ Xalq tili va realistik proza”asarlari va badiiy til badiiyati.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida Pirimqul Qodirovning faoliyatini tadqiq etish.
olimning “Til va el”asarining nazariy xususiyatlarini o‘rganish.
olim taqiqotlaridagi ayniqsa uning “Til va el”ilmiy badiasidagi mumtoz adabiy til muommolarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |