Reja: pisa dasturi va vazifalari


bizning ta'lim standartiga to‘g‘ri kelmasligi haqida bo‘ladi


Download 124.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi124.11 Kb.
#1590108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
M ISH PISA tadqiqotda

bizning ta'lim standartiga to‘g‘ri kelmasligi haqida bo‘ladi. 
O‘qituvchilar «Dasturga tayyorgarlik ko‘rish uchun bizga soat kerak, biz 
qaysi paytda tayyorgarlik ko‘ramiz? Bundan tashqari, o‘quv dasturimizda 
bu kabi yondashuv yo‘q, biz qanaqa qilib o‘quvchilarni tayyorlaymiz?» – 
deya murojaat qilishmoqda. 
Biz imkon qadar PISA haqida tushuntirish berishga va dastur faqat 
o‘zimizni sinab ko‘rishimiz va xalqaro miqyosda obro‘yimizni oshirish 
uchun yaxshi imkon ekanini tushuntiramiz.O‘qituvchilarning ham 
topshiriqlari va yuklamasi oz emas, shuning uchun o‘qituvchilarga PISA 
dasturi 
bilan 
darsdan 
tashqari 
qo‘shimcha 
mashg‘ulotlarda 
shug‘ullanishni tavsiya qilyapmiz. Shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi 
tomonidan tashkil qilinayotgan malaka oshirish kurslarida ham 
o‘qituvchilarga dastur haqida ma'lumot berilyapti. 
PISA dasturida 12 mingdan ko‘proq 15 yoshli o‘quvchi ishtirok etadi 
– PISA dasturi imtihoni uchun turlicha imkoniyatga ega 
maktablardan teng ravishda tasodifiy saralash orqali ishtirokchilar tanlab 
olinadi. Va mana shu o‘quvchilar butun mamlakat vakili sifatida ishtirok 
etishadi. 


Tilovova Baxtigul 100-22-guruh 
2021 yilda O‘zbekistondan taxminan 300ga yaqin maktab va taxminan 12 
mingdan ortiq o‘quvchi sinovda ishtirok etadi. 
O‘zbekiston kompyuter yordamida sinov testini bajarish usulini 
tanladi 
– PISA sinovi 2 xil usulda: kompyuter yordamida va qog‘oz usulida 
test topshirig‘ini bajarishadi. Lekin respublika bo‘yicha hali infrastruktura 
va kompyuter ta'minoti bilan bog‘liq muammolarimiz ham yo‘q emas. 
Bizda hammasi tayyor, hamma maktablarimizda kompterlar yetarli desak, 
xato bo‘ladi. Yaqin oradagi o‘rganishlarimiz natijasida hali ko‘plab 
maktablarimizda kompyuterlar yo‘qligi yoki zamonaviy talablarga javob 
bermasligiga guvoh bo‘ldik. 

Download 124.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling