Reja: pisa dasturi va vazifalari


hayotiy vaziyatlarda qay darajada ishlata olishi tekshiriladi


Download 124.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi124.11 Kb.
#1590108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
M ISH PISA tadqiqotda

hayotiy vaziyatlarda qay darajada ishlata olishi tekshiriladi. Bundan 
tashqari, 2021 yilgi dasturda kreativ fikrlash ko‘nikmasi ham alohida 
yo‘nalish sifatida baholanadi. 
PISA unga qatnashayotgan davlatlarga nimani isbotladi? 
– PISA dasturida ilk marta qatnashguncha Germaniya o‘z ta'lim 
tizimini ilg‘or va kamchiligi yo‘q, deya baholab kelgan. Biroq bu davlat 
uchun natija kutilganday bo‘lmagandan so‘ng xatolar tahlil qilina 
boshlangan. O‘shanda Germaniya ta'lim tizimining nisbatan 
yopiqligi, tajriba almashish dasturlariga yetarli e'tibor qaratilmayotgani 
ma'lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Germaniyada ta'lim bilan bog‘liq butun 
tizim qaytadan ko‘rib chiqilgan va alohida «PISA-shock» nomli dastur 
ishlab chiqilgan. Oradan 9 yil o‘tgandan so‘nggina Germaniya PISA 
reytingida yuqorilay boshlaydi. Bugun ta'lim tizimi dunyo bo‘yicha eng 
oldingi ko‘rsatkichlarni band qiladigan Finlandiyaning ham dastavval 
PISA`da natijalari juda yaxshi chiqmagan. Shundan so‘ng Finlandiya 
faqat ko‘rsatkichi yuqori maktablarga va o‘quvchilariga emas, balki 
markazdan uzoqda joylashgan ta'lim muassasalariga ham alohida e'tibor 
berishni boshlagan. 
Yaponiya esa 2006 yilda PISA dasturida birinchi marta 
qatnashganida ta'lim tizimida O‘zbekistonnikiga o‘xshash tarzda 


Tilovova Baxtigul 100-22-guruh 
bolalardan, asosan, o‘quv dasturida berilgan ma'lumotni yaxshi 
o‘zlashtirishga ko‘p e'tibor qaratayotgani ma'lum bo‘lgan. O‘shanda 
Yaponiya o‘quvchilari fikrlashga va o‘ylashga majbur qiladigan 
savollarga javob topishda qiynalayotgani kuzatilgan. Va mana shu 
kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilingan. 
O‘zbekistonning PISA dasturidagi ishtiroki uchun budjet va 
xalqaro tashkilotlardan mablag‘ ajratilmoqda 
– O‘zbekiston PISAda birinchi marta ishtirok etayotgani uchun ham 
davlat budjetidan, ham xalqaro moliyalashtirish institutlaridan mablag‘ 
ajratilishi ko‘zda tutilgan. 
Masalan, davlat budjetidan alohida markaz tashkil etilgan bo‘lib, unda 
ishlayotgan xodimlar va boshqa xarajatlar davlat tomonidan 
moliyalashtiriladi. Bu yiliga taxminan 3 milliard so‘mni tashkil qiladi. 
Aslida ham, PISA sinovida ishtirok etish – yirik moliyaviy xarajat talab 
qiladigan narsa. Uning bitta davriyligida qatnashish uchun 654 ming 
yevro to‘lash talab etiladi. 
Bundan tashqari, tajriba o‘rganish, treninglarda ishtirok etish va 
ularni tashkil qilish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish kabi tayyorgarlik ishlari 
ham talab etiladi. Bu taraflama yordam berish uchun Jahon banki 
tomonidan «Erta bolalikdagi rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» nomli 
yangi loyiha qabul qilindi. Asosiy koordinatori Maktabgacha ta'lim 
vazirligi bo‘lgan mazkur loyihada PISA dasturida ishtirok etish uchun 
ham mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. PISA dasturi biz uchun butunlay 
yangilik bo‘lgani uchun, targ‘ibot va tayyorgarlik ishlari ham oson 
bo‘lmayapti. Ayni paytda respublika bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilar soni 


Tilovova Baxtigul 100-22-guruh 
taxminan 600 ming nafarni tashkil etadi. Dastur bo‘yicha o‘qituvchilarda 
ham savollar ko‘p: nega biz unda ishtirok etishimiz kerak, bizga dastur 
nima beradi, ta'lim tizimimizda o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ladimi va 
hokazo. Ularga turli seminarlar va turli maxsus to‘plamlar orqali javob 
berishga harakat qilib kelyapmiz. 
Eng ko‘p duch kelayotgan savollarimizdan biri PISA dasturi 

Download 124.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling