Reja: pisa dasturi va vazifalari
«Faqat xotirani sinash usulidan voz kechishimiz kerak»
Download 124.11 Kb. Pdf ko'rish
|
M ISH PISA tadqiqotda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biroq ayni paytda O‘zbekistonda bu vazifani bajaradigan mutaxassislar – testologlar yo‘q.
«Faqat xotirani sinash usulidan voz kechishimiz kerak»
– O‘zbekiston ta'lim tizimi ko‘p yillar davomida bolalar xotirasini sinashga urg‘u berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan bilimning amaliyotda qay darajada qo‘llay olinishini tekshiradi. Bu – muammo bo‘lishi mumkin. Biroq biz ko‘p yillar davomida yodlashga o‘rganib kelgan bolalarga: «Bugundan yodlashdan to‘xtanglar, endi ijodiy fikrlashingiz kerak yoki bilimingizni hayotiy vaziyatda sinashingiz kerak», deb birdaniga ayta olmaymiz. Biroq bu kabi o‘zgarishlarga bosqichma-bosqich o‘tib borishimiz zarur.Masalan, xuddi shu masalada Singapur davlatida «Agar biz bolalarimizga yodlashni o‘rgatsak, ular xuddi biz o‘rgangan narsani o‘rganadi, agar fikrlashni o‘rgatsak, ko‘proq narsa o‘rganishadi», degan qarash bor. Ayni paytda O‘zbekistonda o‘quvchining kompetensiyasini baholaydigan tizim shakllanib bo‘lgani yo‘q. Real vaziyatda testlar ham o‘quv dasturidagi mavjud ma'lumotdan foydalanib tuzishga asoslangan. Tilovova Baxtigul 100-22-guruh Lekin endi bundan asta-sekinlik bilan voz kechishimiz kerak. Xotirani emas, ularning haqiqiy bilimini sinovdan o‘tkazish usulini topishimiz kerak. «Milliy baza yaratadigan mutaxassislar yo‘q» – PISA dasturining ochiq ma'lumotlar bazasida foydalanish mumkin bo‘lgan savollar mavjud. Ularni tayyorgarlik jarayonida o‘zbek tiliga chop etib foydalanib kelyapmiz.Biroq bu bazadagi savollar ham cheklanmagan emas. O‘quvchining mantiqiy va ijodiy ko‘nikmasini baholaydigan milliy testlar bazasini tuzish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Biroq ayni paytda O‘zbekistonda bu vazifani bajaradigan mutaxassislar – testologlar yo‘q. Testologiya bo‘yicha mutaxassis ham tayyorlanmaydi. Biroq turli seminar va davra suhbatlari o‘tkazish jarayonida savollar tuzishga qiziqadigan va PISA dasturi savollarini tuzishda bazaviy ma'lumotlarni biladigan o‘qituvchilar mavjud. Ular bilan birgalikda ishlab kelmoqdamiz. Biroq agar biz PISA dasturida doimiy ishtirok etishni va yaxshi natijaga erishishni xohlasak, keng qamrovli islohot qilishimiz zarur. Testologlar tayyorlaydigan alohida tizim ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Download 124.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling