Reja: Po‘latlarni azotlash. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish O`ta sovutilgan austenitning parchalanishi. Azotlash


Download 251.02 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi251.02 Kb.
#1593115
1   2   3
Bog'liq
21 Tashmatov Xurshid Ismatullaevich

Birinchisi palatalarning teng vakolatli bo`lishi holatidir. Bunga Italiya parlamentini misol qilib keltirish mumkin. Parlamentning bu ko`rinishini ko`pchilik g`arb olimlari “ratsionnallashtirilgan”, “hamkor palatali” parlament deb ataydilar. Bunda har ikki palatala teng muddatga saylanib, qonun xujjatlarini ko`rib chiqishda teng sonli qo`shma komissiyalar tuzadilar.
Ikkinchi ko`rinish “teng ta’sirli palatalar” shaklida bo`lib, palatalar orasidagi murosasiz raqobat bilan xarakterlanadi. Bunga Frantsiya parlamentini misol qilib keltirish mumkin. bunday holatda palatalar vakolat muddatlari bir biridan farq qilishdan tashqari quyi palataga hukumatni iste’foga chiqarish vakolati berilgan bo`ladi. Ayni vaqtda, mamlakat prezidentiga quyi palatani tarqatib yuborish vakolati beriladi. YUqori palata esa quyi palata qabul qilgan qonunlarni qayta ko`rib chiqishi, ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish huquqiga ega bo`ladi. Bunda har ikki palata ham qonun qabul qilish jarayoniga bir hilda ta’sir o`tkaza oladi.
Uchinchi ko`rinishdagi “ustuvor palata shakli” Buyuk Britaniya, YAponiya va boshqa bir qator federal tuzilishdagi davlatlarda uchraydi. Bunda umumxalq yo`li bilan saylangan quyi palata qonunchilik faoliyatida bir qator ustuvorlikka ega bo`ladi. Ba’zan yuqori palata faqat ramziy ahamiyat kasb etsa, ba’zi holatlarda uning vakolatlari qonun bilan cheklangan bo`ladi.
Jahonning ayrim mamlakatlarida yuqori palata hududlar manfaatlariga doir qonunlarni qabul qilishda ustuvorlik kasb etsa, quyi palata umummilliy darajadagi qonunlar qabul qilishda ustunlikka ega bo`ladi. Agar bu sohadagi O`zbekiston amaliyotiga qaytadigan bo`lsak, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida (2002 yilning 4 aprel) mamlakatda davlat qurilishini erkinlashtirish sari muhim qadam qo`yilganligini e’tirof etish zarur. Unda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etilishining asosiy printsiplari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi. Bu qonun mamlakat tarixiga «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» g`oyasining amaldagi ifodasini ta’minlab beruvchi huquqiy asos sifatida kirdi1. CHunki jamiyatni kuchli bo`lishini ta’minlovchi omillardan biri jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalar va mintaqalardagi fuqarolar manfaatlarini qonun chiqaruvchi hokimiyatda qanchalik ko`proq ifodalanishini nazarda tutsak, ikki palatali parlamentning ahamiyati yanada yaqqolroq ko`zga tashlanadi.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni ta’minlashga qaratilgan mazkur Konstitutsiyaviy qonunda kelajakda tashkil etilishi ko`zda tutilayotgan ikki palatali parlamentning strukturasi, tarkibi, har bir palataning o`rni va funktsiyalari, Qonunchilik palatasi va Senat deputatlari maqomlari, ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning huquqiy asoslari, umuman, parlamentning qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida tutgan o`rnining konstitutsiyaviy asoslari mujassamlashdi. Eng muhimi, qonun mamlakatda demokratik tamoyillarning qaror topishini ta’minlash qobiliyatiga ega huquqiy me’yorlardan iborat edi.
Ushbu Konstitutsiyaviy qonun mamlakatda haqiqiy demokratik ko`ppartiyaviylikni ta’minlash maqsadlarida siyosiy partiyalarning hokimiyatni shakllantirishdagi o`rnini keskin oshirishga, qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlari taqsimlanishini o`z nihoyasiga etkazish, ularning o`zaro mustaqil bo`lishlarini ta’minlashga, mamlakat mintaqalari fuqarolarini ham qonun chiqaruvchilik faoliyatida ishtirok etishlarini ta’minlashga huquqiy zamin yaratish, mahalliy xalq deputatlarining davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etishlariga zamin tayyorlash, parlamentning tomonidan qonunlarning puxta, xalqchil va demokratik qadriyatlarga asoslangan bo`lishi uchun uning ichida o`zaro siyosiy muvozanatda turuvchi palatalarni shakllantirishga, kelajakda qonun chiqaruvchi hokimiyat o`zboshimchaligi ro`y bermasligi oldini olish uchun parlament vakolatlarini har ikkala palata o`rtasida taqsimlashga, parlamentda yanada ko`proq ijtimoiy tabaqalar va mintaqalar manfaatlarining ifodalanishini ta’minlashga, har uchala hokimiyatning bir-birini «jilovlab turish» printsipini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yaratishga, parlamentning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga
xos faoliyat bilan shug`ullanishini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.


Download 251.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling