Reja: Po‘latlarni azotlash. O`zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentni shakllantirish O`ta sovutilgan austenitning parchalanishi. Azotlash


Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish


Download 251.02 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi251.02 Kb.
#1593115
1   2   3
Bog'liq
21 Tashmatov Xurshid Ismatullaevich

Konstitutsiyaviy Qonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish
Konstitutsiyaviy Ќonunni jamiyat va davlat qurilishiga joriy etish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalarini o`zgartirishni, ularga ayrim qo`shimchalar kiritishni taqozo etadi. O`tish davrining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, qisqa vaqt davomida orttirilgan tajriba asosida birdaniga ikki palatali parlamentni shakllantirish ancha murakkab holatlarda kechadi. CHunki uzoq yillar
parlamentchilik tajribasiga ega bo`lmagan deputatlar va fuqarolarning yangi parlamentni tashkil etish va uning faoliyatida bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun ma’lum darajada siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish talab etiladi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002 yil 12 dekabr) «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida» va «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy huquqiy asoslarini yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi “Qonunchilik palatasi” deb nomlandi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi.
Mazkur qonunga asosan Qonunchilik palatasining vakolat muddati besh yilga belgilandi. SHuningdek, saylov tsenzi ham demokratik davlat mezonlari asosida amalga oshirildi. YA’ni, yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati bo`lishi mumkin.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasida parlamentga saylanishda yosh va o`troqlik tsenzidan tashqari boshqa tsenzlarning o`rnatilmaganligi mamlakatimiz saylov huquqining ancha demokratik tabitga ega ekanligini ko`rsatadi. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda muqaddam sudlangan kishilar garchi ularning sudlanganligi olib tashlangan bo`lsa-da, deputatlikka nomzod sifatida ko`rsatilishi mumkin emas. Bu bir tomonidan, to`g`ridek ko`rinadi. CHunki jinoiy o`tmishga ega bo`lgan kishilarning qonunchilik organidan joy olishi biroz shubhali tuyuladi. Ammo sudlanganligi olib tashlangan kishilarni ham saylanish huquqidan maxrum qilish shu davlatning jazoni o`tash tizimiga ishonchsizlikni ko`rsatadi.
SHuningdek, ayrim mamlakatlarda davlat tilini bilish ham deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan eng asosiy talablardan biridir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasida yuqorida sanalgan tsenzlarning o`rnatilmaganligi, parlament tarkibiga turli millat vakillarining, turli qarashdagi insonlarning kira olishi imkoniyatini kengaytiradi.
Qonunchilik palatasining vakolatlari ham fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etgan etuk xorijiy davlatlar tajribasi asosida belgilandi. SHuningdek, milliy an’analar, mamlakatdagi parlamentchilik tajribalari ham hisobga olindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, O`zbekiston Respublikasi qonunlarni qabul qilish, ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish, O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish, O`zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash, O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish, O`zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish, chegaralarni o`zgartirish, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish; O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari nomzodlarini ko`rib chiqish va tasdiqlash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e’lon qilish to`g`risidagi farmonini tasdiqlash; O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya va denonsatsiya qilish to`g`risida qaror qabul qilish va boshqalar Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlari sifatida belgilandi.
Parlamentning har ikki palatasiga yuqorida ko`rsatilgan vakolatlarning berilishi jahon parlamentarizmi tajribalariga asoslandi. AQSH, Јarbiy Evropa, YAponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston kabi mamlakatlardagi ikki palatali parlamentlar vakolatlari va ularni hayotda amal qilishi atroflicha o`rganildi. SHuningdek, milliy tajriba va milliy meros qadriyatlari ham e’tiborga olindi. Umuman, Konstitutsiyaviy Qonunlarda berilgan mazkur vakolatlar O`zbekistonda hokimiyatlar taqsimlanishini amalda ro`y berishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishi shubhasizdir.
Lekin shu bilan birga Qonunchilik palatasi va Senatning ayrim mutlaq vakolatlari alohida moddalarda ifodalandi. Masalan, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish, Reglamentni hamda o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan boshqa qarorlarni qabul qilish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati
masalalari yuzasidan Qonunchilik palatasining qarorlarini qabul qilish kabi masalalar Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilandi.
Albatta, quyi palataning mutlaq vakolatlarini Senatning mutlaq vakolatlariga nisbatan kamroq berilishi dastlabki yillarda uncha e’tibor berilmagan mintaqaviy manfaatlarni ifodalash va ularga e’tibor berishni yuqori darajaga ko`tarish, siyosiy partiyalar va fuqarolar tashabbuskor guruhlari nomzodlari asosida shakllanadigan kuchli umummilliy quyi alataga nisbatan yuqori palataning muvozanatini saqlashga intilishdir. Shu bilan birga, hozirgi o`tish davridagi jamiyat va davlat ichki va o`zaro
munosabatlarining holati ham mazkur vakolatlar taqsimotiga o`z ta’sirini ko`rsatishi ham tabiiy bir holdir.
Ko`rinib turibdiki, parlamentning quyi palatasiga doir qonunchilik ilg`or va etuk mamlakatlar tajribasi, parlamentarizm an’analari, shuningdek, milliy tajribada to`plangan mezonlarni e’tiborga olish asosida shakllandi.
Mazkur palataning vakolatlaridan shu narsa ayonki, Qonunchilik palatasi umumilliy manfaatlar va irodalarni ifodalovchi palata sifatida shakllanadi. Quyi palata vakolatlari bilan Senat vakolatlarini hozirgi o`tish davridagi shart-sharoitlarni hisobga olgan holda muvozanatlashtirish natijasida har ikkala palata o`rtasidagi siyosiy tenglikni barqarorlashtirish, davlat hayotiga mansub masalalarni og`ir va vazminlik bilan bartaraf etish g`oyasi yotibdi.
SHuningdek, parlament palatalari o`rtasidagi muvozanatni saqlash, har ikki palata manfaatlarini kelishtirish, parlamentning yagona milliy davlat organi sifatidagi funktsiyasini barqaror bajarishi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ikki palataning kelishuv komissiyasi tuzish va uning faoliyati haqida qonunning maxsus moddalari qabul qilindi. Ularga muvofiq, Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun har ikkala palata a’zolaridan teng sonli vakillardan iborat kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. SHu bilan birga, ilg`or xorijiy tajribalardan kelib chiqib, Senatga ijro hokimiyati vakolatlarining bir qismini berish, shuningdek, uning ijro hokimiyatini shakllantirishdagi o`rnini kuchaytirish mamlakat siyosiy tizimida nafaqat hokimiyatlar taqsimlanishini kafolatlaydi, balki har uch hokimiyatning bir-birlaridan mustaqil bo`lishlari uchun huquqiy asoslar yaratadi. Ayniqsa, Senatga ijro hokimiyati va sud hokimiyati tizimlari rahbarlarini shakllantirishga doir berilgan vakolatlar uning yuqori palata sifatida xalqaro mezonlar talablari asosida o`z vakolatlarini bajara olish qobiliyatiga ega bo`lishini ta’minlaydi.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini saylash, Oliy xo`jalik sudini saylash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisi va uning o`rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o`rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan Senat qarorlarini qabul qilish Senatning mutlaq vakolatlari sifatida belgilandi.
Download 251.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling