Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati
Va bu matla’ni ham mulloga nisbat beradilar
Download 36.78 Kb.
|
Xoja
Va bu matla’ni ham mulloga nisbat beradilar:
Har zamon garde zi ko’yi do’st sar bar mekunad, To kadom aftoda on jo xok bar sar mekunad». Nazarimizda, Hasanxoja Nisoriy bu rivoyatni qandaydir manbadan olgan. Og’zaki rivoyat bo‘lishi ham mumkin. Agar Majlisiy devoni yoki she’rlari qo‘lida bo‘lganda baytni «Mulloga nisbat beradilar», deb taxmin qilmas edi. Shuningdek, oradan qancha vaqt o’tkaniga qaramay, Nisoriyning «Qissai Sayfulmuluk»dan bexabarligi ham diqqatni jalb qiladi. Ammo, Nisoriyning Majlisiy she’riyatiga yuksak baho berganini, uni sifatlash, tazod, iyhom, tashbeh va istioralar bilan (tavsani tab’ash dar qofiyai tang chun maydoni vase’ taku po’y menamuda, go’i suxanro ba chavgoni balog’at merabuda) uning tulpori (oti) qofiyaning tor yo‘lagida (qofiyaning shoir imkoniyatini cheklashi) xuddi keng maydondagidek tez chopardi (osonlik bilan she’r aytish). Ash’ori xub va guftori marg’ub… qasoidash (qasidalari) latif va g‘arrost) maqtashi shoir devonini ko‘rgan, degan xulosaga ham olib keladi. Har holda bularni aniqlash kelajakning ishi. Bu mulohazalardan maqsad shuki, biz ham Majlisiy lirik ijodi haqida hozircha durustroq fikr yuritish imkoniyatiga ega emasligimizni bildirmoqchimiz. Majlisiyning lirikasidan Hasanxoja Nisoriy tazkirasida keltirilgan ikki baytning birinchisi qasidadan, ikkinchisi g’azalidan olingan matla’lardir. Qasida matlaining tarjimasi quyidagicha: Soqiyo, turgil, nasimdan bog’ bezandi, bizni kut, Sof kumushdan dasta qil jominggayu, bizlarga tut. Bayt qasidaning matlai ekanligi uning lirik kirish, asosiy maqsadga (mamduh ta’rifiga) o’tishdan oldin beriladigan nasib (manzara, fasl, tuyg’ular yoki biron marosim tasviri) ga o‘xshashligidan ma’lum. Shoir soqiyga murojaat qilib, shabada esa boshladi, u mashshota (kelinlarni bezatuvchi) kabi bog’ni bezovchidir. Sen may bazmiga hozirlik ko’ru jomga kumushdan dasta qilib, (oppoq kumushdek, nozik qo’ling bilan) bizga tut, demoqchi bo’ladi. Bayt iltifot (soqiyo), istiora (mashshotai bog’, soidi sim), o’xshatish (mashshotai bog’ ast nasim), iyhom (dastai oyini jom), tajnis (nasim, sim), tashxis (mashshota-nasim) san’atlari bilan bezangan. G’azaldan olingan ikkinchi bayt tarjimasi:
Baytda do’st, matlub ko’chasidan chang bosh ko’tarmoqda, unda biron bechora boshini erga urmoqdamikin, degan go’zal ma’no ifodalangan. Baytning shakli ham Bobur tili bilan aytganda hamvor, ya’ni bezakli. Unda o’xshatish, tardu aks, ta’dil, tashxis, tazod san’atlari mavjud. Jumladan, baytning o’zi o’xshatish asosida yaratilgan bo’lsa, «sar bar-bar sari» tardu aks, ma’nosi bir biriga yaqin «gard va xok» so’zlari ta’dil, chang-gardning bosh ko’tarishi (sar bar) tashxis, «mekunad-mekunad» tajnis va iyhom,» do‘st-aftoda» tazod san’ati namunalaridir. Keltirilgan shu ikki baytning to’la bo’lmagan tahlilidan ham Majlisiyning ancha mahoratli shoir bo’lgani bilinadi. Uning «Qissai Sayfulmuluk» dostoni ham ana shunday mahorat bilan yozilgan asardir. Masnaviy janrida (qofiyalanishi a-a, b-b, v-v va hokazo) yozilgan bu asarning bir necha qo’lyozma nusxalari bizgacha etib kelgan. Ular baytlar soni jihatidan bir-biridan farq qiladi. Shulardan ikkitasi Toshkentda – O’zbekiston Fanlar akademiyasi Aburayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar bo‘limida, qolganlari Qozon, Sankt- Peterburg va boshqa joylardadir. «Qissai Sayfulmuluk» dostoni dastlab 1883, keyin 1898-yili Qozonda nashr qilingan. Bu nashr 4000 misraga yaqin hajimdan iborat. 1959-yili Toshkentda alohida kitobcha sifatida ancha qisqartirib chiqarildi. Asardan parchalar o’zbek adabiyoti tarixidan tuzilgan hamma xrestomatiyalarga kiritilgan. Uni o’rganish va tahlil etishda N.M. Mallaev, A. Ibrohimov, B. Valixo‘jaev va B.Mamedovlarning xizmatlari katta (adabiyotlarga qarang). Doston aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun) vaznida yozilgan. Bu vazn Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiylar Xamsalarining Xusrav, Farhod va Shirin tarixiga bag’ishlangan ikkinchi dostonlari hamda «Gul va Navro’z» vaznidir. «Qissai Sayfulmuluk» dostonining syujeti sharq xalqlaridagi qadimiy syujetlardan biri. Uning aniq aytish mumkin bo’lgan qadimiy namunasi «Ming bir kecha»dagi Shahrizod hikoyalaridan biridir. Ammo, asarning rivoyat sifatidagi manbai undan ham qadimroqqa borib taqalishi mumkin. Har holda unda islomdan avvalgi davrlarga xos bo’lgan xususiyatlar bo’rtib turadi. Aftidan bu syujetning asl manbai islom ta’limoti o’rnatilgandan keyin arab qissago’ylari tomonidan qayta ishlangan va keyin «Ming bir kechaga kiritilgan. Uning forsiy tildagi nusxalari ham qadimiy. Jumladan, «Jome’ ul-hikoyot»dagi nusxasi o’zak syujet jihatidan boshqa namunalariga o’xshash bo’lsa ham, janr va vazn jihatidan xilma-xil qo’shimcha rivoyatlar, she’riy namunalar keltirilganligi bilan farq qiladi. Shu sababli uni biron bir dostonning nasriy bayoni deb bo’lmaydi. Agar shunday bo’lganda, unda bunchalik janr jihatidan ham, vazn jihatidan ham bir-biridan farq qiladigan she’rlar bo’lmas edi. Shuning uchun uni, qandaydir bir shoir va qissago’y tomonidan qayta ishlangan nusxa deb bilish mumkin. Majlisiy ham forsiy «nasr va qasr» nusxasidan foydalanib, «turkiy tilga tuzat»ganini aytgan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, keyin asarning yozilish sababini majoz bilan qisqacha bayon qiladi. Bundan maqsad asarning forsiy nasr nusxasidan foydalanib «Gul-u Navro’z» vaznida bir doston yozish ekanligini bildirishdir. Yigitlik vaqti ishqda yonib, musofir, parishon, ishi faqat xudo bilan bo’lib yurganida bir jonon, do‘st yo‘liqib (bu ilhom), unga Sayfulmuluk qissasini «Gul-u Navro‘z» vaznida turkiyga nazm qilishni maslahat berishi va asar shu tariqa vujudga kelganligi, bu o‘tmish shoirlarining (yoki dostonnavislarning) o‘ziga xos boshlash uslublaridandir. Shoir bu bilan, shu mavzuda asar yozish istagida xudoga iltijo qilib yurgani, tayyorlangani va to’satdan unga ilhom kelib boshlaganini bildiradi. Shundan keyin Sulton Mahmud hikoyati keltirilgan. Sulton Mahmud mashhur g’aznaviy shohlardan. U o’tmish adabiyotida zolim shoh sifatida ko’plab rivoyatlarning qahramoni. Vaziri Hasan Maymandiy nomi ketgan aqlli arbob. Uning tadbirkorligi sababli Sultonning ko’p shar ishlari xayrga aylanganligi rivoyatlardan, ayniqsa, mashhur shoir Firdavsiyga bo’lgan munosabatidan ma’lum. Uni Sulaymon payg’ambar va shohning vaziri Osafi Barxiyoga ham o’xshatadilar. Osaf nihoyatda aqlli vazir bo’lganligi uchun keyingi mashhur vazirlarni Osafi Soniy ham deganlar. Umuman majoz tariqida vazirlarni Osaf deb aytish rasm bo’lib ketgan. Majlisiy Sulton Mahmudga murojaat qilish bilan uning zolim sifatida ovozasi ketganligidan foydalangan. Sulton Mahmud diltang bo’lib yurgan paytlarida vazirlarini chaqirib o’zini ovuntirish uchun hech kim eshitmagan bir qissa aytib berishlarini talab qiladi. Unga yuzlab qissalar aytib beradilar, ammo birontasi ma’qul bo’lmaydi. G’azablanib vazirlarni zindonga soladi. Oxiri vazirlar bizni zindondan chiqarib falon iqlimga yuborgil, bizga bir kishi o’sha erda ajoyib qissalar ko’p, deb aytdi, deydilar. Shoh ularga hadyalar berib, o’sha mamlakatga yuboradi. Ular u erdan bu hikoyatni topib keladilar. Sulton bu hikoyatni o’qib xursand bo’ladi va vazirlarni ozod qiladi. Shoir yozadi: Vale ul nusxa erdi forsiy nasr,
Download 36.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling