Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati
Download 36.78 Kb.
|
Xoja
Kechada shabrav sanu duzdu dag’o.
Ko’runub el ko’ziga zohid mudom, Uyga borib to’yg’uncha ersan harom. Shoir ularni nasihat qilishga o’tib, tariqat tabiatiga tamoman teskari bo’lgan bunday illatlardan xalos bo’lishga da’vat etadi. Shoirning bunday mulohazalari yuzaki qaraganda adressiz, shunchaki va’zxonlikday tuyulsada, tarixiy haqiqatga asoslangan. Chunki bunday shayxu so’filar Navoiy davrida ham bo’lganidek, Jonibekxonlar va boshqa shayboniy xonu Sultonlari zamonida ham bo’lgan. Hatto, Xoja ularni shoh va Sultonlarni yo’ldan uruvchi, yomonlik, xiyonat, xalq boshiga tushadigan kulfatlar sababchisi deydi; ularni to’g’ri yo’l tutishga chaqiradi. Ish qilako’r, shoh ila bo’l oshno,
Boshqa bob va maqolotlarda «adolat haqida», «saxovat bila muhtojlarga inoyat» qilish, «ulamo salohiyatin g‘animat bilib, ilmu shariat birla amal» qilish, «hilmni ilmi maosh qilib, sabru tahammulda o‘zni fosh» qilmoq, «ishq maqomida sobitqadam va muhabbat talabida odam bo‘lub, asrori haq bila atvori daqoyiqni mushohada» aylamoq, «Solus libosi birla nomusni elga bergan so‘filar tavrida », «Dunyo molidin va farzand jamolidin muhabbat olib, mehrni ma’budi azaliyga solish» singari g’oyat muhim siyosiy-axloqiy pand-nasihatlar berilgan. Xoja dostonning nazm sababidan keyin «Farzandi azizu dilband Mir Abdussalom Xojaning nasihati bobida» degan sarlavha- unvon bilan o’g’li Abdusalom Xojaga nasihat berishga o’tadi. Aftidan, o’g’li otasi so’ziga ko’p quloq solmaydigan, o’jar va maishatni yaxshi ko’radigan bo’lgan. Shuning uchun uni insof va diyonatga, hoyu havasdan voz kechish, ilmli, fozil kishilar davrasida bo’lish, yolg’on gapirmaslikka chaqiradi: Ey ki, azizim, dag’i farzandsan,
Xojaning bu baytlari Nizomiy Ganjaviyning o’z o’g’li Muhammadga, Alisher Navoiyning o’z ukasi Darvishaliga qilgan nasihatlariga o‘xshab ketadi. Xoja dostonning so’ngida «Hikmati hakim» unvoni bilan bergan bobida o’tmish salaflari ijodida va xalq qissalarida uchraydigan dunyoning bevafoligi haqidagi pandlarda mavjud usulni qo’llagan. Odatda unda o’tmishda o’tgan buyuk shohlar, qahramonlar, payg’ambar va avliyolar hayoti ibrat qilib ko’rsatiladi va shunday zotlarni ham ajal omon qo’ymadi, shuning uchun dunyoga mehr qo’yish behuda degan xulosaga kelinadi. Xoja esa bu usulni qo’llaydiyu shunday xulosalarga kelgan buyuk shoirlarning o’zini ibrat qilib ko’rsatadi. Bunda Mavlaviy Jaloliddin Rumiydan boshlab, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy, Abdulmajid Sanoiy, Xoja Kamol Xujandiy, Abulqosim Firdivsiy, Salmon Sovajiy, Mavlono Lutfiy, Mavlono Mir Shohi Sabzavoriy, Mavlono Kotibiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi zotlarning har biri xaqida alohida-alohida to’xtalib, ularning ijodiga ta’rif beradi. Masalan, Rumiyni «arshi haqiqati nujumiy», Nizomiyni «Xamsa ibtido» chisi, Xusravni «Sohibi idrok», Hofizni «Lison ul-g’ayb», Sa’diyni «Shohi suxandon», Jomiyni «Rahbari ayyom», Lutfiyni «Donishvar», Navoiyni «ko’p she’r ila xamsa yozgan suxandon» kabi sifatlashlar bilan ulug’lab: Qilmadi bu dahr alarg’a vafo, Download 36.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling