Reja: Poshshoxoja ibni Abdulvahhobxoja shaxsiyati va adabiy merosi manbalari. "Miftoh ul-adl" va "Gulzor" asarlari kompozitsiyasi, nasr va nazm munosabati
Download 36.78 Kb.
|
Xoja
Dar orzui ro’i tu budam hama umr,
Umram hama raftu orzui tu naraft. Tarjimasi: Bu banda dimog’idan ketmadi xushbo’y hiding,
Ruboiyda sadoqat, e’tiqodda mustahkam turish mazmuni ifodalangan. Xojaning juda oz o’rganilgan asari «Maqsad ul-atvor» (So’fiylar maqsadi) dostonidir. Xoja haqidagi ilmiy adabiyotlarda, keyingi yillarda topilganligi uchun, bu asarga munosabat bildirilmagan. Doston Nizomiy Ganjaviiyning «Maxzan ul-asror», Amir Xusrav Dexlaviyning «Matla’ ul-anvor», Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror dostonlariga nazira tariqasida yaratilgan. Uning vazni xuddi shu dostonlar vaznidek sare’ bahri bo’lib, shoir o’z fikr-mulohazalarini muftailun muftailun foilun va muftailun muftailun foilon qoliplariga solib aytgan. «Maqsad ul-atvor» odatdagidek hamdu na’tlar bilan boshlanadi. Keyin o’z mamduhi Jonibek Sulton ta’rifi, unga nasihatnomalar berilgan. Boshqa maqolalarda ham ma’viza tarzida Jonibekxonga murojaat uchrab turadi. Jonibek Sulton Xojag’um bin Abdulxayrxonning o’g’li bo’lib, Shayboniyxonning amakivachchasidir. U 1529 yili vafot etgan. Farg’ona, Karmanada hokimlik qilgan. Uni Jonibek Odil deb ham aytganlar. Xoja unga sen, ba’zan siz deb murojaat etadi. Oting erur Jonibek, ey Shahriyor,
baytlarda shoir asarni yozishdan maqsadini bayon qilgan. Zamonada fisq-u fasod, zulm-u sitam avj olganini, shuning uchun: Din tilabon uyu elimni yiqib,
deb «necha vaqtdan beri» Shayboniylar orasidan bir «shahi sohibqiron» qidirib yurgani va oxir Jonibekni shunday hukmdor bilib, uning huzuriga kelganini bayon qiladi. Unga to’rt xislatga: adolat, bahodirlik, ilm, taqvo-yu tariqatga asoslanishni maslahat beradi. Bu esa Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi Kuntug’di, Oyto’ldi, O‘zg’urmish va O’gdulmish sifatlariga o’xshab ketadi. Asar maqolalar, ma’vizalar, tamsillar, hikmatlar va tanbehlardan iborat qilib tuzilgan. Shoir «kitob nazmining sababi» bobida Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hotifiy va Alisher Navoiylardan madad olgani, ularning himmati bilan shu asarni yozganini bayon qilib, yana Jonibekxon madhiga o’tadi. Men ki maqolat ila tuzdim kalom,
Xoja o’ziga to’xtalar ekan, turli ishu tashvishlar bilan doimo band ekanligini, ammo hech vaqt molu mulkka hirs qo’ymaganini alohida qayta-qayta ta’kidlaydi. Aftidan, bunda u o’zi mansub bo’lgan tariqatning ba’zi namoyandalarini nazarda tutgan. Manda agar bor edi ashg’ol ko’b
Dostonning «so’fiylar bobida kim, zohirlarin zarqu riyo birla tuzub, botinlarin nifoq birla buzub, … riyo luqmasidin qorinlarin to’q qilib, haqiqatdin xabarlari yo’q» deb sharhlangan o’ninchi tanbehida Alisher Navoiyning «Riyoyi xirqapo’shlar» haqidagi maqolotidan ta’sirlangan. Bunda «so’zi lofu, o’zi gazof», «qo’liga bir kambag’al tushsa, uni oyoq ostiga olib haqorat qiladigan», «harom bilan to’ldirish uchun engini keng qilib olgan» so’fiylar haqida gap boradi. Kunki chiqar shayxsanu muqtado,
Download 36.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling