Режа Psixodiagnostik metodlarining tadqiqot metodlaridan farqi


Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi


Download 13.32 Kb.
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi13.32 Kb.
#1450388
1   2   3   4   5

4.5.2. Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi Ma’lumki, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil inson bo’la olmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda aynan o’xshashlikni qayd qilishgan bo’lishsa-da shaxsiy sifatlari korrelyasiyasida ba’zi bir tafovutlar borligini aniqlashgan. Shaxs – qaytarilmas, u o’z sifatlari va borlig’i bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida, uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu bois, shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu – “individ” va “individuallik” tushunchalaridir. “Individ”, “odam” degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Shuningdek, u o’ziga bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarni; ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy hamda xarakterli sifatlarni qamrab oladi. Demak, individ – insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.

4.6. Xalq xo’jaligini yuksaltirishda psixodiagnostik metodlarning o’rni Ijtimoiy-psixologik ta’sir amaliy psixologiyaning muhim masalalaridan biridir. Ijtimoiy ta’sir bir necha bosqichlarda ro’y beradi: makro bosqichda (siyosat va iqtisod sohalarida); o’rta bosqich (ijtimoiy tashkilotlar); mikro bosqich (guruhlar ichida); shaxs darajasida (“Men” tarkibida). Amaliyotchi psixologlar, asosan, mikro bosqichda faoliyat ko’rsatadilar. Bu yerda xodimlar boshqaruvi, tashkilotlardagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ma’lumotlar tizimini tartibga solish masalalari doirasida shaxslararo ta’sir sodir bo’ladi. Mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan davlatlarda hozirgi bozor munosabatlari sharoitida tashkilotlar va ulardagi ishlovchi xodimlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir masalalaridagina ma’lum o’zgarishlar ro’y berdi. Shu munosabat orqali paydo bo’ladigan muammolarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.


Download 13.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling