- Pulga bo’lgan talab funksiyasi
Pulga bo’lgan talab funksiyasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
1.Real daromad darajasi
2.Foiz stavkasi
- Real pul vositalari zaxirasi
Pul bozorida muvozanat modeli - Pul bozorida muvozanat modeli
- Qiskacha xulosalar
- Pul to`lov, jamgarish va kiymat o`lchovi funktsiyalarini bajaruvchi, yukori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vakatgina nakd pullar bilan cheklanib kolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga karab agregatlarga ajratilgan. Makroiktisodiy taxlilda e`tibor ko`prok M1 va M2 agregatlariga karatiladdi.
- Pulga bo`lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, extiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yigindisidn iborat.
- Pulga bo`lgan talab xajmi YAIM (daromad) xajmi, baxolar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga boglik.
- Pul emissiyasi fakat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari xam kredit berib pul taklifini ko`paytirish kobiliyatiga ega.
- Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chikarish imkoniyati majburiy zaxira normasini belgilash orkali tartibga solib turiladi.
- Umumiy pul taklifi nafakat joriy xisoblardagi mablaglardan, balki axoli ko`lidagi nakd pullardan xam tashkil topadi. Pul taklifi mikdori majburiy zaxira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi mikdoriga boglik.
- Maxsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida xam pulga bo`lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuktada kesishadi. Maxsulotlar bozorida muvozanat nuktani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi bilgilaydi.i.
Masalalar - Masalalar
- 1-masala Tijorat bankining pul zahiralari 250 mln. pul birligini tashkil etadi. Depozitlar 980 mln. pul birligiga teng. Majburiy zahiralar me’yori 20 %ni tashkil etadi. Agar bank ssuda berish uchun ortiqcha zahiralardan foydalanishga qaror qilsa, pul taklifi qanday o‘zgarishi mumkin?
- Yechish:
- Majburiy zahiralar me’yori – 20 % da majburiy zahiralar summasi quyidagini tashkil etadi: 980 x 0,2 = 196 (mln. pul birligi). Ortiqcha zahiralar: 250 – 196 = 54 (mln. pul birligi). Agar ulardan ssuda berish uchun foydalanilsa, u holda, qo‘shimcha pul taklifi quyidagini tashkil etadi: M=N*n, bu yerda, M – qo‘shimcha pul taklifi N – tijorat bankining ortiqcha zahiralari; m– bank multiplikatori, u quyidagi formula bo‘yicha topiladi:m=(1/R)*100, bu yerda, R – majburiy zahiralar me’yori.Bundan: M=54*(1/20)*100= 270 (mln. pul birligi).
- 2-masala
- Majburiy zahiralar me’yori 20 %ga teng. Tijorat banki ortiqcha zahira sifatida depozitlar summasidan yana 5 %ga ega. Depozitlar miqdori 20 000 ni tashkil etadi. Bank ssuda berish uchun qanday maksimal summadan foydalanishi mumkin?
- Yechish: Majburiy zahiralar miqdori: 20 000 x 0,2 = 4 000 ni tashkil etadi. Ortiqcha zahiralar: 20 000 x 0,05 = 1 000 ga teng. Pul zahiralari: 4 000 + 1 000 = 5 000 ga teng. Agar zahiralar 5 000 ni tashkil etsa, u holda bank qolgan mablag‘lardan ssuda berish uchun foydalanishi mumkin: 20 000 – 5 000 = 15 000.
Do'stlaringiz bilan baham: |