Reja: Qadimgi Grek-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog’liqligi 2


Download 170 Kb.
bet17/24
Sana15.12.2022
Hajmi170 Kb.
#1007809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
1.3-mavzu uchun ma\'ruza

Aposterior bu (lotincha tajribadan so’ng)- bilim va uning manbalariga oid falsafiy tushuncha, hissiy bilish orqali tajribadan hosil qilingan bilim.
I.Kant gnoseologiyasining ontologik xususiyat kasb etuvchi yana bir muhim tamoyili uning transsendent bilish nazariyasidan kelib chiqadi va dunyoning, uni tashkil etuvchi barcha narsalarning umumiy tuzilishini tushuntiradi.
Kant fikriga ko‘ra, inson ongi kabi, dunyodagi barcha narsalar ham ikki tomonlamadir. Birinchidan, bu qarshimizda narsaning eng yorqin tomoni sifatida namoyon bo‘luvchi, sezgilarimiz uni shunday idrok etuvchi «biz uchun narsa» yoki hodisa sifatidagi narsa. Ikkinchidan, bu biz sezgilarimiz bilan idrok etishga qodir bo‘lmagan «o‘zidagi» narsa, narsaning bizga «qorong‘i», yashirin, teran tomoni yoki “noumen” sifatidagi narsa. Noumen – mushohada yo‘li bilan anglash mumkin bo‘lgan mohiyat.
Ayni shu sababli bizning dunyo, narsalar va inson haqidagi bilimimiz hech qachon to‘liq, mutlaq bo‘lmaydi, balki doim nisbiy, noto‘liq bo‘lib qoladi. Dunyo va inson nima, degan savollar doim boqiy, falsafiy masalalar bo‘lib qoladi. Kant bilish nazariyasining asosiy tamoyillari ana shulardan iborat.
Shunday qilib, Kant o‘z bilish nazariyasida bilim, fan va madaniyatning rolini yanada yuksakroq darajaga ko‘tardi. Uning bilish nazariyasidan ong nafaqat dunyoni passiv aks ettiradi, balki insonga tabiatan berilgan sezish va idrok etishning aprior shakllari yordamida uni faol o‘zgartiradi, yaratadi, bunyod etadi degan xulosa kelib chiqadi. Kant bilish faoliyatining xususiyatini dunyoni aniq aks ettiruvchi ko‘zguga emas, balki chizgan rasmlari nafaqat dunyoning o‘zini, balki ijodkorning tabiatini ham aks ettiruvchi rassomga o‘xshatish lozim.
Ayni vaqtda, Kant bilishning muayyan chegaralari ham mavjudligini qayd etadi. «Men yaratgan bilish nazariyasi inson aqlini uning imkoniyatlari chegarasi haqida ogohlantiruvchi chegara posboni yoki aqlning dimog‘dorligi deb ataluvchi xavfli kasallikka qarshi dori bo‘lib xizmat qilishi lozim»,2 deb yozadi.
Kant ta’limotidan inson bilimlari majmui bilishning insonga berilgan aprior shakllari yordamida narsalarning biron-bir qismi, tomoni, jihatinigina o‘ziga xos tarzda aks ettiradi, bu narsalar ko‘z o‘ngimizda doimo namoyon bo‘ladi, biroq o‘zining asl mohiyatini hech qachon ko‘rsatmaydi, «o‘zidagi narsa» bo‘lib qoladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Kant ta’limoti bilishning ijodiy tabiatini yoritib, inson bilimining taraqqiyotini, olimlar, yozuvchilar ijodini rag‘batlantirdi, biroq shu bilan bir vaqtda u inson bilimlarining nisbiyligi, u yoki bu g‘oyalar yoki nazariyalarni mutlaqlashtirish, shuningdek ularning yaratuvchilarini ilohiylashtirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling