Reja: Qadimgi sharq dastlabki axloqiy ta’limotlar belgisi sifatida (Somir(SHumer), Bobilon, Qadimgi Misr). “Avesto”- qadimgi dunyoning axloqiy qomusi. Xindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari


Qadimgi dunyoning mumtoz axloqshunosligi


Download 25.68 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1598099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu “Qadimgi dunyo axloqshunosligi” 2

4.Qadimgi dunyoning mumtoz axloqshunosligi.
Qadimgi Yunoniston. Qadimgi yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan 4 buyuk faylasuf : Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha muncha ishlar qilganlar. Suqrotning kichik zamondoshi Demokrit ( yunoncha demokritos, taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko’raylik. U donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida ta’riflaydi. Demokrit qadimgi yunon faylasuflari ichida birinchilardan bo’lib insonning ichki dunyosiga murojaat qiladi u niyatni (xatti xarakat sababini) xarakatdan ajratadi. Demokrit
hayo va ishonchni insonni qing’ir ishlardan qaytarib turuvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o’z muvaffaqiyatsizliklarni ma’budlar, taqdir va tasodifan ko’radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi xaqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lgani uchun o’zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (yunoncha Sokratos, miloddan avvalgi 470-399yillar ) u Konfutsiyga o’xshab, axloq bilan xuquqni bo’linmas yaxlitlikda olib qaraydi: nimaiki qonuniy bo’lsa o’sha adolatdandir. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baxolanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog’laydi, jasorat va betama xizmat namunalarini o’z davlatlari o’tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o’z xuquqlari jixatidan teng emas: ular ota bilan o’g’ilga o’xshaydi. Axloqning asosiy moxiyati –o’zgarmas va abadiy asl fazilat bo’lmish donishmandlik. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni) vujuddan farqli ravishda, o’lmas deb xisoblaydi, lekin o’z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli.
Aflotun (yunoncha Platon, miloddan avvalgi 427-347 yillar) axloqshunosligi uchun aksincha, g’oyalar ruh xaqidagi ta’limotlar asos bo’lib xizmat qiladi. Aflotunning g’oyalar ta’limotiga ko’ra bizga ko’rinib turgan biz xarakat qilayotgan dunyo bor yo’g’i soyalar o’yini, xaqiqiy dunyoni ko’rish uchun esa inson aqli ojiz. Inson g’or devoriga kishanband qilib qo’yilgan tutqunga o’xshaydi, u faqat xaqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko’rinmaydi. Uni inson ko’rmaydi, biroq o’sha asl borliqni ko’ra oladigan mangu o’lmas rux mavjud. U g’oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunoxkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhni bu ikki xillik jixatini aravakash (aql) bilan ko’pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Aflotundan keyin ikki qadimgi yunon allomasi- Arastu va Epikurning axloq nazariyalari diqqatga sazovor Aflottunning shogirdi-Arastu (yunoncha Arestotelos, miloddan avvalgi 384-322 yillar) birinchi bo’lib axloqshunoslikni ruxshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig’idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga ( keyinchalik ovropada qabul qilingan) ”Etika“ degan nom berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o’g’liga bag’ishlangan ”Nikomaxning axloq kitobi” va ”Evdemning axloq kitobi“ xamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o’z aksini topgan. Arastu qadimgi yunon mutafakkirlari ichida birinchi bo’lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, aflotunga qarama –qarshi o’laroq, ruxning tug’ma xususiyati emasligini balki kasb etiladigan sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo’ladi: birinchisi, ruxning donishmandlik, tajribakorlik, topqirlik singari ma’naviy soxa bilan bog’liq aqliy qismiga oid fazilatlar va ikkinchisi: ruxning intiluvchan qismi- sof axloq bilan bog’liq fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat- adolatdir. Arastu aql–idrok faolyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, xech bir narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan qadriyat deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning predmeti – narsa – xodisasi bir biriga mos, ya’ni Oliy aql ( Xudo) tafakkur xaqidagi Tafakkurdir.
Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo’g’rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif ko’z yoshiga erk beradigan o’zini tutolmaydigan inson, ularda ehtiros aql–idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko’proq moyil bo’ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas. U ilmni (aqlni) axloqdan (vijdon) yuksak qo’yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni –nazariyaga, ijodga bag’ishlangan hayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. U odamlar o’rtasidagi do’stlik va xayrxoxlikni tan oladi xolos.
Epikur o’z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi.U insonda tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. Uning uchun eng muximi ruhiy xotirjamlik. Do’stlaridan biriga yozgan xatida zarrin to’shagu to’kin dasturxoning bo’lib, bexolovat yashagandan ko’ra, poxol to’shakda xotirjam yotganing afzal deydi. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog’lomlikdan yuzaga keladi.Donishmand o’z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. U baxtni manbai faqat ma’naviy ezgulikda, do’stlik bilan bilimda bo’lgan nisbatan mustaxkam va uzoq muddatli lazzat tarzida tushunadi.

Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling