Reja: Qadimgi sharq dastlabki axloqiy ta’limotlar belgisi sifatida (Somir(SHumer), Bobilon, Qadimgi Misr). “Avesto”- qadimgi dunyoning axloqiy qomusi. Xindi-Xitoy mintaqasi mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari


Download 25.68 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi25.68 Kb.
#1598099
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu “Qadimgi dunyo axloqshunosligi” 2

Qadimgi Rumo. Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini TSitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Sekst Empirik singari qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar.
Tit Lukretsiy Kar (lotincha Titus Lukretsius Karus, miloddan avvalgi 99-44 yillar) Epikur axloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida mashxur. U “Narsalarning tabiati xaqida“ degan dostonida rux va vujudning ajralmas aloqasini ta’kidlaydi, ruhning o’lishi to’g’risida fikr yuritadi, insonning o’lim qo’rquvidan xalos bo’lishida axloqiy ma’no borligini aytib o’tadi. O’lim qo’rquvidan va ma’budlar oldidagi qo’rquvdan xalos bo’lgan kishi baxtli yashashi mumkun, aql-idrok va xis–tuyg’ular sharofati bilan narsalar xaqida u xaqiqiy tasavvurga erishadi .
Lutsiy Anney Seneka ( Lutsius Anneus Seneka, miloddan avvalgi 5-milodiy 65-yillar) ham yozuvchi, xam axloqshunos – faylasuf. Uning “G’azab xaqida“, “SHafqat xaqida“,”Baxtli xayot xaqida singari axloqshunoslikka doir risolalari ko’pchilikka ma’lum. Ayniqsa “Lutsilliyga axloqiy maktublar“ asari mashxur .
Senekaning fikriga ko’ra, dunyo moddiy, biroq unda qandaydir jonli ibtido xukmron: uni aql – idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi, axamiyati yo’q, muximi shuki, uning yozig’i albatta amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr- qimmatni yo’qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko’radi. U o’limni sovuq, tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o’z o’zini o’ldirishda ko’rish, shubxasiz, u yashagan davrning g’oyatda fojialiligi bilan bog’liq.
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul Epiktetdir (Epiktetos- yunoncha sotib olingan degan ma’noni anglatadi, 50-138 yillar atrofida) Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar: aql-idrok axloqning yagona va ishonchli mezoni: tashqi dunyo ma’budlar irodasiga qat’iyan bog’liq, ichki dunyo insonning xukmi ostida: xaqiqiy donishmandning erki shundaki, u o’ziga bog’liq bo’lgan narsalarni o’ziga bog’liq bo’lmagan narsalar bilan chalkashtirib yubormaydi: xayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ishchi erkinlikni anglash va uni qo’lga kiritishda: unga eltadigan yo’l bitta – ma’budlar irodasiga so’zsiz itoatkorlik, extiyojida mo’tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan ish ko’rish.
Epiktetning fikriga ko’ra, baxt, xaqiqiy saodat – fazilatda fazilat esa butunlay insonning ijodidadir, zero, uni inson shakllantiradi. Faylasuf, o’zing yoqtirmaydigan sharoitni o’zgalarga ravo ko’rma, agar qul bo’lishni istamasang, atrofingda qullikka yo’l berma, degan fikrni ilgari suradi.
Qadimgi Rumo axloqshunoslari ham inson xatti-xarakatlari muammosini o’rtaga tashlaydilar va insonning olamdagi o’rnihamda hayotining maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday intilish ayni paytda , butun qadimgi dunyo mumtoz axloqshunoslariga xosdir. Ular oddiy axloq-odob qoidalari, pand-o’gitlar va xikmatlardan tortib, to axloqshunoslik nazariyasi tizimigacha yaratdilar. Bu meros xanuzgacha o’z ta’sir kuchini yo’qotgani yo’q, xanuzgacha jaxon axloqshunosligi ko’p xollarda o’sha tushunchalar va tamoyillarning o’ziga yangicha yondashuv asosida taraqqiy etib kelmoqda.
SHu o’rinda yana bir, xozirgacha yetarli e’tibor qilinmay kelinayotgan masalaga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bu-Qadimgi Yunon tafakkuri bilan o’rta asrlar musulmon SHarq falsafasining, xususan axloqshunosligining bog’liqligi masalasi. Nima uchun bizning alloma ajdodlarimiz Qadimgi SHarq, jumladan, Hindi- xitoy mintaqasi mutaffakirlari izidan emas, ovro’palik yunonlar izidan bordilar, Suqrot va Aflotundi o’rgandilar, ko’klarga ko’tardilar, Arastuni esa eng ulkan ustoz –Birinchi muallim debatadilar.
Qadimgi dunyo mutafakkirlarining axloqiy estetik merosi. IX-XII asr sharq allomalarining axloqiy va estetik qarashlari.
Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling