Reja: Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi
Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar
Download 144.5 Kb.
|
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jaynchilik.
Hindi-Xitoy mintaqasidagi axloqiy ta’limotlar
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa ega. U tarixan vedachilik, yo‘ga, jaynchilik, buddachilik, “Bxagavadgita” va “Artxashastra” hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan. Ulardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz. Vedachilik. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to‘rt tabaqa-varnaga bo‘ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti – ta’lim berish, Vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatriylar fuqarolarni qo‘riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar; shudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. Xotin, o‘g‘il va qul ‒ uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo‘lsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulki. “Manu qonunlari”da niyat masalasiga katta e’tibor beriladi: “Kimning niyati qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lib hayotdan ketadi”3. Vedachilik axloqiga ko‘ra, brahmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shudralar esa tug‘ma tuban axloq egalari hisoblanadi. Axloqiy ideal esa zohid, sayyoh, istaklardan xoli, yuksak qanoat egasi bo‘lgan hech vaqosiz mokshalardir. Lekin keyingi oqimlarda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloq-shunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo‘lish insonning zoti, ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog‘liq, degan fikr ilgari suriladi. Jaynchilik. Mohiyatan axloq falsafasi bo‘lmish bu oqimga Buddaning zamondoshi, undan chamasi o‘ttiz yoshlar katta Jin (Jayn)-G‘olib deb sharaflangan Vardxamana (milodgacha 599-527) asos solgan. Jaynchilik ta’limoti insonning to‘liq ozodlikka yetishishi bilan bog‘liq. Unga inson o‘z ichki mohiyatini qayta shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik‒nirvana: qalb-ruhning ehtirosi, nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig‘langan, o‘zi mavjud bo‘la turib vujudni tark etgan, cheklanmagan oromdagi holati ‒ nirvanaga uch yo‘l bilan yetishish mumkin – Jaynga e’tiqod; uning ta’limotini bilish; o‘zni tutishda nuqsonsizlik. Kim Jaynga e’tiqod qo‘ysa va uni tanisa, u – fazilat egasidir. Fazilat esa besh axloqiy tamoyildan iborat: 1. Hayotga zarar yetkazmaslik (aximsa). 2. Muruvvat va rostgo‘ylik. 3. Halol yashash. O‘g‘rilik qilish, birovning haqini yeyish ham hayotga ziyon yetkazuvchi illatlardir. 4. So‘zda, fikrda va amalda o‘zni tiyish. 5. Bu dunyodagi barcha manfaatlardan kechish. Mazkur tamoyil kishiga lazzat beradigan har qanday dunyoviy amallardan tiyinishi talab qiladi. Zero, haqiqiy erkinlik tashqi narsalarning hammasidan mustaqil, mustasno yashashni, iztirobga ham loqayd bo‘lishini talab etadi: “O, inson! O‘zingning do‘sting – o‘zingsan; nima uchun tashqaridan o‘zingga do‘st qidirasan?”4. Ya’ni inson o‘zgalarni emas, balki o‘zining asl tabiatini bilmog‘i kerak. Bu – o‘zlikni belgilab olish uchun eng muhim yo‘l. Qadimgi Hind axloqshunosligi Qadimgi Xitoyda ham o‘ziga xos mavqe egalladi. Ayniqsa, buddachilik keng yoyildi. Lekin u yerda yana ikki axloqshunoslik yo‘nalishi katta ahamiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri daochilik. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling