Reja: Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi


Ovro‘pa ratsional-ma’rifatparvarlik axloqshunosligi


Download 144.5 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1145255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati

Ovro‘pa ratsional-ma’rifatparvarlik axloqshunosligi
Bu davrda axloqshunoslik fanida turli yo‘nalishlar vujudga keldi. Shulardan biri-ratsional yo‘nalish. Bu yo‘nalishning dastlabki namoyandalaridan biri fransuz faylasufi Rene (Karteziy) Dekartdir (1596-1650).
Dekartning axloqiy qarashlari, asosan, uning “Qalbning ehtiroslari”, “Aqlni to‘g‘ri yo‘naltirish va ilmlardagi haqiqatni izlab topishga yo‘naltirilgan usul haqida mulohazalar” asarida va xatlarida o‘z aksini topgan mutafakkirning inson vujudi ruhiy holatlarini tushuntirishda mexanikani qo‘llashi axloqni tabiiyot nuqtayi nazaridan talqin qilishga olib keldi. Xatlaridan birida Dekart to‘g‘ridan-to‘g‘ri ehtiroslarni fizik, tabiiyotchi sifatida olib qarash istagida ekanini aytadi. U insondagi vujudiy va sof ma’naviy tomonlari ajratib ko‘rsatadi hamda ularni bir-birining ziddi deb ta’riflaydi. Ana shu ikki tomon oralig‘ida, Dekartning fikriga ko‘ra, olti hisdan – hayrat, muhabbat, nafrat, istak, quvonch va qayg‘udan iborat hissiyotlar maydoni joylashgan. Hislar bir vaqtning o‘zida ruhni vujud va atrofdagi narsalar dunyosi bilan birlashtiruvchi dastlabki dastaklar (richaglar) tizimini tashkil etadi. Ular qalb g‘ildiragini aylantiruvchi qayishlar va vujud harakatini uyg‘otuvchi kuchlar sifatida subyekt xatti-harakatiga qat’iyat hamda barqarorlik bag‘ishlaydi.
Umuman olganda, Dekartning axloqiy ta’limotida foydalilik tamoyili hukm-ron. Aql oz kuch sarflab, ko‘p foyda olish uchun muhabbat, quvonch, qayg‘u, lazzat singari hissiyotlarni boshqarib turadi. His-tuyg‘u ularni tejamkorlik bilan sarflash, vujud mashinasining korxonasi bo‘lmish sog‘liqqa zarar keltiradigan ortiqcha “xarajatlarni” bartaraf etish ‒ Dekart taqdim etadigan eng yaxshi axloq mana shu. Zero, hislar – muayyan inson majburan sarflaydigan xarajat. Ular o‘z-o‘zicha emas, balki jismoniy jarayonlarga xizmat qilishi uchun mavjud: ular kuchlarni jamlaydi, ma’lum bir obyektga qarata yo‘naltiradi. Lekin hissiyotga berilish – haqiqatdan yiroqlashadigan halokatli yo‘l. Odamlar imkon boricha ehtiroslarni bosishga o‘rganmoqlari lozim. Zotan, his-tuyg‘u uyg‘otuvchi narsa-hodisa asl holiga qara-ganda maftunkorroq ko‘rinadi. Shu bois hissiyotning ratsional (aqliy) tanqidi axlo-qiy vazifani bajarishga qaratilgan9.
Niderlandiyalik faylasuf Benedikt (Baruh) Spinoza (1632-1677) axloqshu-noslik borasida Dekartning ratsional qarashlarini davom ettirdi va yanada yuksak bosqichga olib chiqdi. Uning bu jihatdan “Xudo, inson va uning baxti haqida qis-qacha risola” (1660), “Ilohiyot va siyosat risolasi” (1670) va “Axloqshunoslik” (1677) asarlari diqqatga sazovordir.



Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling