Reja: Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi


Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari


Download 47.11 Kb.
bet10/13
Sana15.11.2023
Hajmi47.11 Kb.
#1774093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu-Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Agarda hisobot davrida hisobga kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan nollik stavkada hisoblanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi qiymati jihatidan ko‘p bo‘lsa, u holda oshiqcha summa soliq to‘lovchining boshqa soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, unga belgilangan tartibda qaytariladi.

Nol darajali stavka bo'yicha soliq solinadigan aylanma

Soliq solishdan ozod etilgan aylanma

-Hisobga olish maqsadida soliq solinadigan aylanmaga tenglashtirilgan;
-«kiruvchi» QQS hisobga olinadi;
-Hisobvaraq-faktura 6-ustunida «0 %» qo'yiladi;
-«QQS summasi»ustunida – «0»

-Hisobga olish maqsadida soliq solinmaydigan hisoblanadi;
-«kiruvchi» QQS hisobga olinmaydi, sotib olingan tovarlar va xizmatlar qiymatiga kiritiladi;
-Hisobvaraq-fakturaning «QQS stavkasi» va «QQS summasi» ustunlarida «QQSsiz» belgisi ko'rsatiladi.

Nol darajali QQSni soliqdan ozod etish bilan adashtirmang:
Soliq imtiyozlari
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan bosh­qa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Bular:
1) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma (243-modda);
2) Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar (244-modda);
3) Soliq solishdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari (245-modda);
4) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (246-modda).
Soliq imtiyozlari
Quyidagilarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
- maktabgacha ta’lim muassasalarida (tashkilotlarida) bolalarga qarash bo’yicha xizmatlarni;
- bemorlar va keksalarni parvarish qilish bo’yicha xizmatlarni;
- dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni o’tkazishga doir xizmatlarni;
- protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi bo’lgan shaxslar uchun inventarni (jami 27 ta banddan iborat).

Download 47.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling