Reja: Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi


Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi


Download 47.11 Kb.
bet13/13
Sana15.11.2023
Hajmi47.11 Kb.
#1774093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu-Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq kodeksining 272-moddasiga muvofiq, hisoblab chiqarilgan soliqni to’lash agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobida turilgan joy bo’yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog’ida soliq bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda byudjetga to’lanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq agentlari soliqni o’zi soliq hisobida turgan joy bo’yicha to’laydi. Soliq to’lovchilar bo’lmagan soliq agentlari o’zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini Soliq kodeksining 255 va 256-moddalariga muvofiq to’lash amalga oshirilgan o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisobotiga soliq to’lovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida ko’rsatilgan ma’lumotlar kiritiladi.
Soliq agentlari, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko’zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni ham belgilangan shakl bo’yicha taqdim etishi shart.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, o’rni qoplanishi lozim bo’lgan soliq summasi, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobidan hisobga olinadi.
Soliq to’lovchi o’rni qoplanishi lozim bo’lgan soliq summasini soliq organlariga soliq summasini qaytarish to’g’risida berilgan arizaga asosan qaytarish huquqiga ega.
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko’ra soliq organi qaytarish uchun arizada ko’rsatilgan soliq summasining o’rnini to’liq yoki qisman qoplash to’g’risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to’lovchiga soliq summasini qaytarish to’g’risida ariza berilgan sanadan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay qaytariladi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq summalarining o’rnini qoplash tartibi va shartlari, kameral soliq tekshiruvini o’tkazish, shuningdek chet davlat fuqarolari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida olingan tovarlarni olib chiqishda ularga soliq summasini qaytarish (TAX FREE) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Soliq xizmati – insofli soliq to'lovchilarning ishonchli hamkori


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 47.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling