Reja: Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi


Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari


Download 47.11 Kb.
bet6/13
Sana15.11.2023
Hajmi47.11 Kb.
#1774093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu-Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq kodeksining 248-moddasiga ko’ra, soliq bazasi aksiz solig’ini (aksiz to’lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo’llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to’lovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
- tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
- tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko’rsatishda);
-yuridik shaxsning mol-mulkidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo’lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to’lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to’lashdan bo’yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo’li bilan nizolashishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chog’ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chog’ida byudjetga haqiqatda to’langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past bo’lishi mumkin emas.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo’shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
- tovarlarning bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini;
- tovarlar O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i va bojxona bojini.

Download 47.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling