Reja: Quritish jarayoni


Download 160.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2023
Hajmi160.69 Kb.
#1273125
Bog'liq
Hujjat



Mavzu: Quritish uchun mexanik uskunalar tuzilishi
ishlash prinsipi va qo’llanilish sohalari 
Reja: 
1. Quritish jarayoni 
2. Quritish dastgohlarining tuzilishi 
3. Barabanli quritkichlar 


Quritish jarayoni 
Mahsulot tarkibidagi namlikni harorat ostida buglatib yoqotish 
jarayoni quritish jarayoni deb ataladi. Quritishda mahsulot tarkibidagi 
zarralar bilan mexanik va fizik-kimyoviy boglangan namlikgina 
yoqotiladi. Quritish jarayoni massa almashish jarayoniga taalluqli 
boladi, chunki u issiqlik va namlikni mahsulot ichida harakatlanishi 
hamda ularning mahsulot yuzasidan atrof-muhitiga uzatihshi bilan 
bogliq. 
Quritish jarayoni foydali qazilmalarni boyitib, tayyor mahsulot 
olishning oxirgi bosqichi hisoblanadi. 
Nam materiallarni quritish jarayoni sanoatda katta ahamiyatga 
ega. Quritilgan mashinalarni transport vositasida tashish arzonlashadi, 
ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, dastgohlar va quvurlarning 
korroziyaga uchrashi kamayadi. 
Mis boyitmalarini kuydirish va eritishdan oldingi ruxsat berilgan 
namlik 5-7%, komir boyitmalariga 7-8 %, nometall mahsulotlar 
tarkibidagi (talk, grafit, kaliyh tuzlar) namlik 1-2% va hokazo. Bunday 
namlikka yuqorida korib chiqilgan suvsizlantirish usullari (quyultirish, 
filtrlash) orqali erishib bolmaydi va shuning uchun ular kop hollarda 
harorat ostida quritiladi. 
Qurituvchi agent sifatida tutundan hosil boladigan gazlar, 
qizdirilgan havo va bug ishlatilishi mumkin. Boyitish mahsulotlarini 
quritish uchun, odatda, yonilgini yonishidan hosil bolgan tutunli gazlar 
ishlatiladi. 
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan mashina bilan ozaro 
tasirlashuv usuliga kora quritishning quyidagi turlari mavjud: 
Konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent togridan-togri 
ozaro aralashadi. 
Kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi agent va nam material 
ortasida ularni ajratuvchi devor boladi. 
Radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi. 
Sublimatsiyali quritish - material muzlagan holda, yuqori vakuum 
ostida suvsizlantiriladi. 
Dielektrik quritish - material yuqori chastotali tok maydonida 
quritiladi. 


Boyitish fabrikalarida konvektiv quritish keng tarqalgan usullardan 
biri hisoblanadi. 
Quritish xalq xojaligining tarmoqlarida: qora va rangh metallurgiya, 
kimyo, energetika, yengil va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 
keng qollaniladi. 
Quritish tezligi 
Quritish tezligi malum vaqt oraligida mahsulot tarkibidagi 
namlikning kamayishi bilan belgilanib, u mahsulot tarkibidagi 
namlikning boglanish shakliga boghq. Quritish tezligining ozgarishi 
kritik egri chizigi bilan xarakterlanadi va tajriba natijalari asosida 
tuziladi. 
Material namhgi VV ning vaqt davomi t da havo parametrlari 
ozgarmas bolganda olingan grafik bogliqligi, quritish egri chizigi deb 
yuritiladi. Quritish egri chizigi quritishning uchta davriga doir bir 
nechta maydonlardan tashkil topadi (1-rasm). 
1- rasm. Quritish egri chizigi
Boshlangich davr (AB uchastka) mahsulotni qizdirishga ketadigan 
uncha katta bolmagan vaqtni tashkil qilib, bu vaqt oraligida namlik 
sezilarli darajada kamayadi, quritishning harorati va tezligi malum 
miqdorgacha ortadi. 
Birinchi davr (VS uchastka) quritishning doimiy tezligi bilan 
xarakterlanadi, bunda mahsulotning namligi togri chiziq qonuni 


boyicha tez kamayadi (VS uchastkada deyarli togri chiziq korinishiga 
ega). Bu davrda namlik mahsulotning ichki qatlamlaridan yuzaga 
chiqadi va buglangan namlik ornini egallaydi. Birinchi davr kritik namlik 
VVkr deb ataluvchi namlikda tugaydi. 
Ikkinchi davr (CD uchastka) quritish tezligining pasayishi bilan 
xarakterlanadL Bu davrda namlikning mahsulot ichki qatlamlaridan 
yuzaga chiqishi, yuzaning namlik bilan toyinishi uchun yetarli emas. 
Shuning uchun quritish tezligi kamayadi. Ikkinchi davrning oxirida 
quritish egri chizigi muvozanatdagi fV ga yaqinlashadi va bunda 
namlikning buglanishi toxtaydi. Bu vaqtda mahsulotning harorati 
kotariladi va u atrofdagi gazning haroratiga yaqinlashadi
mahsulotning bunday namligida quritish 58- rasm. Quritish egri tezligi 
shu nuqtada otkazilgan burchak chizigi tangensiga urinma tarzda 
ifodalanadi. 
Quritish dastgohlarining tuzilishi 
Sanoatda xilma-xil turdagi quritish dastgohlari ishlatiladi. 
Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam mahsulotga 
issiqlik berish usuliga kora dastgohlar konvektiv, kontaktli va boshqa 
turdagi quritkichlarga bolinadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki 
bug ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga 
kora atmosferali va vakuumli quritkichlar boladi. Konvektiv 
quritkichlarda mahsulot va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan 
(quruq) togri, qarama-qarshi yoxud perpendikular harakat qilishi 
kerak. Quritilishi lozim bolgan mahsulot donasimon, changga oxshash 
yoki suyuq holatda boladi. Jarayonni tashkil qilish boyicha davriy va 
uzluksiz ishlaydigan dastgohlar boladi. 
Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki 
majburiy sirkulatsiya ishlatiladi. Quritish jarayonining har xil 
variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni 
dastgohdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror 
foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bolib berish, 
qurituvchi agentni quritish kamerasida qoshimcha ravishda qizdirish, 
ozgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni 
mahsulot qatlarniga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.


Boyitish mahsulotlarini quritish uchun turli xil quritkichlar 
ishlatiladi: barabanli, quvurli, qaynar qatlamli quritkichlar (1- jadval). 
1- jadval 
Boyitish mahsulotlari quritish dastgohlarining asosiy turlari va tuzilishi 
Barabanli quritkichlar: 1) togridan-togri issiq almashuvchi, yani 
quritilayotgan mahsulot va issiq gazning bevosita toqnashuvi 
(mahsulot bilan gazning bir yil va qarama-qarshi yonalishida); 2) 
bilvosita issiq almashuvchi, yani issiqlik quritiluvchi mahsulotga metall 
devor (tosiq) orqali beriluvchi quritkichlarga bolinadi.
Boyitma va mineral xomashyoni quritish uchun birinchi turdagi 
quritkichlar ishlatiladi.
Ikkinchi turdagi quritkichlar esa atrof-muhit ifloslanishining oldini 
olish uchun hamda quritilayotgan mahsulotning rangini ozgartirish 
uchun ishlatiladi (2 -rasm).


2-rasm. Barabanli quritkich: 1-baraban; 2-bandaj; 3, 5-tayanch 
roliklari; 4-uzatkich; 6-bunker; 7-uchlik; 8-ventilator; 9-siklon; 10-
qabul qiluvchi idish; 11-tushiruvchi qurilma.
Togridan-togri issiq almashuvchi barabanli quritkich 1-5° burchak 
ostida omatilgan (mahsulot boshatish tomonga qarab) aylanuvchi 
barabandan iborat bolib, baraban ikkita bandaj (kamar) va uzatmaning 
tishli halqasidan iborat. Baraban bandajlar orqali tayanch ramalariga 
omatilgan erkin harakatlanuvchi roliklarga tayanadi, barabanning bir 
uchi otxona va mahsulotni beruvchi moslama bilan tutashsa, ikkinchi 
uchi quritilgan mahsulotni tushirib oluvchi kamera bilan tutashgan. 
Barabanli quritkichlar 1-2,2 m diametr va 4-16 m uzunlikda; 2,5-3,5 m 
diametr va 14-27 m uzunlikda tayyorlanadi. Issiqlik yoqolishining oldini 
olish uchun barabanning tashqi yuzasi polat bilan qoplanadi. Bunda 
tashqi devorning harorati 40° dan ortmasligi kerak. 
Mahsulot bunker (6) dan taminlagich orqali quritkichning 
tsilindrsimon barabani (i) ga tushadi. Baraban bandaj (2) lar va tayanch 
roliklari (3,5) yordamida ushlab turiladi va uzatkich (4) orqali 
harakatga keltiriladi. Baraban aylanishi natijasidan nam mahsulot 
taminlagich orqali vintli qabul qiluvchi uchlik (7) ga beriladi, bu yerda 
mahsulot aralashtirish tasirida bir oz quriydi. Songra mahsulot 
barabanning ichki qismiga otadi. Nasadkalar barabanning kesimi 
boyicha mahsulotni bir meyorda tarqatish va aralashtirishni 
taminlaydi. Bunday sharoitda mahsulot bilan qurituvchi agentning 
ozaro tasiri samarali boladi. Baraban ichidagi mahsulotning ota qizib 
ketish darajasini kamaytirish uchun mahsulot va qurituvchi agent 


(tutunli gazlar) bir-biriga nisbatan togri yonalishda boladi, chunki 
bunday sharoitda yuqori haroratli issiq gazlar katta namlikka ega 
bolgan mahsulot bilan toqnashadi. Mayda zarralarning gazlar bilan 
ketib qolishini kamaytirish maqsadida barabandan sorib olinayotgan 
gazlarning tezligini ventilator (8) yordamida ushlab turiladi. Ishlatilgan 
gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan siklon (9) 
da tozalanadi. Quritilgan mahsulot barabandan qabul qiluvchi idish 
(10) orqah tushiruvchi qurilma (IT) dan chiqariladi. Baraban uzatkich 
(4) orqali harakatga keltiriladi. Quritish uchun kerak boladigan gaz-
havoli aralashma otxonasida yonilgi yonishidan hosil boladi. 
Bu turdagi barabanli quritkichlar misli, ruxli, magnetith, pirith va 
hokazo rudali boyitmalar va nometall mahsulotlarni quritishda 
ishlatiladi. Qurituvchi gazlarning barabanga kirishdagi harorati 600- 
1100°C, barabandan chiqishdagi harorati 100-200°C. 
Baraban quritkichlarni ishlab chiqish quvvati baraban uzunhgiga, 
uning diametri va quritish vaqtiga bogliq boladi. Quritilgan 
mahsulotning oxirgi namligi, unga qoyiladigan talablar asosida 
belgilanib 4-8% atrofida boladi. 
Baraban hajmining toldirish darajasi 10-12%, mahsulotning 
barabanda bolish vaqti 7-15 min. 


Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. NDKTU Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi kata oqituvchisi 
E.Sh. Musurmanov, NDKTU Konchilik elektr mexanikasi 
kafedrasi assistenti J.U.Elbekov “Boyitish va qayta ishlash 
korxonalari texnologik uskunalari" fanidan uslubiy ko'rsatma. 
2. I.K. Umarova, G.Q. Solijonova. Foydali qazilmalarni boyitish va 
qayta ishlash. Toshkent-2009 y. 
3. I.K. Umarova. Foydali qazilmalarni boyitish. Toshkent-2011 y. 

Download 160.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling