Quritish apparatlari


Download 411.52 Kb.
bet1/13
Sana13.02.2023
Hajmi411.52 Kb.
#1194793
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- mavzu uz-assistant.uz



QURITISH APPARATLARI

Quritish apparatlarining tuzilishi
Sanoatda turli tipdagi quritish apparatlari ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko‘ra apparatlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritkichlarga bo‘linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko‘ra atmosferali va vakuumli quritkichlar bo‘ladi. Jarayonni tashkil qilish bo‘yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan apparatlar bo‘ladi. Konvektiv quritkichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan to‘g‘ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo‘lgan material donasimon, changga o‘xshash, pastasimon yoki suyuq holda bo‘ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyasiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash, fontan hosil bo‘lish kabi holatlarda bo‘ladi. Qurituvchi agent bug‘, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitvdadi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni apparatdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig‘ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bo‘lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qo‘shimcha ravishda qizdirish, o‘zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.
Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra quritish apparatlari har xil bo‘ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, trubali, shnekli, silindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi bir qator quritkichlar ishlatiladi.

KONVEKTIV QURITKICHLAR
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish apparatlari keng tarqalgan. Bunday apparatlarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunnelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritkichlar ishlatiladi.


Download 411.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling