Quritish apparatlari
Download 411.52 Kb.
|
3- mavzu uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termoradiatsion quritkichlar
Valsovkali quritkichlar
Bu apparatlar turli suyuqliklar va oquvchan pastasimon materiallarni atmosfera bosimida yoki vakuum ostida quritish uchun ishlatiladi. Quritish protsessi uzluksiz ravishda olib boriladi va qo‘l mehnati talab qilinmaydi. Bu turdagi quritkich bitta yoki ikkita barabandan iborat. 1.108 - rasmda bitta barabanli quritkichning sxemasi keltirilgan. 1.108-rasm. Valsovkali quritkich: 1— qurigan material tushadigan bunker; 2— zich yopilgan korpus; 3- val; 4— mahsulotni ajratib turadigaya pichoq. Bunday quritkichda tog‘oraning ichida bitta baraban aylanib turadi. Tog‘oraga material uzluksiz ravishda berib turiladi. Barabanning ichi bo‘sh bo‘lib, u suv bug‘i yoki boshqa isituvchi agent yordamida isitiladi. Baraban aylanayotganda uning tashqi yuzasi materialning yupqa qatlami bilan qoplanadi. Baraban isitib turilganligi sababli material qatlami quriydi, so‘ngra pichoq bilan qirqiladi va bunkerga tushadi. Quritkichning hamma ish qismlari umumiy korpusning ichiga joylashtirilgan va vakuum hosil qiluvchi qurilma bilan bog‘langan. Valsovkali apparatlar yordamida yukori temperaturalarga chidamsiz bo‘lgan materiallarni (masalan, bo‘yovchi moddalar) yupqa qatlam bilan quritish mumkin. Quritish vaqti barabanning aylanishlari soni orkali boshqariladi. Quritkichning ish unumi barabanning diametri, uzunligi va aylanishlar tezligiga proporsional. Apparatning ish unumi odatda material yupqa qatlami (yoki plyonkasi) kalinligining kamanishi va baraban aylanishlar sonining ortishi bilan ko‘payadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, apparatdagi plyonkaning qalinligi 0,1 ... 1 мм, barabanning aylanishlar tezligi esa 1 ... 10 min -1 bo‘lganda 1 кг namlikni bug‘latish uchun 1,2 ... 1,6 кг suv bug‘i sarf bo‘ladi. Termoradiatsion quritkichlar Bunday quritkichlarda materialni quritish uchun zarur bo‘lgan issiqlik infraqizil nurlar orqali beriladi. Issiqlik maxsus infraqizil nurlanishga moslashgan lampalar, qizdirilgan keramik yoki metall yuzalar yordamida tarqatiladi. Infraqizil nurlanishga moslangan lampalar oddiy yoritish lampalaridan qizdirish harorati bilan farq qiladi. Agar oddiy yoritish lampalarining qizdirish temperaturasi 2950 K bo‘lsa, infraqizil nurlanishli lampalarning ko‘rsatkichi 2500 K ga teng. Sarf qilingan elektr energiyasining taxminan 80 foizi issiqlik energiyasiga aylanadi. Nurlanish oqimini materialga yo‘naltirish uchun parabola shaklidagi reflektorlar ishlatiladi. Issiqlikning nurlangan oqimi materialning yuzasi orqali uning kapillyarlariga ham o‘tadi, bunda nurlarning kapillyar devorlaridan bir necha bor qaytarilishi oqibatida nurlarning yutilishi yuz beradi. Natijada material yuzasi birligiga, konvektiv va kontaktli quritishlarga nisbatan ancha ko‘p issiqlik beriladi. Masalan, yupqa qatlamli materiallar, infraqizil nurlar yordamida quritilganda jarayonning davomiyligi 30—100 marta kamayadi. 1.109-rasmda nurlanish lampasiga ega bo‘lgan radiatsion quritkich sxemasi ko‘rsatilgan. 1.109-rasm. Nurlanish lampasi bo‘lgan radiatsion quritkich. Lampali tarqatuvchilar ko‘p energiya talab qiladi va bu ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Biroq ayrim hollarda infraqizil nurlar bilan quritishning tannarxi konvektiv quritishga nisbatan arzon tushadi, chunki radiatsiyali quritish protsessi tez boradi va quritkichni tayyorlash uchun kam mablag‘ sarf kilinadi. Gaz bilan ishlaydigan radiatsiyali quritkichning tuzilishi juda oddiy bo‘lib (1.110 - rasm), lampali quritkichga nisbatan arzondir. 1.110-rasm. Gaz bilan ishlaydigan radiatsion quritkich: 1- nur tarqatkich; 2— harakatlanuvchi lenta; 3— tortish qurilmasi. Nur tarqatuvchi qurilmaning pastki qismida gaz yondiriladi. Gazning yonishi taʼsirida nur tarqatuvchi qurilma qiziydi, so‘ngra infraqizil nurlarni tarqatadi. Ayrim paytlarda nur tarqatuvchi qurilma tutunli gazlar yordamida qizdiriladi, bunda qurilmaning ichi g‘ovak qilib ishlanadi va bu bo‘shliq orqali yuqori haroratli tutunli gazlar o‘tkaziladi. Sanoatning ayrim tarmoqlarida yuqori sifatli mahsulot olish uchun murakkab jarayonlardan (masalan, radiatsiyali va konvektiv usullarni birga ishlatishdan) foydalaniladi. Bunday sharoitda nam materialga infraqizil nurlar taʼsir ettirilishidan tashqari bir vaqtning o‘zida uning pastidan havo oqimi o‘tkaziladi. Termoradiatsion quritkichlar ixcham ishlangan bo‘lib, yupqa qatlamli materiallarni quritishda bu apparatlardan foydalanish yuqori samara beradi. Biroq quritkichlarda energiya nisbatan ko‘p sarflanadi: 1 кг namlikni materialdan ajratish uchun 1,5... 2,5 kVtsoat energiya kerak. Download 411.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling