Quritish apparatlari


Download 411.52 Kb.
bet9/13
Sana13.02.2023
Hajmi411.52 Kb.
#1194793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3- mavzu uz-assistant.uz

Dielektrik quritkichlar
Qalin qatlamli materialning yuzasi va uning ichki qismlarida harorat va namlikni boshqarish zarur bo‘lgan paytlarda yuqori chastotali toklar maydonidan foydalanish mumkin (1.111-rasm). Bu usul bilan plastik massalar va boshqa dielektrik xossalarga ega bo‘lgan materiallarni quritish mumkin. Yuqori chastotali quritkichdan foydalanilganda material butun qatlam bo‘yicha bir tekis qiziydi. Asosiy kamchiligi 1 кг namlikning bug‘lanishi uchun 5 kVt•soat gacha energiya sarf bo‘ladi.

1.111-rasm. Yuqori chasgotali toklar bilan ishlaydigan quritkich:
1 — elektr manbai; 2 — elektrodlar; 3 — harakatlanuvchi lenta.

1.111- rasmda yuqori chastotali toklar bilan ishlaydigan quritkich sxemasi ko‘rsatilgan. Material yuqori chastotali tokka ulangan plastinalar o‘rtasiga joylashtiriladi. O‘zgaruvchan elektr toki taʼsirida quritilayotgan materialning molekulalari tebranma harakatga keladi, bunda material butun qalinligi bo‘yicha qiziydi. Materialning yuzasidan issiqlik tashqi muhitga tarqaladi, shu sababli harorat material markazidan uning sirtiga tomon kamayib boradi. Namlik ham markazdan material sirtiga tomon kamayadi. Shunday qilib, yuqori chastotali quritishda temperatura va namlik gradiyentlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi, natijada namlikning material markazidan uning sirti tomon harakati tezlashadi. Shu sababli yuqori chastotali quritishning tezligi konvektiv quritish tezligiga nisbatan ancha katta.
Dielektrik quritkichlarda qalin qatlamli materiallarni bir tekisda quritish maqsadga muvofiqdir, biroq bunda ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, dielektrik quritkichlarning tuzilishi murakkab, ularni ishlatish esa ancha qimmat. Shu sababli yuqori chastotali quritkichlardan faqat qimmatbaho dielektrik materiallarni suvsizlantirishda foydalanish iqtisodiy samara beradi.

Sublimatsion quritkichlar
Materiallarni muzlagan holda yuqori vakuum ostida suvsizlantirish sublimatsion quritish deb ataladi. Bunday sharoitda materialdagi namlik muz holida bo‘lib, so‘ngra bu muz suyuqlik holiga o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bug‘ga aylanadi. Sublimatsion quritishdagi qoldiq bosim 1,0 ...0,1 mm simob ustuniga teng.
1.112- rasmda sublimatsion quritkichning sxemasi ko‘rsatilgan. Quritkich uchta element (quritish kamerasi, kondensator — muzlatkich, vakuum-nasos) dan tashkil topgan. Kondensatni sovitishga mo‘ljallangan sovitish qurilmasi esa rasmda ko‘rsatilmagan.


1.112-rasm. Sublimatsiyali quritkich:
1-quritish kamerasi; 2— nasos; 3- isitkich; 4kondensator muzlatkich; 5-vakuum-nasos.

Quritish kamerasi (yoki sublimator) davriy ravishda ishlaydi, Sublimatorning ichidagi etajerkalarga ichi bo‘sh tokchalar o‘rnatilgan. Tokchalarning ichidan issiq suv nasos yordamida sirkulyasiya qilinadi. Tokchalarning ustiga quritiladigan material solingan maxsus idishlar joylashtiriladi. Sublimatordan chiqqan suv bug‘i va havo aralashmasi kondensatorga o‘tadi. Kondensator issiqlik almashinish apparatidan iborat bo‘lib, uning trubalar joylashgan to‘ri mahkamlanmagan. Bu kondensator trubalarining oralig‘idagi bo‘shliqqa sovituvchi agent (masalan, ammiak) beriladi. Kondensatorda suv bug‘lari kondensatsiyaga uchrab muz hosil qiladi, havo esa vakuum-nasos yordamida so‘rib olinadi. Ishlash davomida kondensator trubalari muz bilan qoplanib qoladi, bu muzni eritish uchun sovituvchi agent o‘rniga issiq suv yuboriladi.
Material tarkibidan namlikni chiqarib yuborish uch bosqichdan iborat: 1) quritish kamerasida bosim kamayishi bilan namlikning o‘z-o‘zidan muzlashi sodir bo‘ladi va materialning o‘zidan chiqqan issiqlik hisobiga muzning bug‘ga aylanishi yuz beradi (bunda bor namlikning 15 foizi ajraladi); 2) namlik asosiy qismining sublimatsiya yo‘li bilan ajralishi, bu quritishning o‘zgarmas tezlik davriga to‘g‘ri keladi; 3) qolgan namlikni materialdan issiqlik taʼsirida ajratish. Sublimatsion quritish paytida namlikning material yuzasidan bug‘ holida tarqalishi diffuziya (yaʼni bug‘ molekulalaring bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashmasdan erkin harakati) yo‘li oilan boradi.
Sublimatsiyali quritish uchun past haroratli (40... 50° S) va kam miqdordagi issiqlik talab qilinadi, biroq energiyaning umumiy sarfi va qurilmani ishlatishga ketadigan mablag‘lar sarfi boshqa quritish usullariga qaraganda (dielektrik quritishdan tashqari) ancha yuqori. Shu sababli sublimatsiyali quritish ayrim paytlardagina ishlatiladi. Hozirgi kunda sublimatsiya usuli bilan asosan yuqori temperaturalarga chidamsiz va biologik xossalari uzoq vaqt saqlanib qolinishi zarur bo‘lgan qimmatbaho moddalar (penitsilin va boshqa tibbiyot preparatlari, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari) quritiladi.
Ekran bo‘ylab vertikal bo‘lgan vint (3) yordamida harakatlanadigan izolyasiyalangan korpus (2) ko‘rinishida ishchi kamera (1) bajarilgan. Ishchi kamerada KG- 220-1500 tipidagi IK-nur tarqatuvchi manba mahkamlangan. Ekranni harakati vint (3) yordamida 150-230 мм masofa oralig‘ida amalga oshiriladi.
Nurlatgichlarni isitish harorati kuchlanishning o‘zgarishi hisobiga rostlanadi. Mahsulotda IQ-nurlar tomonidan hosil qilinayotgan harorat xromel-kapelli termoelektrik o‘zgartgichlar (7) yordamida o‘lchanadi va o‘zi yozuvchi KSP-4 tipidagi elektron potensiometrda (aniqlik sinf 0,25) qayd qilinadi.

Download 411.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling