Quritish apparatlari


Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar


Download 411.52 Kb.
bet4/13
Sana13.02.2023
Hajmi411.52 Kb.
#1194793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3- mavzu uz-assistant.uz

Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar
Jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq material zarrachalari va qurituvchi agent o‘rtasida kontakt yuzasi ko‘payadi, namlikning materialdan bug‘lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi kunda kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash qatlamli quritkichlar sochiluvchan donasimon materialdan tashqari, qovushib qolish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar, pastasimon moddalar eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni suvsizlantirish uchun ishlatilmoqda.
Uzluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (1.100-rasm). Nam material bunkerdan taʼminlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi.

1.100-rasm. Bir kamerali mavhum qaynash qatlamli quritkich:
3,1— bunker qurilmasi; 3— gaz tarqatuvchi to‘r; 4— quritish kamerasi; 5— aralashtirish kamyerasi; 6— ventilyator; 7—quritilgan material chiqadigan shtutser; 8— transportyor; 9— siklon; 10—chang ushlagich.

Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to‘r joylashtirilgan. Havo ventilyator orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli gazlar bilan aralashmasi) maʼlum tezlik bilan to‘rning pastidan beriladi. Havo oqimi taʼsirida qattiq material donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to‘rdan bir oz tepada joylashgan shtutser orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi. Ishlatilgan gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi.
Silindrsimon korpusli quritkichlarda baʼzan quritish jarayoni bir meʼyorda bormaydi, chunki qatlamda intensiv aralashtirish mavjud bo‘lganligi sababli ayrim zarrachalarning apparatda bo‘lish vaqti o‘rtacha qiymatdan ancha farq qiladi. Shu sababli o‘zgaruvchan kesimli (masalan, konussimon) quritkichlardan foydalaniladi. Bunday konussimon apparatning pastki qismida gazning harakatlanish tezligi eng katta zarrachaning cho‘kish tezligidan katta, tepa qismida esa eng kichik zarrachaning cho‘kish tezligidan kam bo‘ladi. Bunday holatda qattiq zarrachalarning nisbatan tartibli sirkulyasiyasi mavjud bo‘lib, zarrachalar apparatning markaziy qismida ko‘tari-ladn, uning chekka qismlarida esa pastga qarab tushadi. Natijada material bir meʼyorda isiydi va kameraning ish balandligi kamayadi.


Download 411.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling