Reja: Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining tashkiliy asoslari va muammolari
Ish joylarni, uylarni, oziq-ovqatlarni zararsizlantirish
Download 85 Kb.
|
1516461143 70055
4. Ish joylarni, uylarni, oziq-ovqatlarni zararsizlantirish
Zamonaviy qirg‘in qurollarining shikastlantiruvchi zarrachalarini zararsizlantirish omillari, yakka tartibdagi himoya vositalarini kiygan holda va jarayonni olib borish qoidalariga qattiq rioya qiligan holda olib borilishi shart. Radioaktiv zararchalar bilan zararlangan uylar va jihozlarni zararsizlantirishdan oldin quruq holda tozalanib, keyin xo‘l lattalar bilan artiladi. Binolarning tashqi taraflarini dezaktivatsiya qilishda suv bosimi bilan yuviladi. Uylarning ichida germetik idishlarda saqlangan oziq-ovqatlarni dezaktivtsiya qilish faqat idish usti suv bilan yuvib tozalanadi. Qog‘oz va boshqa narsalarda saqlanadigan mahsulotlar tozalan-ganda, oldin idish latta bilan artiladi, suv bilan yuvib, keyin quritiladi. Ustidagi qog‘oz qurigandan keyin ichidagi mahsulot toza idishga solinadi va dozimetrik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Germetik bo‘lmagan idishlarda saqlangan mahsulotlar (go‘sht, pishloq, margarin, saryog‘)ni dezaktivatsiya qilishda o‘sha mahsulotlarning sirtqi qavatini (3 mm-gacha) kesib tashlanadi. Ho‘l mevalarni tozalashda esa ko‘p marta suv bilan yuvish orqali tozalab, so‘ngra qaynatiladi. Suyuq mahsulotlarni (yog‘ va shunga o‘xshaganlarni) cho‘ktirish orqali tozalanadi. Sutlar qatiq mahsulotlariga o‘tkaziladi. Suvni esa filtrlash orqali tozalash mumkin. Quduqdagi suvlarni tozalashda, ichidagi suv bir necha marta olib tashlanadi hamda quduq atrofidagi tuproqlar (510 sm. qalinlikda) olib tashlanadi. Dezaktivatsiya qilingan hamma oziq-ovqat mahsulotlari va suv dozimetrik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart. Agar ba’zi mahsulotlarni dezaktivatsiya qilib bo‘lmasa, ularni bir joyga yig‘ib, tabiiy zararsizlantirishga qo‘yiladi. Agar yuqorida aytilgan mahsulotlar zaharli moddalar bilan yoki biologik vositalar bilan zararlangan bo‘lsa, u holda degazatsiya va dezinfektsiya qiluvchi moddalar (xlorli ohak, xloramin, formalin va boshqa moddalar) ishlatiladi. Zararlangan joylarni zararsizlantirish ishlar tamom bo‘lgandan so‘ng har bir fuqaro to‘lik sanitar qayta ishlovdan o‘tishi kerak. Bu muolaja hammomlarda, dushxonalarda yoki maxsus yuvinish joylarida amalga oshirish kerak. Bu joylarda zararlangan kiyim-kechaklar, himoya vositalari, bir joyga echilib, keyin yuviniladigan xonaga kiriladi va sovun, mochalka bilan hamma teri ustilari zarasizlantiriladi. Yuvinib bo‘lgandan so‘ng dozimetrik ko‘rikdan o‘tiladi va yangi zararsizlantirilgan kiyim-kechak kiyiladi, hamda ikkinchi dozimetrik ko‘rikdan o‘tiladi. Mana shunday muolajalardan o‘tgan fuqaro, zararli ta’sirlar talofatlariga uchramaydi va uni oldini olgan bo‘ladi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling