energiyali elektromagnit nurlanish-foton chiqaradi. Tashqi ta’sirsiz
o’z-o’zidan bo’lgan yorug’lik nurlanishiga spontan nurlanish
deyiladi (a, b). Unga tabiiy yorug’lik nur-lanishlari manbalari misol
bo’la oladi.
Qo’zg’algan (uyg’ongan) holatdagi atomning yashash davri qancha
kichik bo’lsa, spontan nurlanish ehtimolligi shuncha ortadi.
1916 yili Albert Eynshteyn termodinamik muvozanat holatini
tajribada o’rganishda nurlanishni yutuvchi va nur chiharuvchi
modda orasidagi nurlanishni chiqarish va yutishdan tashqari
“alohida o’zaro ta’sir” bo’lishini aytdi.
Uyg’ongan holatdagi atomning nurlanishsiz muvozanat holatga
o’tishi relaksatsion o’tish deyiladi. Ushbu o’tishni nurlanishni muhit
tomonidan yutilishi sifatida qarash mumkin.
Uyg’ongan 2 holatdagi atomga tashqi ta’sir etsa, u 1 muvozanat
holatga qaytadi. Energiyasi va chastotasi qo’zg’otuvchi
nur
energiyasi va chastotasi
=-
bilan bir xil bo’lgan nurlanish bilan ta’sir etsak, ta’sir etuvchi foton
bilan bir xil chastota va energiyali qo’shimcha foton hosil bo’ladi.
Bu kabi nurlanishni majburiy (induktsion) nurlanish deyiladi (13-
rasm).
Bu holdagi uyg’ongan 2 holatdan turg’un 1 holatga o’tishda ikki
foton ishtirok etadi. Ulardan biri uyg’ongan atomga ta’sir etuvchi 2
holatdan 1 holatga o’tishga majbur etuvchi foton (birlamchi foton),
ikkinchisi (ikkilamchi) atomning 2 holatdan 1 holatga o’tishdagi
nurlanishidan iborat. Ikkilamchi foton xuddi birlamchi fotonning
nusxasi bo’ladi.
Termodinamik muvozanat holatlarda har bir jarayonga unga
Do'stlaringiz bilan baham: |