Reja: Reja: Banklarining vositachilik operatsiyalarning tamoyil va funksiyalari


Download 23.27 Kb.
bet2/8
Sana14.11.2023
Hajmi23.27 Kb.
#1772205
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
banklarda vositachilik operatsiyalari moliya (1)

Xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar.Tijorat banklarida vositachilik operatsiyalari mohiyati va shakllanishi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, biznesni yuritish uchun yaratilgan shart sharoitlar va albatta iste’molchilar mentalitetiga mutanosib ravishda shakllanadi. Tijorat banklarining operatsiyalari mohiyatiga ko’ra tasniflanganda vositachilik operatsiyalari deganda odatda bankning mijozlarga hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish yuzasidan qo’rsatilgan xizmatlari nazarda tutiladi.Professor I.T.Balabanov bank operatsiyalarini guruhlaganda ularni bankning investitsion operatsiyalari, bank kafolatlarini berish operatsiyalari va komission operatsiyalarga ajratadi. Uning ta’rifiga ko’ra bankning komission operatsiyalari bu – shunday bank operatsiyasi turiki, unda bank mijozning topshirig’ini bajaradi va evaziga komission haq undirib oladi.O’zbek iqtisodchi olimlaridan ayrimlari ham bankning komission va vositachilik operatsiyalarini bir xil deb qaraydilar. Xususan, yo.Abdullaev, T.Qoraliev, sh.Toshmurodov, S.Abdullaeva tomonidan yaratilgan “bank ishi” darsligida ayni shu fikrni ko’rish mumkin. Ular fikricha, banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni bunda banklar mijozlarining hisobotida ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatda boshqa mamlakatga pul o’tkazish bilan bog’liqdir. Bunda mijoz o’z bankiga uning hisobiga ma’lum bir summani ko’rsatilgan manzil bo’yicha o’tkazishni yuklatadi. Boshqa bir taniqli iqtisodchi olim banklarning vositachilik operatsiyalariga mutlaqo boshqacha yondashadi. Masalan, G.G.Korobova fikricha bankning vositachilik operatsiyalarida banklar moliyaviy vositachilar rolini bajaradilar va shunga ko’ra bankning vositachilik operatsiyalariga lizing operatsiyasini ham kiritadi. Uning fikricha bankning vositachilik operatsiyalariga: lizing, faktoring, trast, kafolatlar berish va konsalting operatsiyalari kiradi. Fikrimizcha, lizing operatsiyasini bank o’z aktivlari tomonidan amalga oshirganda lizing operatsiyasini alohida bank operatsiyasi sifatida qarash maqsadga muvofiq. Agar lizing operatsiyasida lizingga alohida beruvchi mavjud bo’lsa, bu turdagi lizing operatsiyasini vositachilik operatsiyasi deb tasniflash mumkin.Bugungi kunning eng zabardast olimlaridan biri O.I.Lavrushin bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini tasniflab turib, banklarning qimmatli kog’ozlar bozoridagi mijozlarining topshirig’iga binoan qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilish, sotish va saqlash kabi operatsiyalarni banklarning vositachilik operatsiyalari sifatida ta’riflaydi.Ayrim iqtisodchi olimlar banklarning operatsiyalarini guruhlayotganda vositachilik operatsiyalarini bankning aktiv va passiv operatsiyalaridan ajratib, alohida ko’rsatadilar. Xususan, filatov M.V. Bank operatsiyalarini quyidagi guruhlarga ajratadi.M.V.Filatovning fikriga ko’ra tijorat banklari operatsiyalarini uch guruhga ajratish mumkin:


Download 23.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling