Reja: Reja: Normandlarning Angliyaga istilosi
Download 0.73 Mb.
|
Normandlarning Angliyaga istilosi. Jabborova Dilbar
Eduard boshchiligidagizodagonlarning ikkinchi qismi fransuz - norman gersogi Vilgelm bilan ittifoq tuzishga intiladilar. Eduard o’lganidan keyin zodagonlar Uesseks gersogi Garoldni qirol etib saylaydilar. Biroq Fransiyadagi Vilgelm Normandskiy “Eduard vasiyatini pesh qilib taxtni zo’rlik bilan olishga qaror qiladi va 1066- yili o’zining katta qo’shini bilan Angliyaga bostirib kelib, Gastings shahri yaqinida qirol Garold qo’shinini tormor qiladi. Shundan so’ng Vilgelm aylanma yo’l bilan Londonga qarab bordi, so’ng Duvr, Kenterberi va Sautvork shaharlarini bosib oldi. Uning qo’shinlari Londondan yuqoriroqda Temza daryosini kechib o’tdi. London shimoldan kesilib qoldi va taslim bo’lishi lozim edi. Vilgelm Londonga kirdi, bu yerda u 1066-yil 25-dekabrda Vilgelm I (inglizcha Vilyam I) nomi ostida Angliya qiroli deb e’lon qilindi. Toj kiyish mahalida u “qirol Eduardning asl qonunlariga” rioya qilaman deb qasamyoq qildi, shu bilan u qirol Eduardning qonuniy vorisi ekanligini ta’kidlamoqchi bo’ldi. Yangi qirolni tan olmagan odamlarning yerlari musodara qilinib o’zlari Angliyadan quvg’in qilinadilar, deb qo’rqitildi. Biroq normandlar hukmronligiga qarshi Angliyaning shimolida chiqqan ikki qo’zg’alon (1068 va 1071 yillarda) ayovsizlik bilan bostirilgandan keyingina Vilgelm I ning hokimiyati uzil kesil mustahkamlandi. Bungacha gullab yashnagan York vodiysi normandlar tomonidan vayron qilindi va uzoq vaqtgacha xarobazorga aylandi. Faqat mahalliy ingliz saks feodallarigina emas, balki, qo’zg’alonda qatnashgan dehqonlar ham jazolandilar, chunki ular ajnabiylarning hukmronlik qilishini istamasdilar.Eduard boshchiligidagizodagonlarning ikkinchi qismi fransuz - norman gersogi Vilgelm bilan ittifoq tuzishga intiladilar. Eduard o’lganidan keyin zodagonlar Uesseks gersogi Garoldni qirol etib saylaydilar. Biroq Fransiyadagi Vilgelm Normandskiy “Eduard vasiyatini pesh qilib taxtni zo’rlik bilan olishga qaror qiladi va 1066- yili o’zining katta qo’shini bilan Angliyaga bostirib kelib, Gastings shahri yaqinida qirol Garold qo’shinini tormor qiladi. Shundan so’ng Vilgelm aylanma yo’l bilan Londonga qarab bordi, so’ng Duvr, Kenterberi va Sautvork shaharlarini bosib oldi. Uning qo’shinlari Londondan yuqoriroqda Temza daryosini kechib o’tdi. London shimoldan kesilib qoldi va taslim bo’lishi lozim edi. Vilgelm Londonga kirdi, bu yerda u 1066-yil 25-dekabrda Vilgelm I (inglizcha Vilyam I) nomi ostida Angliya qiroli deb e’lon qilindi. Toj kiyish mahalida u “qirol Eduardning asl qonunlariga” rioya qilaman deb qasamyoq qildi, shu bilan u qirol Eduardning qonuniy vorisi ekanligini ta’kidlamoqchi bo’ldi. Yangi qirolni tan olmagan odamlarning yerlari musodara qilinib o’zlari Angliyadan quvg’in qilinadilar, deb qo’rqitildi. Biroq normandlar hukmronligiga qarshi Angliyaning shimolida chiqqan ikki qo’zg’alon (1068 va 1071 yillarda) ayovsizlik bilan bostirilgandan keyingina Vilgelm I ning hokimiyati uzil kesil mustahkamlandi. Bungacha gullab yashnagan York vodiysi normandlar tomonidan vayron qilindi va uzoq vaqtgacha xarobazorga aylandi. Faqat mahalliy ingliz saks feodallarigina emas, balki, qo’zg’alonda qatnashgan dehqonlar ham jazolandilar, chunki ular ajnabiylarning hukmronlik qilishini istamasdilar.Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling